M u n darij a


Agressiya, bolalar agressiyasi –



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Agressiya, bolalar agressiyasi – bolalarga xos tajovuzkorona xatti xarakat. U bolalar 
alam yoki g‘azab tuyg‘ularini boshlaridan kechirib, ularni izxor etishning ijtimoiy maqbul 
usullarini topa olmagan yoki kattalarga taqlidan yo‘l tutgan paytlarda namoyon bo‘ladi. 
Bola o‘z qo‘rquvini yashirishga intilgan xolatlarda psixologik jixatdan o‘z-o‘zini 
ximoyalash reaksiyasi xam bo‘lishi mumkin. 
Adaptasiya – (lotincha, adaptatio - moslashish) tabiat yoki jamiyat xayotida, insonning 
ma‘naviy ruxiy olamida kechadigan o‘ziga xos jarayon bo‘lib, biror bir muhit yoki 
sharoitga, yangilikka moslashuvni anglatadi. Inson hayotidagi adaptasiyaning samarali 
kechishi ko‘p jixatdan uning jismoniy, ruxiy, ma‘naviy xolatiga bog‘liq. Ilm-fanda 
adaptasiyaning quyidagi turlari mavjud: sensor
adaptasiya-organizmning turli xil subyektiv o‘zgarishlarga moslashuvi (ko‘rish, xid 
bilish, ta‘m-maza bilish, xaroratni sezish jarayonlarida kechadi); ijtimoiy adaptasiya-
insonning ijtimoiy muhit sharoitlariga uzluksiz tarzda faol moslashuvi, ayni paytda uning 
ushbu jarayon natijasi sifatida kamolga yetishi. Ijtimoiy adaptasiyaning muhim jixati 
odamning ijtimoiy talab va tartiblarni qabul qilishini anglatishdir. 
Akvarium – tabiiy suv xavzasining modeli, mini ekotizm. Unda barcha tarkibiy qismlar 
talabdagi nisbatda bo‘ladi va ekologik muvozanatni yuzaga keltiradi. Akvarium 
maktabgacha ta‘lim muassasalar guruhlarida (kichik guruhlardan tashqari) tabiat burchagi 
tarkibiga kiradi. 
Aksent – 1) urg‘u, aksent, urg‘u belgisi; 2) o‘z ona tilidan boshqa tilda so‘zlovchining 
talaffuzila sezilib turadigan boshqachalik, aksent bilan gapirmoq; 3) tinglovchi yoki 
ko‘ruvchining diqqatini jalb qilish maqsadida biror narsaning alohida elementlarin 
ta‘kidlamoq, ta‘kidlab ko‘rsatmoq, ularga alohida urg‘u, e‘tibor bermoq (musiqada 
alohida tovush yoki akkordni dinamik kuchaytirish yo‘li bilan ajratib ko‘rsatish, yozuv 
yoki tasvirdagi biron detalni chiziq yoki rang bilan ajtarib ko‘rsatish). 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin