Auditor birinchi navbatda hujjat ichki yoki tashqi ekanligiga e’tibor qilgan holda uni ishonchli dalil sifatida qabul qiladi. Agar bu hujjat ichki bo’lsa, u holda uning ishonchliligining asosiy mezoni uning xo’jalik ichki nazoratining samarali tizimi sharoitida yaratish hisoblanadi. Kuchsiz xo’jalik ichki nazorati sharoitida ichki hujjatlar ishonchli dalil bo’lishi mumkin emas.
Kuzatishlar deganda biz muayyan xatti harakatlarni baholash uchun sezgi a`zolaridan foydalanishni nazarda tutamiz. Butun audit davomida turli tuman obyektlar va xatti harahatlarni baholashda ko`rish, eshitish, hidlash va paypaslash a`zolari kabilardan foydalanish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Masalan, auditor o`z mijozida mavjud vositalar haiqda umumiy tasavvur hosil qilish uchun, butun zavodni aylanib chiqishi mumkin; u asbob uskunalar zanglab ketmaganini ko`rishi, u qanchalik eskirganini baholashi, buxgalteriya hisobini yurituvchi shaxslarni kuzatishi va shu orqali uni aynan shu ish bilan shug`ullanishi lozim bo`lgan shaxslar amalga oshirayotganini aniqlashi mumkin. Kamdan kam hollarda kuzatishlarning o`zigina yetarli bo`ladi. Dastlabki taassurotlari turli dalillar bilan tasdiqlash ham talab etiladi. Shunday bo`lsa-da, kuzatish - auditning foydali qismidir.
5. Mijozlarni so`roqqa tutish
So`roqqa tutish natijasida mijoz auditor tomonidan berilgan savollarga yozma javob yoki og`zaki ma`lumot beradi. So`rov natijasida mijozdan sezilarli hajmda ma`lumotda olish mumkin bo`ls-da, bu ma`lumotlarni tudal deb bo`lmaydi, chunki u mustaqil manbadan olinmayapti va dalillar mijozning foydasiga buzib ko`rsatilgan bo`lishi ham hech ehtimoldan yiroq emas. Shuning uchun auditor so`rov natijasida ma`lumot to`plaganda, boshqa usullar vositasida uni yanada mustahkamlovchi dalillar bilanboyitishi zarur. Masalan, auditor tizimli buxgalteriya yozuvlarini yuritish, hisoblar bo`yicha aylanmalar va saldoni tekshirish uchun mijoz qo`llaydigan usullar haqida ma`lumot olish uchun, odatda, avvalo, uning o`zidan xo`jalik ichki nazorat tizimi qanday ishlashi haqida so`raydi. So`ngra auditor xo`jalik operatsiyalarini tekshiradi va ular rostdan ham aynan unga xabar qilinganidek yo`sinda hisobga olinayotgani va nazorat qilinayotganligini aniqlaydi.