Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning o`rganilishi va dolzarbligi



Yüklə 55,58 Kb.
səhifə1/6
tarix23.05.2023
ölçüsü55,58 Kb.
#120770
  1   2   3   4   5   6
Komil Xorazmiy111122222



Mundarija
KIRISH…………………………………………………………………………….3
ASOSIY QISM

  1. BOB. Komil Xorazmiy hayoti va ijodiga oid chizgilar…………………...6

    1. Shoir yashagan davr va adabiy muhit………………………………………..6

    2. Shoirning hajviy she’rlarida ijtimoiy muammolarning aks etishi…………..11

  2. BOB. Shoir she’riyatida an’ana va ijodiylik……………………….…….18

    1. Komil Xorazmiy g`azallarining mavzu doirasi……………………..………18

    2. Komil Xorazmiyning tadqiqotlari va tarjimonlik faoliyati…………………29

Xulosa…………………………………………………………………….………37
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………...………39

Kirish
Mavzuning o`rganilishi va dolzarbligi. Otashzabon shoir Komil hayotlik chog`idayoq xalqning e‘tiboriga tushgan va ijodiga bo`lgan qiziqish paydo bo`la boshlagan hamda zamondagi shoirlari tomonidan tan olingan edi. Shuning uchun ham shu davrda tuzilgan ko`plab qo`lyozma va toshbosma bayoz-majmualarda shoir ijodidan namunalar kiritildi. Shuningdek, XIX asr o`zbek adabiyoti va tarixida yirik manba sanalmish Ogahiyning “Gulshani davlat”(1855-1856), Muhammad Yusuf Bayoniyning “Shajarai Xorazmshohiy”(1911-1913), Ahmad Tabibiyning “Majmuat-ush-shuaro” (1908), H.Laffasiyning «Xiva shoir va adabiyotchilarining tarjimai hollari» (1920) kabi asarlarda Komil Xorazmiy o`z ijodiy faoliyati bilan fazlu kamolotga erishgan shoir, tiyran aql hamda fikrda sobit davlat va jamoat arbobi sifatida yuqori baholangan. Shayx Sulaymon Buxoriy “Lug`ati chig`atoyi va turki Usmoniy”(1880-1881) asarida ayrim so`zlar izohi uchun “mashohir shuaro”larning she‘rlaridan misollar olgan. Munis, Ogahiylar qatorida Komil Xorazmiy she‘rlaridan misollar keltirishi shoirning hayotlik chog`idayoq mashhur bo`lganligidan dalolatdir. Ingliz va rus tarixchilari tomonidan Komil shahsiga alohida e‘tibor qaratilgan. Xususan, Sankt-Peterburgda chop etilgan “1873 yilgi Xiva yurishi” nomli ruscha rasmiy manbada, F.M.Lobosevichning “1873 yilgi Xiva yurishining bayoni” nomli asarida, Mak-Gahanning ingliz tilidan tarjima qilingan “Oksusdagi harbiy harakatlar va Xivaning taslim bo`lishi kabi kitoblarda shoir faoliyatiga mahsus to`htalingan. Qolaversa, N.Ostroumov muharrirlik qilgan ―Turkiston viloyatining gazeti” (1891-1894 yillardagi) sahifalarida bir qancha she‘rlari bosilib turdi. Komil Xorazmiyning musiqa sohasidagi хizmatlari B. Rahimov va M.YUsuf Devonzodalarning “Xorazm musiqiy tarixchisi” (Moskva, 1925) kitobida, keyinroq esa V.Belyaevning ―O`zbekiston muzika asboblari (“Muzo‘kalno‘e instrumento‘ “Uzbekistana, M. 1933) asarlarida alohida e‘tirof etilgan. Shoir Komilning hayoti va ijodini ommalashtirish va ilmiy tadqiq etish, asosan, 1945 yildan boshlandi. 1945 yilda nashr etilgan O.Sharafiddinovning “O`zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi”da, 1947 yilda chop etilgan “O`zbek poeziyasi antologiyasi” da keng kitobxonlar ommasiga shoir ijodi taqdim etildi. 1947 yilda adabiyotshunos M.Yunusov Komil ijodiga bag`ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi, 1958 yilda shoirning hayoti va ijodini yorituvchi “Komil Xorazmiy” nomli kitobini nashr ettirdi. 1961 yilda shoirning “Tanlangan asarlari” (nashrga tayyorlovchi R.Majidiy), 1975 yil shoir “Devon”i nashrdan chiqdi. Komil Xorazmiy ijodi maktab va oliy o`quv yurtlarida o`rganila boshlandi. G`.Karimovning “O`zbek adabiyoti tarixi” (III kitob) darsligida shoir Komil hayoti va ijodiga alohida fasl ajratilgan. Suuningdek, “O`zbek adabiyoti tarixi besh tomlik” (1980) ning 5-tomida K.Xorazmiyning hayoti va ijodiy merosining tahlili uchun 32 sahifa ajratilgan. Bulardan tashqari adabiyotshunoslar A.Hayitmetov, V.Zohidov, A.Qayumov, N.Qobilov, N.Jumaho`ja va I.Adizovalarning shoirning turli jihatlarini ochuvchi bir necha maqolalari e‘lon qilingan. Ko`rinadiki, Komil Xorazmiy milliy adabiyotimizda mustahkam o`rin topdi. Biz adabiyotshunosligimizda amalga oshirilgan ushbu ishlarga tayangan holda Komil Xorazmiy lirik merosi, unda badiiy mahorat muammolarini keng miqiyosda o`rganishga harakat qildik. Bu esa tanlagan mavzumizning dolzarbligini ta‘minlaydi.
Xorazmliklar qisqartirib “Matniyoz” deb chaqirganlar. Komil (yetuk, mukammal) Xorazmiy esa taxallusdir. Pahlavon laqabi esa uning jang maydonlaridagi jasorati evaziga berilgan. Muhammad Yusuf Bayoniyning “Shajarai Xorazmshohiy” asarida Komil navqiron yoshlaridagi jasorati shunday lavhalarda beriladi: “Bir kun Ko`rganli bir yamutkim, Qorabaloq laqabi bila mulaqqab erdi, bag`oyat zabardast va mergan edi. Bir miqdor yamutga bosh bo`lub, Muhammadmurod devonbegining sangariga kelib urush boshladi, lashkarga ondin ko`p dastburdlar (ziyon-zahmatlar)etdi, bir kun Muhammadmurod devonbegi dedi: “Har kishi ushbu Qorabaloqni otini ursa, besh yuz tillo va o`zini ursa, ming tillo berurman”. Ishning maqsad va vazifalari: Komil - shoir, xattot, bastakor, musiqashunos, tarjimon, davlat arbobi. Uning ibratli faoliyati zamondoshlari va keyingi davr ilm ahlining e‘tirofiga sazovor bo`lgan. Ko`plab tadkiqotchilar bu ulkan ijodkor va siyosatdon faoliyatiga qiziqish bilan qaraganlar. Bu qiziqish esa bugungi kunga qadar ham susaygani yo`q. Mazkur kurs ishi ham Komil ijodini o`rganishda kichkina bir tadqiqot sifatida yaratilmoqda. Unday ko`zlangan maqsad va vazifalar esa quyidagicha belgilandi: - Komil Xorazmiy adabiy merosi va uning o`zbek adabiyotshunosligida o`rganilishi; - Adibning davlat siyosatchisi sifatidagi faoliyatini nizardan o`tkazish; - Shoir lirik merosining mavzular olamini tahlil qilish; - Komil Xorazmiyning musiqashunoslik faoliyatiga baho berish; - Lirik merosida an‘ana va badiiy mahorat masalasi va boshqalar.

Yüklə 55,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin