farqlanadi: motor va sensor. Motor alaliya nutq xarakat analizatori po‘stloq uchi, ya‘ni
Broka markazi jaroxatlanishi natijasida sodir bo‘ladi.
Anemiya – kamqonlik, qoida gemoglabin xajmining kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan
kasallik. Gemoglabin eritrositlar tarkibida bo‘lib,
kislorod bilan birikib, uni o‘pkadan
organizm to‘qimalariga yetkazib beradi. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra anemiya turlicha
bo‘lishi mumkin: ko‘p qon yo‘qotish sababli kelib chiquvchi anemiya;
surunkali qon
yo‘qotish sababli kelib chiquvchi yoki eritrositlarning yuqori darajada buzilishi oqibatida
yuzaga keluvchi anemiya. Anemiya yuqumli kasalliklar,
gijja oqibatida xam yuzaga
keladi. Kasallikning eng ko‘p tarqalgan turi – organizmda temir moddasining
yetishmasligi natijasida yuzaga kelgan anemiya sanaladi.
Assosiasiya – psixologiyada ayrim psixik jarayonlar va xodisalar (tasavvur, fikr, sezgilar)
ning bog‘lanishi; bu bog‘lanishlar tufayli biror-bir jarayonning paydo bo‘lishi
bilan
shunga bog‘liq bo‘lgan boshqa jarayon yuzaga keladi. Assosiasiyaning fiziologik asosini
muvaqqat nerv bog‘lanishlari tashkil qiladi. Assotasiyalar xotira va tafakkur bilan
bevosita bog‘liq.
Ularning 3 turi farqlanadi:
yondoshlikka asoslangan, o‘xshashlikka asoslangan,
qarama-qarshilikka asoslangan assosiasiyalar. Ta‘lim berish jarayonida o‘xshashlikka
asoslangan assosiasiyalar katta axamiyatga ega.
Atrof-muxitni asrash – ona tabiat oldidagi ma‘naviy
qarzdorlik asosida
shakllanadigan tuyg‘u; yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmon, xayvonot va o‘simlik dunyosi
xamda atmosfera xavoni muxofaza qilish, tabiatni saqlash, qayta ishlash, atrof muhitning
biologik xilma xilligini asrashga qaratilgan faoliyat.
Dostları ilə paylaş: