O`zbekistonda jismoniy madaniyat va sportning rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə1/2
tarix17.08.2023
ölçüsü121,5 Kb.
#139666
  1   2
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport


ANGREN UNIVERSITETI



Fan: O’zbekistonning eng yangi tarixi
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Mustaqillik yillarida O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport


Guruh: PP-110
Bajardi: Begmatova G
Qabul qildi: Ibragimova M

Angren 2023 yil
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport

Reja:



1. Ommaviy jismoniy madaniyat va sportni rivojlanishi.
2. Jismoniy tarbiya va sport to`g`risidagi konun va karorlarni moxiyati.
3. Uzbek sportchilar Olimpiya va Osiyo o`yinlarida.
4. Xulosa
5. Foydalangan adabiyotlar

Mustaqil O`zbekistoning jismoniy madaniyat va sportning yanada rivojlantirishga asos buluvchi eng muxim tadbirlar kurilmokda O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida”gi konuni (1992 yil 14 yanvar) barcha axolining sogligini mustahkamlash uning jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishiga shart-sharoitlar yaratib berishni kafillikka oladi.


SHu bilan birga maktabgacha bolalar tarbiya muassasalari va ukuv yurtlari xar yili kamida bir marta maktabgacha yoshdagi bolalarning ham O`quvchi yoshlarning jismoniy tayorgarlik darajasini kurishdan utkazadilar. Umumta`lim maktablarida boshva ukuv yurtlarida jitsmoniy tarbiya buyicha imtixonlar utkaziladi - deb kursatilgan. Bu esa O`quvchi yoshlarning salomatligini mustahkamlash, jismoniy kamolotini oshirish ularni mexnat va mudofaa ishlariga layokatli kishilar kilib yetishtirishga qaratilgandir. CHunki bu tadbirlar Respublika axolisini madaniy turmush darajasini oshirish, O`quvchi yoshlarni tarbiyalash ularning mexnat va mudofaaga tayyorlashda (jismoniy tarbiyaning moxiyati) yuksak baxolangan edi.
O`zbekiston Respublikasi 1991 yil 1 sentyabrida mustaqillikka erishgan deb xisoblansada uning uziga xos tashkiliy va tarixiy rivojlanish yuliga egadir. Bu borada sobik ittifokda kariyib 70 yil davomida O`zbekistonning jismoniy madaniyati va sport soxasida erishgan ulkan yutuklarini urganish, davlat va xalqning utmishiga ijobiy karash adolatdan bulur edi.
1924 yil 27-oktyabrda O`zbekiston mustaqil Respublika deb e`lon qilingan edi. Usha davrda O`zbekiston Turkiston muxtoriyati Respublikasi tarkibida bulib, barcha ishlarga itttifok mikyosidagi idoralar, tashkilotlar tomonidan kursatmalar berilar edi. SHu sababli 1918- 1924 yillarda asosan, Toshkent, Samarkand, Kukon Buxoro shaxarlaridagi temir yul zavod fabrikalarishchi - xodimlari, ba`zi bir rus maktab yoki gimnaziyalarda O`quvchilar uchun sport klublari tashkil etilgan edi. U joylarda futbol, boks, velo, yengil atletika kabi sport turlari buyicha tug`araklar tashkil etilib, musobakalar uyushtirilgan.
Tarixiy manbaalarning tasdiklashicha, ularda maxalliy millat vakillari deyarli ishtirok etmagan.
1923 yilda “Dinam” sport jamiyatining tashkil kilinishi Samarkand va Toshkent shaxarlarida turli o`yin maydonlari, ayniksa “Dinamo” o`yingoxlarining kurilishiga 1925-1927 asos soldi. SHu sababdan maxalliy millat vakillari ham rus xalqi olib kelgan futbol, voleybol, sakrash, yugurish, granata uloktirish mashqlari bilan shugulana boshladilar.
Maxallalarda terma komandalar tuzilib dam olish kunlari, bush vaktlarda uzaro musobakalar uyushtirilishi odat bulib koldi.
1927 yil birinchi umum uzbek sprtakiadasi tashkil kilinib, futbol, yengil atletika,kurash, gimnastika kabi sport turlari buyicha terma komandalar tayyorlandi. Uzbekistn sport vakillari 1928 yilda Moskvada birinchi butunittifok spartakiadasida katnashdi. Bunda o`zbekistondan 193 sportchi katnashdi, bulardan 44 kishi maxalliy millat sportchilari edi. O.Dunayev, I.Orsyanikov, Tikunova hamda Murashko, Rekovalari yaxshi natijalar kursatdilar. Usha davrlarda Respublikada uning jyolarida jismoniy madaniyat va sportni tashkil etish, uni axoli o`rtasida targibot qilish ishlarida S.Asfandiyerova Ulka jismoniy madaniyat kengashi raisi, Xidraliyev Turkiston maxalliy ijroya komitasi raisi, N.M.Testelets kabi boshliqlar katta faoliyat kursatdilar. O`zbekistonda jismoniy madaniyat va sport ishlarini rivojlantirishda M.M.T (GTO) majmualarining ishlab chiqilishi va kullanilishi (1930-1934) katta ahamiyatga egadir. CHunki, bu majmua (kompleks) O`quvchi va ishchi yoshlarni mexnat va mudofaa ishlariga tayyorlashda eng ommaviy va ta`sirchan tadbirlardan biri bulib xizmat kildi. U xozirgacha uz kuchi, mazmuni va maksadini yukotgan emas. Buning isboti uchun kuyidagi dalillarni keltirish mumkin. 1931 yilda MMT nishondorlari soni 2000 kishini tashkil qilgan bulsa, 1938 yilda 35000, 1950 yilda 103,2 ming, 1965 yilda 308 ming, 1970 yilda 496,8 ming, 1992 yilga kelib esa 1 mln 33615 kishiga yetadi. O`quvchi yoshlar va mexnatkashlar ommasini sportga jalb qilish ularning maxoratini oshirishda tarkmokli sport jamiyatlarining tarkib topishi. Sportchilarning darajasini belgilash, turli unvonlar berish soxasidagi tashkiliy tadbirlarning moxiyati e`tiborga loyikdir.
Bu faoliyatlarni joriy etish, uni amalda bajarishda usha vaktlarda tashkil qilingan “Spartak”, “Lokamativ”, “Medik”, “Berevestnik”, “Muravey” sport jamiyatlari aosiy ishlarni kildilar. Ush davrda 1000 metga yugurishda F.Xasanova, Konsarev, Putsilov, Toparova, hamda boshqalar tanikli sportchi edilar. A .Pakrovskiy P.Kravchenko , M.Arxangelskiylar yetuk trenerlar xisoblanar edilar. Ulug vatan urushi davrlarida sport tashkilotlarining faoliyatlari tuxtatildi. Lekin, sobik sportchilar ona vatanni ximoya qilishda uz kaxramonliklarini kursatdilar. Bular : Sobir Raximov, SHodmon Umarov, Andrey Borzenko, V.Karpov, K,Pulatov, T.Eryigitova va boshqalar edi.
O`zbekistondagi maxxaliy millat orasida jismoniy madaniyat va sport ishlarining mazmunan va shakllan taraqqiy etishi, 1950-1960 yillarga to`g`ri keladi. “Paxtakor” sport jamiyatining tashkil kilinishi 1950 ommaviy sport musobaklarining muntazam utkizib borilishi bilan belgilanadi. 1951 yilda Tashkent jismoniy madaniyat texnikumi urnida O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining ochilishi, 1056 yil “Paxtakor” o`yingoxini kurib bitkazilishi, unda usha yili O`zbekiston sportchilarining navbatdagi spartakiadasi ma`lum ahamiyat kasb etadi. Natijada 1956 yil Moskvada yangi kurilgan V.I.Lenin nomli o`yingoxda SSSR xalqalarining birinchi spartakiadasida O`zbekiston sportchilarining tantanali katnashishi va erishgan yutuklari sport harakati tarixidan chukur urin egalladi. Bu tadbirlarni uyushtirishda Respublika sport kumitasining raisi R.i.Ismoilov , Iinstitut direktori A.T.Kocharev, tanikli trenerlar G.Indlar (gimnastika), N.Lakizo (akrabatika), I.Vortazarov (ogir atletika), L.Maksudov (futbol) va boshqalarning xissasi katta buldi. SHuni e`tirof etish kerakki, respublikaining barcha viloyatlari markazlari, yirik sanoat shaxarlari, tumanlarida sport zallari, o`yin maydonlari, yangidan kad kutardi. Fargona, Buxoro,Namangan va boshqa bir ktor shaxarladagi pedagogika institutlari koshida Jismoniy tarbiya kulliyetlari tashkil etildi.
Respublikada jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishda davlat arboblari Y.Oxunboboyev , F.Xujayev, A.Ikromov va keyingi davrlarda U.Usupov, N.A.Muxitdinov (1956-1960), SH.R.Rashidov (1950-1983) qabilarning xissalari juda kattadir.
O`zbekiston mustaqil taraqqiyoti juda kup vokealarni uz iziga tushirdi rad etilganlarini kayta uz joyiga keltirdi. Bu asnoda urganayotgan muammo va vazifalarga bevosita aloqador bulgan bir masalaning bazi tomonilarini eslash va yoritish ayni madaodir.
Sobik ittifokda bulgan vokealarni O`zbekistonda ham taklid qilish, okni kora deb aytishni odat qilishgan edi. Jismoniy tarbiya bilan boglangan eng yaxshi tadbirlarni ham yukka chikarishda. YA`ni Uzbekistaon Kompartiyasining birinchi kotibi SH.Rashidov faoliyatini eslash man etilgan edi. Xozirgi kunda uning siyosiy faoliyatini chukur urganishga tula kirishildi. SHu asosida 1970 - 1980 yillarda SH.Rashidov boshchiligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun utkazilgan bazi bir muxim tadbirlarni kursatish maksadga muvofiqdir.
SHu sababli respublika sportining istikbolidagi asosiy manbalarning xolatiga va uni rivojlantirish omillaridan xabardor bulish muxim vazifalardan biri xisoblanadi.
O`zbekistonda jismoniy madaniyat va sport taraqqiyotining ba`zi bir kursatgichlari kuyidagilardan iborat: Respublikada 14577 ta jismoniy madaniyat jamoalarida 5 mln. 549 ming 908 kishi shugullanadi. SHu jumladan 56 ta oliy ukuv yurtida 134977 kishi, 225 ta o`rta maxsus ukuv yurtlarida 147664 kishi, 449 ta xunar-texnika bilim yurtlarida 211061 kishi, 8302 ta maktablarda esa 4 mln. 510 kishi 403 O`quvchi jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanadilar. O`zbekistondagi ishlab chikarish korxonalarining 5545 tasida boshlangich jismoniy madaniya tashkilotlari va 60 dan ortik sport klublari mavjud bulib, ularda 543946 kishi muntazam ravishda sport turlari, soglomlashtirish mashqlari bilan shugullanadilar. Sobik Ittifok davrida ishlab chiqilgan va tasdiklangan “Mexnat va mudofaaga tayyor!” (GTO) majmuasi o`zining mazmunan zarurligi va moxiyati bilan uz kuchini saklab keldi.
Keyingi paytlarda Respublika muxiti va sharoitlariga qarab uning shakli va normativ xolatlariga ba`zi bir uzgarishlar kiritildi va konsepsiya (dastur) ishlab chikildi.
Ma`lumki MMT majmuasining asosiy turlari va normativ darajalari O`quvchi yoshlarni xar tomonlama jismonan kamol toptirishda muxim ahamiyat kasb etadi. SHu sababdan respublikada bu majmua yoshlarni tayyorlashda katta ishlarni amalga oshirdi. Buning dalili sifatida kuyidagi kursatgichlarni keltirish mumkin. Respublika buyicha 1991 yildi 1 mln. 33 ming 815 kishi MMT nishondori buldi. SHu jumladan, Oliy ukuv yurtlari talabalaridan 12743 kishi, o`rta maxsus ukuv yurtlarida 36867 kishi, xunar-texnika bilim yurtlarida 69650 kishi, umumta`lim maktablarida 832962 O`quvchi va ishlab chikarish korxonalarida 81593 kishi bu majmuaning barcha talabalarini bajardilar.
Respublikadagi jismoniy tarbiya-madaniyat jamoalari, sport klublari sport jamiyatlari va turli vazirliklar; davlat idoradagilaridagi jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish kizikarli sport musobakalarini uyushtirish, yukori sport natijalariga erishishda aloxida urin tutadi.
Uzbekitson Respublikasi davlat sport kumitasining ma`lumotiga kura, 1990 yilgacha respublikada 26 ming atrofida ixtisosli mutaxassis xodimlar faoliyat kursatgan bulsa, ularning soni 1993 yilga kelib 29 mingdan oshib ketdi. SHulardan 17 mingdan ortigini ixtisosli oliy ma`lumotga egadir. Mutaxassis xodimlar orasida 1755 kishi xotin-kizlarni tashkil etadi. Maxalliy xotin-kizlar soni, afsuski, 100 taga ham yetmaydi. Mutaxassis xodimlardan 16804 kishi 8302 umuta`lim maktablarida, 56 ta oliy ukuv yurtlarida esa 1258 kishi, 225 ta urin maxsus ukuv yurtlarida 749 ta xunar-texnika bilim yurtlarida 701ta, spor tashkilotlarida 367ta xodim xizmat kilmokda. SHuni e`tiborga olish kerakki, ixtisosli oliy va o`rta ma`lumotni mutaxassislar tayyorlashda O`zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti va Respublika oliy ukuv yurtlari koshidagi 12 ta jismoniy tarbiya kulliyotlarining xissalari benixoyat kattadir.
Adabiyotlar:



Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin