Arifmetik aniqlikni tekshirish hisob-kitoblarni tanlanma tekshirish va audit qilinayotgan davr uchun mijoz ma`lumtlarini ko`chirib o`tkazishni nazarda tutadi. Hisob-kitoblarni qayta tekshirish mijoz tomonidan amalga oshirilgan arifmetik yakunlar va operatsiyalar to`g`riligini aniqlashdan iborat. U tovarlar va boshqa tovar-moddiy qimmatliklarni sotish bo`yicha yukxatlarni to`plash, jurnallar va qo`shimcha buxgalteriya daftarlarini yakunlari, amortizatsiya va yetkazilgan zararalar bo`nagi bo`yicha hisob-kitoblarni o`z ichiga oladi. Axborot uzatishni qayta tekshirish esa, masalan, yakka tartibda tarqatishdan iborat.
7. Analitik amallar
Analitik amallarini bajarishda taqqoslashdan foydalaniladi va o`zaro bog`liqliklar belgilanib, ular balans bilan unga ilova qilingan hisobot qay darajada haqqoniy ekanligini baholashga imkon beradi. Bunday amalga misol sifatida o`tgan yil uchun yalpi foydaning foiz qiymati bilan joriy yil uchun yalpi foydaning foiz qiymatini solishtirishning zikr etib o`tish mumkin. Ayrim nomoddiy aktivlar va hisoblar bo`yicha analitk usullar yagona talab qilinuvchi dalil turi bo`lib chiqishi mumkin. Qolgan hisoblarga kelsak, analitik amallar balans va boshqa hisobotlar ishonarli ekanligini tasdiqlab turgan hollarda boshqa turdagi dalillar hajmini kamaytirish mumkin. Ba`zi hollarda analitik amallardan kelgusi tekshirish kerak yoki kerak emasligini belgilash uchun ham foydalaniladi.
Analitik amallar uchun foydalaniladigan axborot - bu, odatda, auditorning o`zi tomondan qilingan hisob-kitoblatdir.