16-seminar: Ilk qadam dasturi va uning maqsad va vazifalari
1-bob. Umumiy qoidalar
Maktabgacha ta‘lim muassasasining davlat o‘quv dasturi (quyida: «MTM
davlat
o‘quv dasturi») O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni
rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me‘yoriy-huquqiy
hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta‘lim muassasasining
maqsad va vazifalari, o‘quv-
tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan,
shuningdek, bolaning ta‘limning
keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan.
Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi
ta‘lim muassasalarida qo‘llash uchun majburiy:
davlat maktabgacha ta‘lim muassasalari;
maktabgacha ta‘lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;
maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
maktabgacha va boshlang‘ich ta‘limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.
1.1. MTM davlat o‘quv dasturini qo‘llash
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda
majburiy tayanch hujjat
hisoblanadi.
Ta‘lim muassasalari Maktabgacha ta‘lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ
o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta‘lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv
dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta‘lim muassasasining ishchi o‘quv
dasturi
muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi
qonunchilik tartibida
tasdiqlanadi
Dostları ilə paylaş: