Nilufar bobosini juda yaxshi ko'radi. Bobosi ishdan kelgach, uning tuflisining bog'ichlarini yechadi va bir chetga olib qo'yadi. Keyin ko'rpacha to'shaydi, bobosining orqasiga yostiq qo'yadi. Bobosi suyunib duo qiladi.
Bir kuni Narzi buva yonboshlab o'tirib, aralash-quralash bo'lib yotgan oyoq kiyimlarga ko'zi tushdi. U Nilufarga poygakdagi oyoq kiyim- larni ko'rsatdi.
Nilufar akalarining pala-partish yechgan oyoq kiyimlariga tikilib qoldi. Birining ichi loy, birining orqasi bosilgan.
Nilufar tuflilarning changini artdi, loyini yuvdi va bir chekkaga olib qo'ydi.
Bobo nevarasidan xursand bo'ldi. (79 so'z)
Reja: Bobosi duo qildi.
Narzi buva Nilufarni chaqirdi.
Bobo xursand bo'ldi.
yoki Nima uchun bobosi duo qildi?
Bobo nima uchun Nilufarni chaqirdi?
Narzi bobo nimadan xursand bo'ldi?
Tayanchso'zlar:tuflisining, yostiq,aralash-quralash, pala-partish,chekkada. Maktab Temurbek ziyrak, hamma narsani bilishga intiluvchan bo'lib sdi. U to'rt yoshga to'ldi. Otasi Tarag'ay Bahodir uni maktabga berdi.
Domla Temurbekka yaxshi o'qisa, bilimli bo'lishini aytdi. Sho'xlik qilib, kam hafsala bo'lsa, o'zidan ko'rishini tayinladi. Temurbek to'rt yil yaxshi o'qidi. Xat-savodini chiqardi. Husnixat mashq qildi.
So'ngra Temurbek Shahrisabzdagi madrasaga bordi. U yerda diniy va dunyoviy ilm larni o'rgandi. Ayniqsa, mantiq, tarix, adabiyot va riyoziyotga qiziqdi. Ularni puxta egalladi.
148
Yozgi ta ’til paytida esa xanjar va chavgon o'yinlarini o'rgandi.
(76so'z)