Ijtimoiy adaptasiya



Yüklə 39,26 Kb.
səhifə1/16
tarix05.04.2023
ölçüsü39,26 Kb.
#93612
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Ijtimoiy adapta-WPS Office


Ijtimoiy adaptasiya - individning ijtimoiy muhitga doimiy faol moslashish jarayoni va bu jarayonning natijasi. Ijtimoiy adaptatsiya uzluksiz xususiyatga ega ekanligiga qaramasdan, uni, odatda, individning oʻz faoliyatini va oʻzini oʻrab turgan ijtimoiy davrasini tubdan oʻzgartirish davrlari bilan bogʻlaydilar. Moslashish jarayonining ijtimoiy muxitga faol taʼsir etish koʻrinishi va muhitdagi maqsad va qadriyatlarni kelishuvchanlik bilan, passiv qabul qilish koʻrinishi boʻladi. Ijtimoiy adaptatsiya shaxs ijtimoiylashuvining asosiy ijtimoiy-psixologik omillaridan biridir. Ijtimoiy adaptatsiya ning samaradorligi koʻp jihatdan individ oʻzini va oʻzining ijtimoiy aloqalarini qanchalik oʻxshash anglashiga bogʻliq. Oʻzi toʻgʻrisidagi ijtimoiy tasavvurning notoʻgʻriligi yoki yetarlicha emasligi I.m. ning buzilishiga olib keladi, bu holat ning eng ayanchli koʻri-nishi autizm dir. Ijtimoiy adaptatsiya muammosi jahon psixologiyasida psixoanaliz, autizm, deprivatsiya kabi ilmiy yoʻnalishlarda tadqiq etib kelinadi. Bunda asosiy eʼtibor moslashuvning buzilishiga va uni tuzatish ning psixoterapevtik uslublariga, autotrening, sotsiotrening vositalariga yoʻnaltiriladi. Muhitga shaxsning kirishib ketishi uning xulqi, faoliyati, muomalasi orqali sodir boʻlsa moslashishning mukammalligi vujudga keladi. Shaxsning katta yoki kichik guruxlar muhitiga moslashishi i.ch. samaradorliginioshiradi, taʼlim-tarbiya jarayonini yaxshilashga yordam beradi.
“Ijtimoiylashuv” so’zi dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy-iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumiylashuvi ma’nosini anglatgan.
“Ijtimoiylashuv” atamasining muammoli deb bu atamani “Ijt__ nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda qo’llagan amerikalik sotsiolog F.G.Keddings hisoblanadi. Uning zamonaviy ma’nosi-“ ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir.
XX asr o’rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini uning butun umri mobaynida o’rganuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarining tahlili uni shartli raivshda ikki asosiy yondoshuvga ajratish imkonini beradi:
-sub’ektiv-ob’ektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining passiv iste’molchisi sifatida qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons)
-sub’ektiv-sub’ektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o’rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi.
Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv ko’proq mos tushadi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o’zlashtirish jarayonidagi rivojlanish va o’zgarishi bilan aniqlanadi

Yüklə 39,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin