Tahlil va natijalar. «Masofaviy o‘qitish» atamasi ilk bora Viskonsin shtati universiteti tomonidan sirtqi (korrespondentlik) kurslarda qo‘llanilgan. Masofaviy o‘qitish deganda masofadan turib tashkil qilingan ta’lim tushunilgan. Unga «korrespondentlik o‘qitish», «uyda o‘qish» va boshqa tushunshalar sinonim hisoblangan.
Masofaviy o‘qitish mazmuni – masofaviy o‘qitish kurslarida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan o‘quv materiallari, bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar.
Masofaviy ta’lim usuliy materiallariga quyidagilar kiradi:
darslik, o‘quv, usuliy qo‘llanma va o‘quv-usuliy majmualar;
audio va video darsliklar;
onlayn darslar (Internet sayt);
elektron kutubxona;
testlar;
multimedia elektron darsliklar [3, 149-b.].
Masofaviy o‘qitish qonuniyatlari an’anaviy o‘qitish shaklida o‘rnatilgan asosiy qonuniyatlar masofaviy o‘qitish jarayonida ham asosiy qonuniyat bo‘lib xizmat qiladi.
Masofaviy ta’lim texnologiyalaridan o‘qitishning turli shakllarida foydalanish mumkin:
kunduzgi;
sirtqi;
kechki;
eksternat shakllarida;
ta’limning ma’lum bosqishlarida;
asosiy va qo‘shimsha ta’lim dasturlarini amalga oshirishda.
Masofaviy ta’lim texnologiyalarida qo‘llaniladigan aloqa usuli turlicha bo‘lishi mumkin. Ular elektron pochta orqali yozishmalar, shaxsiy saytlar/bloglar orqali muloqotlar, materiallarni turli electron resurslar yordamida o‘rganish va boshqalardan iborat.
Masofaviy ta’limning tarkibiy mazmuni va foydalanish tarkibiga o‘qituvchi, tinglovchi va masofaviy bilim olish platformasi kiradi.
Masofaviy ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish va loyihalashtirish multimediali, innovatsion-kognitiv faoliyatni tashkil etish bilan bevosita bog‘liq.
Olimaning fikrisha, masofaviy ta’lim jarayonini rivojlantirishning asosiy tendensiyalari:
masofaviy ta’limni tashkil etish mazmuni va usullarining telekommunikatsiya hamda axborot texnologiyalari rivojlanishiga bog‘liqligi;
talabalar ushun masofaviy ta’limning individual usullaridan foydalanishdan didaktik o‘qitish va monitoring dasturlarini yaratishga o‘tish;
masofaviy ta’limning zamonaviy texnologiyalarini loyihalashning pedagogik asoslarini mustahkamlash;
oliy kasbiy ta’limning istiqbolli turi sifatida masofaviy ta’limni qonun hujjatlarida mustahkamlash masofaviy ta’limni sifatli tashkil etishga asos bo‘ladi.
Masofadan o‘qitish kurslarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish ushun qanday konseptual pedagogik qoidalar mavjudligini ko‘rib chiqish mumkin [4, 192-b.].
1. O‘quv jarayonining markazida ta’lim oluvshining mustaqil bilim olish faoliyati turadi (o‘rgatish, o‘qitish emas). Hozirgi kunda axborotlashgan jamiyatda ta’lim berish, mustaqil bilim olish va ularni amaliyotda qo‘llash odamlarning hayoti davomida zaruriyatga aylandi.
2. Masofadan o‘qitish ta’lim oluvchilarga istalgan joyda va vaqtda bilim olish imkonini beradigan moslashuvshan ta’lim tizimi hisoblanadi. Bunda ta’lim oluvchi nafaqat ma’lum bir ko‘zlangan bilimlarni o‘zlashtiradi, balki mustaqil bilim olishni, ma’lumot bilan ishlashni o‘rganadi, kelajakda amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy-metodik usullarni o‘zlashtiradi hamda bu borada yetarli darajada turli jihatdan kompetentlik darajasi oshadi.
3. Mustaqil ravishda bilimlarni egallash nofaol bo‘lmasligi kerak, aksinsha, bilim faoliyati faqat bilimlarni o‘zlashtirish bilan cheklanib qolmasligi, balki atrofdagi mavjud turli muammolarini hal qilish ushun ularni qo‘llashni ta’minlashi kerak. Bunday mashg‘ulotlar davomida ta’lim oluvchilar, avvalo, bilimlarni qanday egallashni va amalda qo‘llashni o‘rganishlari zarur bo‘lgan o‘quv vositalari hamda ma’lumot manbalarini izlashi, topishi, qolaversa, ushbu ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
4. Tarmoqda ta’lim oluvchilarning mustaqil (individual yoki guruhiy) faoliyatini tashkil etishda avvalo loyiha uslubidan keng foydalanish, hamkorlikda o‘qitish, tadqiqot, muammoli usullar, ko‘p bosqichli o‘qitish, modulli o‘qitish va boshqalardan foydalanish zarur.
5. Masofaviy o‘qitish o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida nafaqat tyutor bilan, balki boshqa ishtirokchilar bilan ham aloqa, turli xil bilim va ijodiy faoliyat jarayonida hamkorlik qilish imkoniyatini istisno etmasligi kerak. Ijtimoiylashtirish muammolari masofaviy o‘qitish ushun juda dolzarbdir.
6. Masofadan turib o‘qitish u yoki bu to‘g‘ri va teskari aloqani nazarda tutadi, chunki u dastlab ta’lim xizmatlariga qaratilgan.
Aynan masofaviy ta’lim mazmunini to‘liq anglash va ta’lim jarayoniga tatbiq etishning introversion usuli bo‘lajak o‘qituvchining axborot texnologiyalari vositasida nechog‘lik muloqot qila olishiga ham bevosita bog‘liq.
Xulosa. Masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ish sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish talablaridan kelib shiqib quyidagi xulosalarga keldik:
1. Masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, masofaviy ta’limning didaktik asoslarini ishlab shiqish, pedagogik shart-sharoitlari, mazmuni va tuzilmasi, mezonlari va shakllanganlik darajalari, shakl, metod, vositalari, modeli, o‘qitish sifatini oshirish, shuningdek, pedagogika oliy ta’lim muassasasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligi kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirilgan.
2. Shaxsiy va kasbiy ahamiyatga molik xususiyatlar, umummadaniy (estetik, falsafiy, didaktik, tarbiyaviy), ilm-fanga oid (nazariy, metodik, zamonaviy, amaliy, texnik), psixologik-pedagogik va kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan milliy dastur talablari asosida innovatsion-modifikatsion pedagogik va masofaviy ta’limdan amaliyotda foydalana olish metodikalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z ishiga oluvshi murakkab dinamik tizim ― masofaviy ta’lim sharoitida metodik tayyorgarlikni takomillashtirish mexanizmi belgilangan.
3. Masofaviy ta’lim sharoitida har bir talabaning fundamental nazariy va amaliy bilimlarni bilishiga, kognitiv-integrativ faoliyatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish, tahlil qilish va xulosa shiqarish, mustaqil ishlay olish, har bir talabada shaxsiy metodik tayyorgarlikni takomillashtirish bo‘yicha o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni motivatsion mustahkamlash, tahsil olishda mas’uliyat va qat’iyatlilik hissi rivojlantirilgan.
4. Masofaviy ta’lim bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan asosiy yondashuv bo‘lib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvshisi tajribasining kognitiv-modifikatsion texnikasi hisoblanadi degan qoida tasdiqlangan. Masofaviy ta’lim sharoitida talabalar bilim olish faoliyatining maxsus usullari va uslublari yordamida, o‘zining shaxsiy tajribalarini samarali jalb qilgan holda, yangi ta’lim tajribasi sifatidagi yangi bilim yoki yangi ta’lim mazmunini egallash imkoniyatiga erishilgan.
5. Masofaviy ta’limni tashkil etishda o‘qitish shakli sifatida ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, mustaqil ish, vebinar, seminar, nazorat ishlari, interaktiv bog‘lanish sifatida Zoom, vebinar, forum, chat, videokonferensiya, tvitter, telekonferensiya, tizimni boshqarish jarayoni sifatida ro‘yxatdan o‘tish, fanlarni biriktirish, fanlar mazmunini boyitish, o‘quv dasturlari, dars jadvali, nazoratlarni tashkil etishdan foydalaniladi. Oliy ta’limda Moodle, Hemis, Uniwork va h.k. kabi o‘qitish shakllari mavjudligi, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvshisini o‘qitishning masofaviy ta’lim shakllari asosida o‘qitish va mazkur jarayonda elektron manbalar sifatida elektron adabiyotlar, flesh mahsulotlari, audio, video, multimedialardan foydalanish.