Qosim akaqutqarildi Zohid kutubxonadan chiqqanda qor gupillab yog'moqda edi. U yo'lda g'ingshib yotgan kuchukchani ko'rib qoldi va uni uyiga olib ketdi.
Zohid kuchukka «Ziyrak» deb nom qo'ydi. Ziyrak olti oylik bo'ldi.
Zohid uni ovga o'rgatdi.
Bir kuni Qosim aka Ziyrakni olib, ovga jnadi. U tog'ning yuqorisiga chiqa boshladi. Kutilmaganda qattiq shamol ko'tarildi. So'ng hammayoqni qor bo'roni qopladi.
Ziyrak Qosim akani qidira-qidira toshlar orasidan topdi. U muk tushib, qimirlamay yotar edi. Ziyrak qishloq tomon shamoldek uchdi.
Zohid o'rtoqlari bilan maktab maydonchasida yaxmalak uchmoqda edi. It to'g'ri Zohidning yoniga kelib, uning etagidan tishlab, tortdi. Vovullab hamma yoqni buzdi.
Zohid uyga yugurdi. Uyda otasi yo'q edi. U akasi bilan Ziyrak ketidan tog' tomon ot qo'ydi. Ular qor bo'ronida muzlab qolgan Qosim akani topdilar.
Ota kasalxonaga yotqizildi. U tezda tuzalib chiqdi. Hamma xursand. Ziyrak ham hech vaqt shunday quvonmagan edi. (138 so'z,75 -85 so'zhambo'lishimumkin.)
Imlo:Zohid,Ziyrak,Qosimaka,shamol,hammayoqni,yaxmalak,vovullab,qidira-qidiraso'zlari ustida ishlanadi. Atoqli otlaming, kishilar ismining yozilishi eslatiladi.
Tahlil: Qosim aka Ziyrakni olib qayerga jo'nadi? Nima uchun Ziyrak Qosim akani toshlar orasidan topdi? Ziyrak nima qildi? Nima uchun hamma xursand bo'ldi? «Shamoldek uchdi» so'z birikmasini qanday tushunasiz?
Q isqartiribso'zlashgatayyorgarlik: Matndagi qaysi qism qisqartirilsa, asosiy mazm unga putur yetmaydi? Matndagi birinchi, ikkinchi xatboshi tushib qolsa, m azmunga putur yetadimi?
Mustaqil reja tuziladi. Reja asosida ikki-uch o'quvchi matn mazmunini so'zlaydi.