Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda hadis va rivoyatlardan foydalanish



Yüklə 363,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix11.05.2023
ölçüsü363,18 Kb.
#111425
  1   2   3
maktabgacha-yoshdagi-bolalarni-tarbiyalashda-hadis-va-rivoyatlardan-foydalanish



Yangi O‘zbekistonda pedagogika fanini innovatsion rivojlantirish istiqbollari: 
nazariya va amaliyot 
____________________________________________________________________
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
National University of Uzbekistan 217 www.ares.uz 
 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TARBIYALASHDA 
HADIS VA RIVOYATLARDAN FOYDALANISH 
 
B. X. Elmirzayeva
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi 
Jonajon O‘zbekistonimiz zaminida jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga salmoqli 
hissa qo‘shgan, umumjahon miqyosida e’tirof etilgan, qanchadan-qancha buyuk 
mutafakkirlar va qomusiy allomalar yetishib chiqqan. Ajdodlarimizdan qolgan boy 
me’rosimiz o‘zining o‘ta muhimligi va ilmiy salohiyati bilan hanuzgacha butun dunyo 
xalqlarini lol qoldirib kelmoqda. Vatanimiz tarixida ibrat qilsa arzigulik zarvaraqlarini 
xolisona o‘rganish va ana shunday meros namunalaridan foydalangan holda komil 
insonlarni shakllantirish, bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. 
Komil inson tarbiyasida o‘zidan o‘lmas me’ros qoldirgan ajdodlar xazinasidan 
foydalanish bugungi kunning vazifalaridandir. Yosh avlodlarda ijobiy xislatlar va 
fazilatlarni shakllantirishda hadislarning o‘rni beqiyos bo‘lib, ulardan foydalanishning 
innovasion usullarini aniqlab, amaliyotda tatbiq etish choralari ko‘rilishi lozim.
Sharqona tarbiya ming yillar mobaynida islomiy axloq qoidalari asosida tarkib 
topgani tarixdan ma’lum. Qur’oni Karim oyatlari, Payg‘ambar alayhissalom hadislari
ulamo va hukamolarimiz kitoblari tarbiyamiz manbai bo‘lib xizmat qilgan”. E’tiborlisi 
shundan iboratki islomiy tarbiya hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan. 
Hadis- Islom dini ta’limoti bo‘yicha Qur’oni Karimdan keyin turadigan 
ikkinchi muqaqddas manba bo‘lib, Muhammad(s.a.v.)payg‘ambarning hayot faoliyati, 
shuningdek uning diniy va axloqiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladi. Muborak 
payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) biror gap aytgan yoki biror ishni qilib ko‘rsatgan 
bo‘lsa, yoxud boshqalarning o‘zlaricha qilayotgan ishini ko‘rib uni rad etmagan bo‘lsa, 
shu uch holatning biri sunnat hisoblanadi. Ana shunday hatti-harakatlar yoki 
ko‘rsatmalar haqidagi rivoyat hadis deb yuritiladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hadis va rivoyatlar bolani tarbiyalash 
jarayonida barcha tarbiya jarayonini mujassamlashtirgan manbaa hisoblanadi. 
Turli tarixiy davrlarda tarbiyaning maqsadi ham xususiyati ham o‘zgarib bordi. 
Shu bilan birga tarbiya jarayonida qo‘llanilgan metodlar, manbaalarning ba’zilari o‘z 
o‘rnini yoqotgan bo‘lsa, ba’zilarining mavqei yanada ortdi. Ammo hadislarning 
mazmuni, ularda yosh avlodni tarbiyalash masalalari, ijtimoiy muhitda insonlarning 



Yüklə 363,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin