joayoniar to piam i: (Dosniangichsinjo 'qituvchilarivao 'quv-chilari uchun) M .U m arova, M .Nabiyeva. - Т.: «Niso Poligraf», 2 0 1 3 . - 160 b.
УДК: 811.512.133
Б Б К 8 1 .2 0 ‘zb
ISBN »70 9943 ■4046-4-9----
I Alishet iNdvoiy
20y,I/jm д nom idagi
<%У-00 О zbekision MK.
«Bayonlar to‘plami» DTS va uzviylashtirilgan o‘quv dasturidagi o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirishga oid talablardan kelib chiqqan holda tuzildi. To‘plamdagi m atnlar mavzu jihatdan rang-barang. To‘plamdan oila va maktab, Vatanimiz, inson va tabiat, hayvonlar hayotiga oid matnlar hajmi sinflar bo‘yicha dastur talablariga moslashtirildi. Faqat qisqartirib bayon yozish (IV sinf), savollarga javob berish (И, III sinflar) talab qilingan taqdirdagina matndagi so‘zlar miqdori oshirildi. To‘plamdagi materiallami joylashtirishda izchillikka amal qilindi. Asosiy bo‘limlar quyidagicha nomlangan: tayyor rejali bayon; jam oa bo‘lib tuzilgan rejali bayon. Bundan tashqari to‘plamdan har bir sinf uchun nazoratga mos m atn ham o‘rin olgan. Matn so‘ngida uning necha so‘zdan iboratligi ko‘rsatilgan. To‘plamda ma’lum imlo qoidalari haqida ham m a’lumot berilgan. Shu bilan birga, har bir m atn asosida yoziladigan bayonning rejasi berilib, matndagi muhim so‘zlar ajratib ko‘rsatilgan. Tayyor rejali bayonlarni yozishda gaplaming mazmunli va lug‘at tarkibini nazarda tutib tuzilgan rejadan foydalanish kerak. Jamoa bo‘lib tuzilgan reja asosidagi bayonlarni yozishda esa o‘qituvchi faqat rejalarning namunali muqobillariga tayanishi tavsiya etiladi.
H ar bir matn oxirida bolalar hikoya m azm unini qanchalik tushun-
ganliklarini tekshirishga yordam beruvchi savollar taqdim etilgan. Bu savollar «Tahlil» rukni ostida berilgan. Tahlilning asosiy yo‘nalishi hikoyaning bosh g‘oyasini, uning qism lari o‘rtasidagi fikriy bog ‘liqlikni, bolalarning hikoyadagi ishtirok etuvchilarga, ularning ishlariga bo‘lgan munosabatlarini aniqlashda yordam berishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Hikoyaning bunday tahlili o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi. U larning hissiy idrokini chuqurlashtiradi, tasavvurini boyitadi.
Tahlil savollari tartib bilan berilm agan holatlarda o‘qituvchi o‘z imkoniyatidan kelib chiqib, savollardagi izchillikni o‘zgartirishi, o‘quvchilarning matndan olgan dastlabki taassurotlarini hisobga olgan holda qo‘shimcha savollar kiritishi m um kin.
3
Dars jarayonida o‘quvchilar diqqatini hikoyaning bosh g‘oyasiga qaratish, hikoyaning sarlavhasi (nomi)ni tushuntirish, hikoya mazmunidagi asosiy m antiqiy bog‘lanishni ko‘rsatish talab etiladi.
Bu bo‘limdagi ba’zi savollar g‘oyani ifodalashda m uallifning o‘zi- ga xos uslubiy xususiyatlariga e’tibor qaratish yoki alohida ahamiyatga ega bo‘lgan jum lalar mohiyatini tushuntirish uchun xizm at qiladi. 0 ‘qituvchi: «Sevinchyoshlariqalqidi»birikmasiniqandaytushunish mumkin? Nodiraning musiqani sevganligini qaysi so'zorqali bilamiz?(sevadi so‘zi orqali), «Kziga yosh oldi»iborasini tushuntihb bering».kabi savol va topshiriqlarni darsning boshqa bosqichlariga (qayta hikoyalash, yozuvga tayyorlanish davriga) ko‘chirishi ham m um kin. Bu faqat o‘quv chilar tom onidan ifodalar to‘g ‘ri tushunilganligi o‘qituvchiga ravshan boigandagina qo‘llanilishi m um kin. Rejadagi savollar bayon qilish zarur bo ‘lgan voqealarning izchilligini ta ’m inlaydi. M atn tahlilidan keyingi ish - reja savollari bo‘yicha matn m azm unini qism an yoki to‘liq so‘zlab berish shaklida o‘tkaziladi. Bu esa o‘qituvchilarni bayon yozishga tayyorlaydi. Agar o‘qituvchi hikoya tinglanganidan so‘ng hikoyaning mazm unini takrorlashga zarurat sezsa, u holda o‘zi hikoyadagi voqealar mazm unini to iiq tiklovchi savollarni tayyorlashi m um kin. Lekin matn tahlilini jo ‘n takroriy so‘zlar bilan almashtirish o‘quvchilarning mantiqiy qobiliyatlarini o‘stirishga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi.
To‘plam da m atnni o‘z so‘zi bilan gapirib berishni to‘g‘ri tashkil etish, qaysidir so‘zlarni tushuntirish, xatolar oldini olish uchun qanday usullardan foydalanish to‘g‘risida ham uslubiy ko‘rsatmalar beriladi. Am m o bu- larning barchasiga darsning tayyor rejasi deb qaramaslik lozim.
To‘plam dagi uslubiy bo‘limlarda bayon o‘tkazish darsining taxm iniy rejasi va uslubiy ko‘rsatm alari berilgan.
Har bir sinfda bayon ustidagi ta’limiy ishlar m etodining o‘ziga xos xususiyati bor. Shuning uchun dastlab har bir sinf uchun «Bayon ustida ishlash metodi», so‘ngra m atnlar berilgan.
Uslubiy bo‘lim larda oldingi sinflarda berilgan m a’lum otlar takror- lanmaydi. Ikkinchi sinfning tayyorgarlik mashqlari bundan mustasno. H ar bir sinfga oid uslubiy bo‘limlarda o‘qituvchining diqqat-e’tibori xuddi shu sin f uchun xos bo‘lgan yangi m urakkabliklarga qaratiladi. Shu sinf dasturi talab qilgan ish usullari va o‘quvchilarning m ustaqilligini oshirish yo‘llari ta’riflab beriladi.
4
« Ikkinchi sinfda bayon ustida ishlash m etodi» bo‘lim ida o‘quv- chilarni tayyor rejadan foydalanishga, savollarga to‘g ‘ri javob berishga, fikrni yorqin m a’noda ifodalovchi qisqa gaplar tuzishga o‘rgatish m asalalari yoritilgan. Uchinchi sinfga oid m etodik bo ‘lim da tayyor rejali bayonning yangi turlarigina ta’riflanm asdan, balki o‘quvchilarga bayon uchun reja tuzishni o‘rgatish to‘g‘risida ham m aslahat berildi. M urakkabliklarning tadrijiy ortishi va o‘quvchilar m ustaqilligining o‘sishi m unosabati bilan ikkinchi sinfda jam oa bo ‘lib reja tuzishning ikki asosiy xili ta ’riflangan.
To‘rtinchi sinfga taalluqli m etodik bo‘limda, asosan, II sinf bilan taqqoslangan holda bayonning yangi turlarini yozish uchun ko‘rsatm alar berildi. Shuningdek, m atn rejasi o‘zgargan va m azm unni qisqa bayon etish darslarining namunasi keltirildi. IV sinfga oid bo‘lim da rejani m ustaqil tuzishga o‘rgatish, ba’zi m atnlarda mavjud bo‘lgan muhokama va tasvirlashdan foydalanish usullari tavsiya etilgan.
0 ‘qituvchi qaysi sinfda ishlashidan qat’iy nazar, u bog‘lanishli nutqdagi tadrijiylikni aniq tasavvur etishi, uch sinfga oid barcha metodik m aqolalar bilan tanishib chiqishi lozim. 0 ‘qituvchiga avvalo to‘plamdagi m atnlardan tanlab olish, so‘ngra choraklik taqvim reja tuzish maslahat beriladi. M atn tanlashda o‘qituvchi quyidagi talablarga amal qiladi:
Bayon turi o‘quvchilarning bilim saviyasiga qarab belgilanadi.
M atnlar m azm uni o‘quvchilar uchun mos bo‘lishi shart.
Bayon ustida ishlash o ‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirishga qaratilgan m ashg‘ulotlarning boshqa turlari - insho, qayta hikoyalash, ijodiy topshiriqlar bilan chambarchas bo‘glangan bo‘lishi zarur. Shunda dastur talablarini amalga oshirishga qaratilgan m ashg‘ulotning samaradorligi yanada oshadi.