M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Davolash pedagogikasi – kasalmand yoki davolash muassasalaridan muolaja 
olayotgan bolalarni o‘qitish, ularga tibbiy pedagogik yordam berish masalalari bilan 
shug‘ullanadigan pedagogika fanining aloxida tarmog‘i xisoblanadi. 
Dam olish vaqti – ishlovchilar mehnat majburiyatlarini bajarishdan xoli bo‘lgan va 
o‘z ixtiyorlariga ko‘ra foydalana oladigan davr. Dam olish turlari: ish kuni davomida dam 
olish va ovqatlanish uchun ajratilgan vaqt; ish kuni tugagandan keyingi xar kunlik dam 
olish. 
Dars – o‘qitishning vazifalari, mazmuni, nizom va metodlarini o‘zida 
mujassamlagan, ma‘no jixatdan tugallangan tashkiliy va vaqt jixatdan cheklangan o‘quv 
jarayonining asosiy shakli. Ilk bor 18 asrda xozirgi kunga xam pedagogika va didaktikada 
o‘z ahamiyatini saqlab kelayotgan ―Buyuk didaktika‖ asarining muallifi Yan Amos 
Komenskiy tomonidan amaliyotga joriy qilingan. 
Dastlabki xolat – biror bir mashq olidan tana, qo‘l va oyoqlar xolati. Ushbu 
tushuncha maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda fizkultura va musiqa 
mashg‘ulotlari keng qo‘llaniladi. 
Deviant xulq – shaxsning jamiyatda qabul qilingan xuquqiy yoki axloqiy 
normalardan chetga chiqadigan yoki ularni buzadigan xatti xarakatlari. Maktabgacha 
yoshdagi deviant xulqli bolalar intellekti buzilgan bolalar uchun moslashtirilgan maxsus 
maktabgacha bolalar muassasalariga borishlari mumkin. 
Dipressiya – xaddan tashqari xayajonlanish oqibatida yuzaga keladigan sindrom, u 
ruhiy tushkunlik, xarakatning susayishi, loqaydlik, atrofga bo‘lgan qiziqishning 
yo‘qolishida namoyon bo‘ladi. 
Didaktik tamoyillar – ta‘lim jarayonining amaliy jixatdan tashkil etilishiga 
qo‘yiladigan xamd au jarayonning natijalarini ta‘minlaydigan fundamental talablarning 
ilmiy asosga qurilishi. Ta‘limda nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi, bolalarga 
inlividual yondashuv, ta‘limning ta‘limiy, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi 
funksiyalarining birligi. 
Duduqlanish – nutq sur‘ati va ritmning buzilishi, ayrim tovush va bo‘g‘inlarni 
qayta-qayta takrorlash yoki to‘xtalib talaffuz etishga asoslangan nutqning buzilishi. Ulug‘ 
rus fiziologi I.Pavlovning oliy nerv faoliyati qonuniyatlari haqidagi ta‘limotiga ko‘ra 
duduqlanish nevroz kasalligining bir turi xisoblanadi. Duduqlanish nafas olish, 
tovushlarni talaffuz etishda paylarning tortishishi natijasida sodir bo‘ladi. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin