3.1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetentsiyalari Kommunikativ kompetentsiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda
foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetentsiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba,
bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos
hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetentsiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan
muloqotda axloq qoidalari va me‘yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.
Bilish kompetentsiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan
bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun
foydalanish.
3.2. Bolaning rivojlanish sohalari kompetentsiyalari Bolaning kompetentsiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
bilish jarayonining rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish.
3.2.1. «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetentsiyalari «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi» sohasidagi
o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me‘yorlariga mos ravishda
jismoniy faollik ko‘rsatadi;
turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;
turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi;
o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
shaxsiy gigiena malakalarini qo‘llaydi;
sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.