M umarova, М. Nabiyeva



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə97/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   104
bayonlar toplami m. umarova

Reja tuzish uchun savollar:

  1. U go'dakligida qanday edi?

  2. Qanday qilib ovutishning yo'li topildi? Uylarida nimalar tinmas edi?

  3. Ota-onasi qanday kishilar edi?

  4. Yoshligida nimaga qiziqdi?

Tayanch so'zlar: Sirdaryo, Xovos, baland, jim gina, «Ozod elning o'g'liman».
144

MUSTAQIL TUZILGAN REJA ASOSIDA MATN M AZM UNINI Q ISQ ARTIRIB BAYON YOZISH


UCHUN MATNLAR
4 -sinfda bayonning bu turi o‘quv yilining II yarm idan qo‘Uanilishi m aqsadga muvofiqdir. Chunki, bu paytda birinchidan, o‘quvchilar jam oa ravishda qisqartirib bayon qilishni o‘rgangan boiadilar. Ikkinchidan, bayonning bu turi ko‘proq m ustaqillikni talab qiladi.


Bobongiz xafa bo'lsalar maylimi?
Ravshanjonning bobosi hamma ishga chechanlar. Yer chopishmi, ariq olishmi, devor suvashmi, taxta randalashmi - hammasini havas bilan qiladilar.
Boboning asboblari juda ko'p. Ketmon, belkurak, qo'l arra, oybolta, tesha, gulqaychi, randa, andava. Bu asboblarni o'zlari ishlatadilar.
Ketmon bilan yer chopadilar. Oybolta, qo'l arra, tesha bilan daraxtlarning qing'ir o'sgan shoxlarini kesadilar. Randa bilan taxta randalaydilar. Andava bilan devor suvaydilar. Asboblarini esa qoldirib ketmaydilar. Ularni toza lab joyiga qo'yadilar.
Bobo ishlari ko'p bo'lsa ham shoshmaydilar. Avval bitta ishni oxirigacha bajarib, keyin boshqa ishga qo'l uradilar.
Ravshan bunday qilmaydi. Bir ishni qilsa, ikkinchisi qolib ketadi. Asboblarni ishlatgandan keyin yig'ishtirib qo'ymaydi. Ularni ishlatgan joyida qoldirib ketaveradi. Tartib degan narsa yo'q.
Oxiri bobosi Ravshanni biroz koyidi.
Asboblarni ishlatib bo'lgandan keyin yuvib-tozalab joyiga qo'yishni tayinladi.
Ravshan endi bobosining asboblarini ishlatgandan keyin joy-joyiga qo'yishiga, bobosini xafa qilmaslikka va’da berdi. (135 so'z. 7 5 -80 so'z bo'lishi ham mumkin.)
Imlo: chechan, belkurak, qo'l arra, oybolta, gulqaychi, kesadigan, ikkinchisi, tartib, xafa, va’da, qing'ir so'zlari ustida ishlanadi.
Tahlil: Boboning qanday asboblari bor? Bobo asboblari bilan
qanday ishlarni bajaradi? Ravshanning tartibsizligi qaysi ishida bilindi? Nima uchun Ravshan bobosiga yordam berdi? «Ishga chechanlar» so'zi o'rnida qanday so'z ishlatish mumkin?
145

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin