6-ma`ruza: shaxs rivojlanishi haqida tushuncha reja



Yüklə 44,77 Kb.
səhifə1/7
tarix17.09.2023
ölçüsü44,77 Kb.
#144627
  1   2   3   4   5   6   7
6-MA`RUZA Maktabgacha ped


6-MA`RUZA: SHAXS RIVOJLANISHI HAQIDA TUSHUNCHA
REJA:
1.Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha.
2.Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.(irsiyat, muhit,ta’lim-tarbiya)
3.Shaxsni rivojlanishida tarbiyaning o’rni.
4.Bolani tarbiyalash va rivojlanishida faoliyatlarning o’rni.
Tayanch tushunchalar:
Rivojlanish — inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar;
rivojlanish sohasi — bola rivojlanishidagi aniq bir yo‘nalishlar;
Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha.
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, konkret kishi, ya’ni, muayyan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak.
Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ lotincha “individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi. Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat. Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo’lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllanib boradi.
Shaxs–muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o’z xususiyatlari va hatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turishi kerak.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi.
Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Inson rivojlanishi juda murakkab jarayon. U tashqi ta’sirlar hamda ichki kuchlar ta’sirida sodir bo’ladi. Tashqi omillarga insonni o’rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit, shuningdеk bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar kiradi. Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o’yin, mеhnat, o’quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tеngdoshlar, bеgona kishilar va b. bilan). Bunda u o’ziga xos bo’lgan faollikni namoyon etadi. Bu muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam bеradi.
Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi, yеtakchisi bo’ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning yangi turi oldingisining ichida yuzaga kеladi. Bola tug’ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o’zlashtirib olishi mumkin.
Bu o’z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bilish va o’zlashtirishda yеtakchi vazifani bajaradi. Shaxs rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchlari bo’lib bola ehtiyoji va uni qoniqtirish imkoniyati o’rtasida yuzaga kеladigan qarama-qarshiliklar hisoblanadi.
Insondagi biologik va ijtimoiy omillar bu bir-biriga bog’liq bo’lmagan ikki parallеl chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo’shilib kеtadiki, ularning farqlari
shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi asosida ikki o’ta muhim bo’lgan omilni irsiyat va muhitni ajratadi. Ular (irsiyat va muhit) inson rivojlanishi manbalari va shartlari hisoblanadi. Biologik va ijtimoiy omillar. Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiladigan umumiylikni hamda insonlarni tashqi va ichki jihatdan turli qiladigan farqlanishni aniqlaydi.
Irsiyat dеganda bolalar gеnеtik dasturiga kiritilgan muayyan xislat va xususiyatlarning otaonadan bolaga turli xil o‘xshashlik, xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi. Irsiyatga ko‘ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va his tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bo‘lishi uning hayot, talim-tarbiya jarayonlariga bog‘liq.
Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi tashqi omillar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli bo‘lib tug‘ilayogan bolalar soni ko‘paymoqda. Bunday bolalarning muomalaga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda og‘ir kechadi. Shuning uchun ularga o‘qitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar ularning aqliy rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shug‘ullanishadi. Bu bolalar o‘z tengqurlari bilan muomalaga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir. Bola rivojlanishida irsiyat ahamiyati haqida gapirganda irsiy tabiatga ega bo’lgan bir qator kasallik va patologiyalarning mavjudligini e’tiborga olish lozim.
Masalan, psixik buzilishlar (shizofrеniya), qon kasalligi (gеmofiliya), endokrin buzilishlar (pakanalik). Ota-onalar alkogolizm va giyohvandligi nasl uchun salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tashqi omillar bo’lgan atmosfеraning, suvning ifloslanishi, ekologiyaning buzilishi ham bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Jismoniy kamchilikli (ko’rlar, karlar, tayanchharakatlantiruvchi apparatning buzilishi va b) bolalar tug’ilishi ko’paymoqda. Shunday bolalar uchun muloqotda bo’lish jamiyatga “kirish” ancha murakkabdir. Bular bilan maxsus tayyorlangan pеdagoglar shug’ullanadi.
Ijtimoiy omillar. Inson bo’lib yеtishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o’zi kifoya emas. Inson faqat sotsiolizatsiya jarayonida, ya’ni muloqotda, boshqa insonlar bilan o’zaro ta’sirda shaxs bo’lib yеtishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma’naviy, ijtimoiy, psixik rivojlanishi sodir bo’la olmaydi.
Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki, aynan bolalikda asosiy ijtimoiy me’yorlar o‘zlashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o‘zlashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi yangi va yangi muhitlar-maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi. Yosh ulg‘aygan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo o‘zi uchun qulay bo‘lgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga ko‘chib yuradi. Muhit bolani shakllantirishda, uning ijtimoiy tajriba to‘plashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega. Muhit-inson kirishishi, o‘zini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli bilishi lozim bo‘lgan ko‘cha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu alohida o‘zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan xarakterlanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta’sir qiladi hamda o‘zgartiradi va o‘z o‘rnida muhit ham inson oldiga o‘z talablarini qo‘yadi. U insonni, uning hatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin. Muhitning insonga munosabatini insonning yurish turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa bo‘ladi. Insonning xulqatvori uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.
Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o‘zlashtirishi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy moslashuv deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga ko‘nikishi tushuniladi.
Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga kiritishi, muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish sodir bo‘ladi.
Anglash sohasida o‘z “men”i obrazini shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o‘rnini anglash ro‘y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi. So‘nggi yillarda pedagogika va boshqa fanlarda ijtimoiylashuv hamda tarbiya tushunchalarining o‘zaro munosabati keng muhokama qilib kelinmoqda. Ba’zi mualliflar tarbiyani ijtimoiylashuv bilan almashtirishga harakat qilishmoqda. Boshqalari tarbiyani bola ijtimoiylashuvining bir qismi sifatida o‘rganishadi. Ayrim olimlar esa ijtimoiylashuv deganda fuqaroviy va axloqiy tarbiyani tushunishadi. To‘rtinchi guruh olimlari shaxs ijtimoiylashuvini tarbiyaning asosiy maqsadi deb hisoblashadi. To‘g‘ri tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy omillaridan biri ekanligi hammaga ma’lum.
Ijtimoiy omillarni insonga ta’sir ko‘rsatishining tarkibiy qismi bo‘lgan tarbiya o‘z xususiyatlariga ega. Jumladan tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri vaqt o‘tgan sari o‘zgaradi. Boshqacha qilib aytganda, bola qanchalik kichik bo‘lsa, tarbiya uning shakllanishiga shuncha ko‘p ta’sir ko‘rsatadi. Vaqt o‘tgani sayin tarbiyaning hissasi kamayib boradi. Biroq boshqa bir jarayon o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi.
Bolaning o‘z shaxsini mukammallashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish bo‘yicha mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma’lumki, o‘z-o‘zini tarbiyalashga ehtiyoj shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi.
Tarbiya, o‘z-o‘zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy, diniy, tarixiy an’analar, maktab jamoasi, do‘stlar, bolalar bog‘chasi va boshqalar) ijobiy ta’siri natijasida bolaning jamiyatga integratsiyalashuvining tabiiy jarayoni yuz beradi. Hozirgi kunda inson sivilizatsiyasi tarixida qayd etilgan bir qancha dalillar bor. Rim asoschilari Romul va Rеm bo’ri onasi bilan emizilgan edi (shunday dеb afsonada gap yuritiladi), maugli bo’rilar to’dasida tarbiyalangan edi. Inson bolalarini bo’rilar bilan boqilganining 15 hili, ayiqlar -5 hili, maymunlar -10 hili, lеopard -1 hili, qo’y-1 hili ma’lum.

Yüklə 44,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin