Og'rimasindesangtish... Hasanjon degan bola yashar ekan. U juda injiq ekan, tez charchab qolib, darslarini ham yaxshi tayyorlay olmas ekan.
Dam olish kuni Hasanjonning tishi og'rib qolibdi. Ovqat yemabdi.
Tuni bilan uxlamabdi. Onasi Hasanjonni shifokorga olib boribdi.
Shifokor Hasanjonning tishini davolabdi. Tishlari tuzalgach, injiqlik qilmabdi. Tez-tez charchab qolishi yo'qolibdi. O'qishlari ham yaxshilanibdi. Hasanjon shifokorga rahmat aytibdi.
Shifokor esa Hasanjonga esdalik yozib beribdi: Og'rimasin desang tish,
Har kuni kerak yuvish. Erta-yu kech, yoz-u qish, Kanda bo'lmasin bu ish.
Hozir Hasanjon bu esdalikka to'la amal qilayotgan emish. (86so'z) Imlo:yaxshi,tayyorlay,tishi,uxlamabdi so'zlari ustida ishlanadi.
Reja: Hasanjon degan bola.
Ovda Podshoh lochinni olib ovga jnadi. U yo'lda chanqadi. Tog'dan oqib tushayotgan suvdan suvdonni to'latdi. Lochin esa qanot qoqib, suvni to'kib yubordi.
Podshoh darg'azab bo'lib, lochinni yerga urib, halok qildi.
Shu payt shohning mulozimi kelib qoldi. Podshoh unga tog'ning o'zidan suv olib tushishni buyurdi.
Mulozim toqqa chiqdi. Buloq labida o'lib yotgan ajdarhoni ko'rdi. Qarasa, ajdarhodan suvga zahar tomayotgan ekan. Mulozim podshohga tomayotgan suv zaharli ekanligini aytdi.
Shoh mulozimning so'zini eshitib, shoshqaloqlik bilan qilgan ishidan pushaymon bo'ldi. (76so'z) 151
Reja: Shoh ovga jo'nadi.