Haftalik reja
Haftalik reja yillik mavzuviy rejaga asoslanadi va haftaning kichik mavzulari,
shuningdek, mazkur mavzu bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Haftalik reja barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha
maqsadlarni belgilash, tegishli
markazlarni
tayyorlash, mashg‘ulotlarni hafta mavzusiga mos ravishda taqsimlashga
yo‘naltirilgan. Hafta mavzusi barcha erkin faoliyat markazlari orqali o‘tishi lozim.
Haftalik rejada guruhdagi va sayr vaqtidagi didaktik va harakatli o‘yinlar rejalashtiriladi
5
.
Bolalar bilan olib boriladigan ishning mazmuni va izchilligi faoliyat turi (faol faoliyat /
passiv faoliyat; individual faoliyat / kichik guruhda * katta guruhda; tarbiyachi rahbarligi
ostida o‘tadigan faoliyat / bola rahbarligi ostida o‘tadigan faoliyat) va uni o‘tkazish joyi
(xona ichidagi faoliyat / ko‘chadagi faoliyat)ni hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak.
Haftalik reja xilma-xil va moslashuvchan bo‘lishi lozim.
Boshqacha aytganda, ob-
havo o‘zgarishi va bolaning qiziquvchanligini hisobga olgan holda,
rejalashtirilayotgan
faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki faollik vaqti biroz ko‘proq yoxud kamroq vaqtga
mo‘ljallanishi mumkin. Masalan, agar tarbiyachi bahorgi gullagan bog‘ga borishni
rejalashtirgan bo‘lsa-yu, ob-havo juda yomg‘irli bo‘lsa, bu tadbirni xonada o‘tkazishning
imkoni bo‘lgan boshqa tadbirga almashtirishi mumkin.
Haftalik reja – bu tarbiyachining ish jurnali va mashg‘ulotlar konspekti.
Tarbiyachining ish jurnali quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
titul varag‘i;
guruhning iliq va sovuq davrdagi kun tartibi;
ertalabki badantarbiya
kompleksi;
guruhda sentyabrdan avgustgacha bo‘lgan ta‘lim jarayonini rejalashtirish tarkibiga
ertalabki suhbat, sayr, kunning ikkinchi yarmi kiradi;
haftalik ish tahlili;
ilovalar.
Mashg‘ulotlar
konspektlarida maqsadlar, faoliyatning qisqacha ta‘rifi, zaruriy jihozlar
ifodalanadi. Mazkur konspektlar tavsiyaviy xarakterga ega va tarbiyachi tomonidan ijodiy
o‘zgartirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: