maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar mazkur
Davlat talablariga rioya
qilishlari lozim.
2-bob. Davlat talablarining maqsad, vazifa va asosiy tamoyillari
3. Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
maktabgacha ta‘lim — maktabgacha
yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori,
individual ruhiy
va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda
hamda bolada ma‘naviy me‘yorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini
ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga
qaratilgan yaxlit jarayon;
rivojlanish — inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va
xulqida biologik jarayonlar
hamda atrof muhit ta‘sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar;
rivojlanish sohasi — bola rivojlanishidagi aniq bir yo‘nalishlar;
kichik soha — sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarning kichik sohasi
rivojlanishning ma‘lum bir tomonlarini o‘z ichiga qamrab
oladi va ularning aniq bir
yo‘nalishini ko‘rsatib beradi;
kutilayotgan natija — bolalarda kutilayotgan bilim, ko‘nikma
va malakalar
ko‘rsatkichi;
bola kompetentsiyasi — ma‘lum bir yosh davriga xos bo‘lgan
vazifalarni
maqsadli bajarish uchun yetarli bo‘lgan bolaning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari hamda
qadriyatlari;
Dostları ilə paylaş: