Auditorlik dalillari turlari



Yüklə 112,39 Kb.
səhifə3/5
tarix25.10.2023
ölçüsü112,39 Kb.
#161279
1   2   3   4   5
audit

Agar bu amaliy vo`rinli bo`lsa, har gal auditorlardan debitorlik hisoblaridan saralash bo`yicha tasdiq olish talab qilinadi. AICPA tomonidan ilgari surilgan ushbu talabning amal qilishi nois shundaki, debitorlik hisobi, odatda, moliyaviy hisobotga nisbatan ahamiyatli va tasdiq bunday hisobotlar bo`yicha yuqori darajadagi ishonchli dalilni o`zida aks ettiradi.

boshqa qandaydir hisoblar bo`yicha ( debitorlik hisobidan tashqari) tasdiqlar talab qilinmasa-da, dalillarning bu turi ko`p turdagi ma`lumotlarni tekshirishda juda foydalidir.

3. Hujjatlashtirish

Hujjatlashtirish ko`pincha yozma tasdiq deb ataladi. Auditor tomonidan moliyaviy hisobotga kiritilaotgan yoki kiritilishi lozim bo`lgan ma`lumotlar asoslanganligiga ishonch hosil qilish maqsadida o`z mijozining hujjatlari va yozuvlari o`rganilishi nazarda tutadi. Auditor o`rganib chiqayotgan hujjatlar - mijozning xo`jalik operatsiyalari bo`yicha ma`lumotlarning tizimli hisobga olish uchun mijoz tomonidan ishlatiladigan yozuvlardir. Har bir xo`jalik operatsiyasi, odatda, mijozga tegishli kamida bita hujjatda qayd qilingani bois, katta miqdordagi shunday dalillar auditor ixtiyorida bo`ladi. Masalan, mijoz, odatda, o`z mijozining buyurtmalar blankasi, transport hujjati, har bir tovar chiarish uchun yukxat nusxasi va boshqalarni o`zida saqlaydi.

Ushbu hujjatlar - ancha foydali dalillar bo`lib, ularning yordamida auditor sotish hajmi va boshqa xo`jalik operatsiyalari bo`yicha mijozning hisob yuritishi aniqligini tekshirishi mumkin.

Hujjatlarni ichki va tashqi turlarga ajratib olish qulay. Agar hujjat xo’jalik tizimi doirasida tayyorlangan bo’lsa, hech qachon uning chegarasidan chiqmay mijozlar yoki savdogarlar kabi begona shaxslar qo’liga tushmay o’sha yerda saqlansa u ichki hujjat hisoblanadi. Ichki hujjatlarga misollar sirasida: sotish bo’yicha yukxatlar nusxalari, tovar chiqarish uchun hujjatlar, xodimlarning ish vaqti yoki tovar moddiy qimmatliklarni inventarizatsiyalash natijalari qayd qilinadigan hujjatlar va boshqalarni eslatib o’tish mumkin. Mijozning xo’jalik tizimidan tashqari kimningdir birovning qo’lida bo’lgan hujjatlar esa tashqi hujjatlar hisoblanadi. O’sha begona shaxs hisobga olingan xo’jalik operatsiyalarining qatnashchisi bo’lishi mumkin. Bunday hujjat istalgan vaqtda mijoz qo’lida bo’ladi. Yoki auditor undan bemalol foydalanishi mumkin.


Yüklə 112,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin