Qisqartirib so'zlashgatayyorgarlik: Matndagi qaysi qism qisqartirilsa, asosiy mazmunga putur yetmaydi? Bayonni qaysi jumla bilan boshlaysiz? (Boboningasboblarijudako'p.) Mustaqil reja tuziladi. Reja asosida ikki-uch o'quvchi matn mazmunini so'zlaydi.
Tayanch so'zlar: asboblari, randalaydilar, suvaydilar, tartib yo'q, va’daberdi.
Yaxshido'stlar
Yashil o'rmonda bir kichik Ayiqcha bor ekan. U juda chiroyli, xuddi o'yinchoqqa o'xshar ekan. Uning eng yaxshi do'sti Olmaxon ekan. Ular juda ahil ekanlar.
Bir kuni Olmaxon do'sti Ayiqchani o'rmondan qidirib topa olmabdi. U nima qilarini bilmay, xafa bo'lib ko'p yig'labdi. Shu payt bir kaltakesak Olmaxonning oldiga kelib, ayiqchani ovchi tutib, qishloqqa olib ketganini aytibdi. Olmaxon yig'lashdan to'xtab, ovchilarning uyi tomon yo'l olibdi. Olmaxon qarasa, do'sti ayiqcha ovchining og'ilxonasida qamalib yotgan ekan. Ovchilar esa maza qilib bemalol ovqatlanayotgan ekanlar. Bu holni ko'rgan Olmaxon ovchilarga sezdirm asdan, darrov og'ilxonaning tomiga chiqibdi. Og'ilxonaning ichiga tom on tuynuk ochibdi. Tuynukdan og'ilxonaning ichiga quyosh nuri tushibdi. Quyosh nuri tushganini ko'rib Ayiqcha shiftga qarabdi. U yerda turgan do'sti Olmaxonni ko'ribdi. Ayiqcha bir am allab tomga chiqib olishga harakat qilgan ekan, Olmaxon uni tortib olibdi. Ayiqcha xursand bo'lib:
- Yaxshi do'st do'stning boshiga kulfat tushganda sinalar ekan, - debdi va Olmaxonga rahmatlar aytibdi. (144so'z) Yo'llanma: O'qituvchi matnni birinchi bor o'qib beradi. O'quvchilar kitobdan kuzatib boradilar. So'ng matnni ichlarida o'qiydilar. Imlosi, ma’nosi qiyin bo'lgan so'zlar aniqlanadi va izohi beriladi. So'ngra matn mazmuni bir-ikki o'quvchiga so'zlatiladi. Tahlil o'tkaziladi. Kerakli, keraksiz o'rinlar ajratiladi. Jamoa bo'lib reja tuziladi. Darsliklar yopib qo'yiladi. Reja asosida o'quvchilar so'zlaydi. Reja qismlariga javob bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilardan olinsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Shundan so'ng bayon yozishga ruxsat etiladi. (Bayon75-85so'zhajmidayozilishimumkin.) 146