PROFESSIONAL VA KASBIY MAHORAT OBYEKTIV SUBYEKTIV OMILLAR.Kasbiy pedagogik mahorat amaliyot davrida yanada rivojlanadi va talabalarda bilim, amaliy koʻnikma, malakalar tekshiriladi. Bo‘lajak pedagogni ijtimoiypedagogik foliyati kasbiy mahorat rivojlanishida muhim oʻrinni bajaradi. Bu faoliyat qancha mazmunli va keng boʻlsa, shuncha uning samaradorligi oshadi.Shuni alohida qayd etish lozimki, hech qanday oliy ta’lim muassasasi tayyor holda mahoratli pedagogni yetkazib bera olmaydi. Mahoratga erishishning eng samarali va toʻgʻri yoʻli oʻz-oʻzini tarbiyalashdir. Oʻz-oʻzini tarbiyalash usul va vositalari nihoyatda koʻp, qolaversa pedagogning oʻzi ijodiy soha hisoblanadi, o‘z ustida izlanishni talab etadi.
Bu maqsad bo‘lajak pedagogning quyidagi vazifalarni muntazam bajarib borishlari orqali amalga oshiriladi:
Bo‘lajak pedagoglar pedagogik mahoratning nazariy va metodologik asoslari bilan qurollantiriladilar.
Kasbiy pedagogik mahorat fanining pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik (muloqot), pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat, tarbiyachilik mahorati, ta’lim jarayonini boshqarish, nutq madaniyati, tarbiya texnologiyasi, pedagogik ijodkorlik, refleksiya kabi tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi bilimlar tizimini egallaydilar.
3. Boʻlajak pedagoglar milliy urf-odat va an’ana va qadriyatlarimizda va O‘rta Osiyo mutafakkirlarining boy ijodiy meroslarida aks etgan pedagogik mahorat sirlarini mustaqil egallashga nisbatan o‘zlarida ehtiyoj va havasni rivojlantirib boradilar.
4. Egallangan pedagogik-psixologik va metodik bilimlar, ko‘nikma va malakalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida har bir boʻlajak oʻqituvchi o‘zining shaxsiy pedagogik mahoratini shakllantiradi.
5. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so‘nggi zamonaviy metod va shakllar asosida tashkil etish va boshqarishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslarini muntazam o‘zlashtiradilar.
6. O‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishlari uchun shaxsiy-ijodiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalarini egallaydilar.
7. Tarbiyachi mahoratining mohiyati, funksiyasi, tuzilishi to‘g‘risida pedagoglar uzluksiz ma’lumotlarni o‘rganib boradilar.
8. Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalaridan erkin foydalanish asosida o‘z kasbiy mahoratlarini shakllantiradilar. Bu maqsad va vazifalarning hal etilishi oʻqituvchilar va tarbiyachilarni zamon bilan hamnafas boʻlishga, yoshlarni tarbiyalash dardi bilan yashash va kelajakni aniq koʻra olishga oʻrgatadi. Pedagogik mahoratni egallashda kasbga oid nazariy va amaliy bilimlarni egallash, pedagogik jamoa bilan doimiy muloqotda boʻlish ijobiy natijalar beradi