M umarova, М. Nabiyeva



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə102/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
bayonlar toplami m. umarova

Tayanch so'zlar: chap berib, gangib, nim ta-nim ta, voqea, aka-uka, aytmadi.

150
IK K IN C H I Y A R IM Y ILD A M U S TA Q IL T U Z ILG A N REJA A S O S ID A N A Z O R A T BAYON Y O Z IS H U C H U N M A TNLAR




Og'rimasin desang tish...
Hasanjon degan bola yashar ekan. U juda injiq ekan, tez charchab qolib, darslarini ham yaxshi tayyorlay olmas ekan.
Dam olish kuni Hasanjonning tishi og'rib qolibdi. Ovqat yemabdi.
Tuni bilan uxlamabdi. Onasi Hasanjonni shifokorga olib boribdi.
Shifokor Hasanjonning tishini davolabdi. Tishlari tuzalgach, injiqlik qilmabdi. Tez-tez charchab qolishi yo'qolibdi. O'qishlari ham yaxshilanibdi. Hasanjon shifokorga rahmat aytibdi.
Shifokor esa Hasanjonga esdalik yozib beribdi: Og'rimasin desang tish,
Har kuni kerak yuvish. Erta-yu kech, yoz-u qish, Kanda bo'lmasin bu ish.
Hozir Hasanjon bu esdalikka to'la amal qilayotgan emish. (86 so'z)
Imlo: yaxshi, tayyorlay, tishi, uxlamabdi so'zlari ustida ishlanadi.
Reja:

  1. Hasanjon degan bola.

  2. Dam olish kuni.

  3. Shifokor davolabdi.

  4. Esdalik.

Tayanch so'zlar: Hasanjon, uxlamabdi, shifokor, hozir, esdalikka.


Ovda
Podshoh lochinni olib ovga jnadi. U yo'lda chanqadi. Tog'dan oqib tushayotgan suvdan suvdonni to'latdi. Lochin esa qanot qoqib, suvni to'kib yubordi.
Podshoh darg'azab bo'lib, lochinni yerga urib, halok qildi.
Shu payt shohning mulozimi kelib qoldi. Podshoh unga tog'ning o'zidan suv olib tushishni buyurdi.
Mulozim toqqa chiqdi. Buloq labida o'lib yotgan ajdarhoni ko'rdi. Qarasa, ajdarhodan suvga zahar tomayotgan ekan. Mulozim podshohga tomayotgan suv zaharli ekanligini aytdi.
Shoh mulozimning so'zini eshitib, shoshqaloqlik bilan qilgan ishidan pushaymon bo'ldi. (76 so'z)
151
Reja:

  1. Shoh ovga jo'nadi.

  2. Shohning jahli chiqdi.

  3. Mulozim toqqa chiqdi.

  4. Pushaymon.




Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin