Agar retseptda tayyorlanadigan dori vositasi tarkibida boshqa
ingredientlar bilan birga giyohvandlik vositalari, psixotrop, moddalar,
zaharli, kuchli ta’sir qiluvchi, apomorfin gidroxlorid, atropin sulfat,
gomatropin gidrobromid, dikain, kumush nitrat, paxikarpin gidroyodid,
anabolik gormonlar bo‘lsa, ularni alohida berish man qilinadi. aholi
yashaydigan joylardagi dorixonalarga giyohvandlik va psixotrop moddalar
davolash-profilaktika muassasasi retseptlari bo‘yicha beriladi.
Veterinariya davolash muassasalari retseptlari bilan giyohvandlik
vositalari va psixotrop moddalar berish qat’iyan man qilinadi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi,
zaharli dori vositalari saqlagan yakka tartibda tayyorlangan dori vositasini
berishda bemorlarga retsept o‘rnida tepasi sariq chizig‘i bo‘lgan va qora
shriftli “Signatura” yozuvi bo‘lgan signatura beriladi.
Ayrim hollarda dorixonada ko'rsatilgan dori bo‘lmasa, u holda dori
vositalarining sinonimi berilishi mumkin.
Dorixona muassasalariga sotilgan yoki berilgan dori vositalarini
qaytarib olish man etiladi. Shuningdek, profilaktika va uy sharoitida
davolash uchun ishlatiladigan buyumlar, tibbiyot asbob-uskunalari,
bolalarni parvarishlash buyumlari, shaxsiy gigiena vositalari, parfyumeriya-
kosmetika vositalari qaytarib olinmaydi va almashtirib berilmaydi. Maxsus
blankalarga yozilgan dori vositalari blankalari dorixonada qoldiriladi.
Dostları ilə paylaş: