30-mavzu. Shaxs yetukligi va oilaviy munosabatlarni ko`rinishi. Reja



Yüklə 34,92 Kb.
səhifə1/4
tarix27.04.2023
ölçüsü34,92 Kb.
#103464
  1   2   3   4
30-mavzu. Shaxs yetukligi va oilaviy munosabatlarni ko`rinishi.


30-MAVZU. SHAXS YETUKLIGI VA OILAVIY MUNOSABATLARNI KO`RINISHI.
Reja:

  1. Shaxs yetukligi va oilaviy munosabatlarni ko`rinish.

  2. Oilaviy munosabatlar psixologiyasida shaxs yetukligi muammosi.

  3. Oila-nikoh, munosabatlariga tayyorlik.

  4. Tadqiq etish darajasi.

  5. R.Enrayt modeli. Emotsional-psixoterapevtik funktsiya, uning shaxs tuzilmasidagi o`rni.

Tayanch so`zlar: Shaxs yetukligi, R.Enrayt modeli, Oilaviy munosabatlar .
Oiladagi axloqiy–ma’naviy muhit, psixologik-pedagogik madaniyati darajasining yuqoriligi, insonning moddiy ehtiyojlari bilan bir qatorda ma’naviy extiyojlarining tо‘la qondirilishi oila mustahkamligini ta’minlaydi. Shaxsning ijtimoiy hayotdagi о‘zgarishlar uning nikoh-oila munosabatlariga ham ta’sir qiladi. Nikoh-oila munosabatlarida bir qator ijobiy о‘zgarishlar bilan birga ma’lum muammolar mavjud.
Bugungi kun oilasining mustahkamligida ayrim psixofiziologik omillarni ilgaridan mavjud bо‘lgan ahamiyatligini tashqi va ochiq ifodalanishi hollari о‘sib bormoqda.
Ayniqsa, er-xotin о‘zaro munosabatlariga ta’sir etuvchi jinsiy qoniqmaslik, jinsiy hayot borasidagi savodsizlik, madaniyat darajasining past ekanligi nikohdan tashqari jinsiy munosabatlarining ortish hollarining, ajralish hollarining kо‘payishiga olib kelmoqda.

Bu о‘z о‘rnida salbiy asoratlar: tirik yetim bolalar sonining ortishi va ular tarbiyasi bilan bog‘liq bо‘lgan muammolarni, jamiyat miqyosida jinsiy yо‘l bilan о‘tuvchi kasaliklar miqdorining, yuridik jixatdan voyaga yetmagan yoshlarning turli noqonuniy jinsiy muammolari bilan bog‘liq bо‘lgan axloqsizliklarni sodir etish xollarining, ayollar asab kasalliklarining ortishi va oilasi, mehnat jamoasi, farzand tarbiyasiga salbiy ta’siri, jinsiy muammolar ta’sirida nosog‘lom, notо‘liq oilalar miqdorining kо‘payishi о‘z vaqtida nikoh-oila munosabatlarini, oilaning ichki-psixologik, jinsiy hayoti borasidagi muammolarini о‘rganishning dolzarbliligini kо‘rsatadi.


Yüklə 34,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin