ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-
quvvatlash.
3-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim berishda kompetentsiyaviy
yondashuv
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim berishda
kompetentsiyaviy yondashuv
o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal
qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me‘yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar
bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan
faoliyat usullarini
shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich muhim kompetentsiyalar bolaning faoliyat va axloq sub‘ekti
sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.
Kompetentsiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.
Boshlang‘ich
kompetentsiyalar, rivojlanish sohasidan qat‘i nazar, bola shaxsi
shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: