Muayyan xatti harakatlarni baholash uchun sezgi a’zolaridan foydalanish nazarda tutiladi
Arifmetik aniqlik
Arifmetik aniqlikni tekshirish hisob-kitoblarni tanlanma tekshirish va audit qilinayotgan davr uchun mijoz ma’lumotlarini ko’chirib o’tkazishni nazarda tutadi
Analitik amallar
Analitik amallarni bajarishda taqqoslashdan foydalaniladi va o’zaro bog’liqliklar belgilanib, ular balans bilan unga ilova qilingan hisobot qay darajada haqqoniy ekanligini baholashga imkon beradi
Mijozlarni so`roqqa tutish
so`roqqa tutish natijasida mijoz auditor tomonidan berilgan savollarga yozma javob yoki og`zaki ma`lumot beradi
Qaysi audit amalini tanlash borasida qaror qabul qilar ekan, auditor ixtiyorida dalillarning yettita keng ko’lamli toifasini tanlash imkoni bo’ladi. Ularni dalillar turlari deb nomlaymiz va quyida keltirib o’tamiz.
Auditorlik dalillari turlari
1. Haqiqatdagi nazorat
Haqiqatdagi nazorat - bu auditor tomonidan moddiy aktivlar tekshirilishi yoki sanab chiqilishidir. Bunda olinadigan dalillar turi ko`pincha tovar-moddiy qimmatlikalri va naqd pullar bilan bog`liq. Lekin undan qimmatli qog`ozlarni, olingan veksellar va asosiy moddiy aktivlarni tekshirishda ham foydalanish mumkin. Audit maqsadlari uchun haqiqatdagi nazoratni (masalan, qimmatli qog`ozlar bozorida sotishga yaroqli qimmatli qog`ozlar va naqd pul mablag`lari) hujjatlarga asoslangan nazoratdan (masalan, to`langan cheklar va sotish bo`yicha hujjatlar ustidan) ajrata olish muhim ahamiyatga ega. Agar tekshirilayotgan hujjat (masalan, sotish uchun nakladnoy kabi) o`z - o`zicha hech qanday ahamiyatga ega bo`lmasa, bunday dalillar hujjatlashtirish deyiladi. Masalan, imzo qo`yilguncha chek hujjat hisoblanadi, imzo qo`yilgandan keyin u aktivga aylansa, to`langandan keyin yana hujjatga aylanadi.