Biologik yosh – bola organizmning individual rivojlanish sur‘atlariga bog‘liq
bo‘lgan ko‘p funksiyali balohatga yetish davri. Anatomik –
fiziologik belgilar majmui
bo‘yicha aniqlanadi, kalendar yoshga ko‘pincha mos kelmaydi. Muhim mezonlari: tana
proporsiyalari,
skeletning qotishi, sut va doimiy tishlarning chiqish payti,
jinsiy
belgilarning rivojlanishi bunda bolalarda individual rivojlanish sur‘ati me‘yordan 1,5
yilgacha farqlanishi mumkin.
Bola (bolalar)-18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan shaxs.
Bola rivojining grammatikagacha bo‘lgan davri – og‘zaki nutqni o‘zlashtirish
davri bu davr nutqda grammatik tuzilmalarni yo‘qligi bilan belgilanadi. Bunda bola
nutqida ibora bitta yoki bir nechta amorf so‘zlardan tashkil topgan bo‘ladiki,
ularning
tushunilishi muomala qilayotganvaziyatga bog‘liq bo‘ladi.
Bola xuquqi – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola xuquqlari Konvensiyasi
tomonidan tasdiqlangan umumiy me‘yoriy qonun qoidalar majmui
Bolalar do‘stligi – odatda bir xil yoshda bo‘lgan bolalar o‘rtasida idrok etish,
muloqot qilish va o‘zaro munosabatlarni shakllantirish tajribasi. Bolalar do‘stligi asosida
bir tomondan sherikka nisbatan mayl, shu jumladan uning tashqi jozibasiga qoyil qolish
va uning malakalarini tan olish xissi yotsa, ikkinchi tomondan yolg‘izlikdan qochish va
o‘zligini namoyon qilish istagi yotadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar do‘stligiga ota
onalarning fikr muloxazalari va tarbiyachilarning baxolari katta ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: