M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH


Zaif eshituvchilik – eshitishning me‘yordagi nutqni idrok etishga to‘sqinlik qilish 
darajasidagi turg‘un pasayishi. Zaif eshituvchilik konduktiv, neyrosensor xamda aralash 
turlarga bo‘linishi, eshitishning pasayishi esa turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: 


shivirlagan nutqni idrok etishdagi kamchilikdan so‘zlshuv balandligidagi nutqni idrok 
qilishdagi to‘siqlargacha. Zaif eshituvchi bolalarning nutqi turli omillarga, ya‘ni 
eshitishning buzulish darajasi, muammoning sodir bo‘lish vaqti, bola kamol topayotgan 
pedagogik sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. 
Zaif eshituvchi bolalar – nutqni egallashga va nutqiy muloqotga to‘sqinlik 
qiladigan eshitishi pasaygan bolalar. Zaif eshituvchi bolalarda eshitishning pasayishi 
turlicha bo‘lishi, ya‘ni shivirlagan nutqni idrok etishdan boshlab, so‘zlashuv balanligidagi 
nutqni idrok etishdagi qiyinchiliklar bilan ifodalanishi mumikn. Zaif eshituvchi 
bolalarning gutqiy xolati eshitishning pasayish darajasi va vaqti, tarbiyalash sharoiti, 
uning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Zararli odatlar – shaxs yoki butun bir millat, jamiyatga tegishli ma‘naviy, 
madaniy, moddiy o‘zaro munosabatlar, dunyoqarash va xk. nuqtai nazaridan 
g‘ayriinsoniy yoki g‘ayriodatiy deb bilinadigan xususiyatlarni ifodalovchi tushuncha. 
Zararli odatlar insonning ma‘naviyat talablarini yaxshi anglamagani, ma‘naviy 
tamoyillarga amal qilmagani, noto‘g‘ri tarbiyalangani oqibatida kelib chiqadi. 
I
Idrok – sezgi organlariningreseptorlarga tashqi jismoniy qo‘zg‘atuvchilarning 
bevosita ta‘sir ko‘rsatishida yuzaga keladigan predmetlar, vaziyatlar va voqyea 
xodisalarning bir butun yaxlit aksi. Idrok etish, sezish jarayonlari bilan birga qo‘shilib, 
atrof muxitda sezgilar vositasida bevosita yo‘nalish topish imkonini beradi. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin