Abduamit Turayev, Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi. tel: 90 376 97 02 e-mail:abduamitturayev@mail.ru TDPI PhD M.X.Xaydarovataqrizi asosida.
MASOFAVIY TA’LIM SHAROITIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK-METODOLOGIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH Annotatsiya Ushbu maqolada masofaviy ta’lim tushunchasi, uning mohiyati,tarkibi va bo’lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagogik-metodologik tayyorgarligini takomillashtirish haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:masofaviy ta’lim, intellektual, modifikatsion, onlayn darslar, resurslar, individual, innovatsion.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ И МЕТОДИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ В УСЛОВИЯХ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ Абстрактный В данной статье говорится о понятии дистанционного образования, его сущности, содержании, а также совершенствовании педагогической и методической подготовки будущих учителей начальных классов.
Ключевые слова:дистанционное образование, интеллектуальное, модификация, онлайн-занятия, ресурсы, индивидуальные, инновационные.
IMPROVING THE PEDAGOGICAL AND METHODOLOGICAL PREPARATION OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS IN DISTANCE EDUCATION CONDITIONS Abstract This article talks about the concept of distance education, its essence, content, and improvement of pedagogical and methodological training of future primary school teachers.
Key words:distance education, intellectual, modification, online classes, resources, individual, innovative.
Kirish: Hozirgi kunda o‘qitishning zamonaviylashuvi, tahsil olish jarayonini optimallashtirish va mustaqil ta’lim olish imkoniyatini oshirish maqsadida masofaviy ta’limni tatbiq etish butun oliy ta’lim jarayonida keng ommalashib bormoqda. Bu uchun esa masofaviy ta’lim sharoitida o‘qitish jarayonini to‘liq loyihalash, o‘rganish, o‘rgatishning innovatsion usullari hamda qoidalarini individuallashtirish qolaversa, intellektuallashtirish, mustaqil bilim olish imkoniyatini oshirish, beriladigan yangi modifikatsion ma’lumotlarni insonparvarlashtirish, o‘quv materiallarining mustaqil qabul qilinishi, qo‘llaniladigan elektron vositalar kommunikativligi, zamonaviy va axborotliligi, bilim olish va mustaqil izlanishga nisbatan yuqori motivatsiya uyg‘otishni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xorijiy davlatlar olimlarining adabiyotlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, hozirgi kunda “masofaviy o‘qitish”, “elektron o‘qitish” “e-learning”, “kompyuter texnologiyalarini qo‘llab o‘qitish”, “masofaviy ta’lim texnologiyalari”, “tarmoq ishida o‘qitish” (ta’lim dasturlarini amalga oshirishning tarmoqli shakli), “virtual o‘qitish” va boshqa tushunchalar mavjud [1, 289-b.].
Mazkur tajribalarda “masofaviy o‘qitish” - inglizcha “distanse learning” atamasidan “distanse education”, ya’ni “masofaviy ta’lim” atamasining kengroq tushunsha ekanligi ta’kidlangan. Bu atamani kengroq tushunsha deb hisoblashning sababi inglizsha “learning” so‘zi o‘zining asosiy ma’nosida “o‘rganish” yoki “o‘rgatish” ma’nosini bildirib, ushbu ingliz mualliflari ushun “distanse learning” ifodasi masofaviy o‘qitishning mustaqil o‘qishdan farq qiladigan faqat bir jihati bo‘lgan “learning”, ya’ni tyutor bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan o‘qishni bildiradi. “Distanse education” - “masofaviy ta’lim” atamasi esa, ta’lim jarayonining barcha jihatini qamrab oladi. Bu tushunshalar bir tomondan o‘xshash bo‘lib, ular bitta hodisa - axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy qilishni bildiradi. Boshqa tomondan esa, ushbu tushunshalarning ta’riflari orasida farqlar ham bo‘lib, bu tushunchalarning ma’nolari bir xil emasligi ta’kidlangan [2, 65 b.].