Axloqiy tarbiya – jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalar va qoidalarni
o‘zgartirish asosida bolada yoki bolalar guruhida ijtimoiy ‗ulq atvorning axloqiy asosini
singdirishni ko‘zlagan tarbiya.
Axloqiy o‘z o‘zini boshqarish – shaxsning o‘z xulq atvorini umum qabul qilingan
normalar, baxolar va kasbiy talablarga muvofiqlashtira olish qobiliyatini baxolash
imkoniyatini beradigan jarayon.
Axloqiy fazilatlar – insonni yaxshilikka chorlaydigan, yomonlikdan qaytaradigan
axloqiy qarashlarning doimiy odat, amaliy faoliyatga aylanganini bildiradigan tushuncha.
U insonning o‘zagini tashkil etadi.
Aqliy rivojlanish – bolaning yoshi va xayotiy tajribasining ortishi xamda
tarbiyaviy ta‘sirlar bilan bog‘liq xolda uning fikrlash faoliyatida sodir bo‘ladigan sifat va
miqdor o‘zgarishlari. Aqliy rivojlanish darajasi quyidagilar bilan belgilanadi:
o‘zlashtirilgan bilimlar, malakalar xamda ularni o‘zlashtirishda shakllangan aqliy xatti
xarakatlar; o‘zlashtirilgan bilimlar va munosabatlardan fikrlash jarayonida erkin
foydalanish va buning natijasida yangi bilimlar va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi.
Aqliy xarakatlar –insonning biror bir tashqi vositalarga shu jumladan, ovozli
nutqqa tayanmagan xolda, ichki ongda bajariladigan turli tuman xarakatlari. Aynan mana
shu aqliy xarakatlar insonning boshqa turdagi xarakatlaridan farqlab turadi. Aqliy
xarakatlar nazariy va amaliy masalalarni xal qilishga qaratilgan bo‘ladi.
B Beodoblik – axloq odob qoidalariga zid bo‘lgan xususiyat, insonning o‘z
faoliyatida boshqalar bilan bo‘lgan munosabatida iymon, insof, andisha, sharm xayo,
insonparvarlik kabi axloqiy mezonlar chegarasidan chiqishini anglatuvchi tushunchadir.
U muayyan maqsad yo‘lida va maqsadsiz amalga oishirishi mumkin. Beodoblik tug‘ma
xususiyat emas balki tarbiyasizlik maxsulidir. Beodoblik, qo‘pollik yoki xasad yuzaga
keltirgan xar qanday kelishmovchilikka qarshi eng to‘g‘ri javob sukutdir.
Bilim – borliqni bilishning amaliyotda tekshirilgan va mantiqan tasdiqlangan
natijasi, borliqning kishi ongida tasavvurlar, tushunchalar, muloxazalar, nazariyalar
ko‘rinishida aks etishi; kishilarning tabiat va jamiyat voqyea xodisalari haqida to‘plagan
ma‘lumotlari. Voqyelik haqida olingan ma‘lumotlarimiz bilim darajasiga ko‘tarilishi
uchun birinchidan ma‘lumotlarning voqyelikka mutanosibligi, ikkinchidan, yetarli
darajada ishonarli bo‘lishi, uchinchidan dalillar bilan asoslanganligi xal qiluvchi axamiyat
kasb etadi. Bilimlarni tadqiq etuvchi ta‘limot – epistimologiyada bilimning perseptiv
xayotiy va ilmiy bilim shakllari ajratib ko‘rsatiladi.