M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

nisbatan
arzon
• Iste’molchiga
tushunarli 
tilda
yozilgan
ko'rsatmasi
bo'lishi kerak.
• O'rov
materialida 
faol 
ingredientlar 
ko'rsatilgan 
bo'lishi kerak.
2 - rasm . OTS - vositalarga qo'yiladigan talablar.
3-№ 9 6
33


OTS - vositalar statusi, odatda, qayd etish guvohnomasi (sertifikati) 
berilayotganda to‘la huquqli milliy tashkilotlar tomonidan belgilanadi. 
Biror vositani qo‘llashda yangi qo‘shimcha ma’lumotlarlar paydo 
boTganda bu status qayta koTib chiqiladi.
OTS - vositasining EI doirasidagi statusi “Odam uchun dori vositalar 
kategoriyasini aniqlash haqida” 1992-yil 31-martdan EI Kengash 
Direktivasi tomonidan aniqlanadi.
OTS - vositalarining bozori quyidagi ko‘rinishda olib boriladi (3 - 
rasm):
3 - rasm . Retseptsiz sotiiadigan dori vositalarining bozor muomalasi.
OTS - vositalari bozor tizimida iste’molchiga alohida e’tibor beriladi. 
Retseptsiz sotiiadigan dori vositalari muomalasi quyidagilarga asoslanib 
boTinadi:
- shaxsiy sabablarga va afzalliklarga ko‘ra;
- farmatsevt maslahatlariga ko‘ra;
- yaqinlar, do‘stlar maslahatlariga ko‘ra;
- ommaviy axborot vositalari va reklamaga ko‘ra;
- vosita bahosiga ko‘ra;
- o‘rov materiallarini sifatii bezalganligiga ko‘ra va boshqalar.
34


OTS - vositalari bozori rivojlanishining asosiy shartlariga ishlab 
chiqaruvchi firmalar va distrebyuterlarning ustalik bilan olib borgan 
farmatsevtik marketingi kiradi.
OTS - vositalarini ishlatishda ratsional fovdalanish iavobgarligi 
asosan iste’molchi zimmasida. Bunda farmatsevt qiziqtirilayotgan dori 
vositasi haqida albatta to‘liq va obyektiv ma’lumot berishi kerak. Bu 
tadbirda farmatsevtlarning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar keltirilgan:
- retseptsiz sotiladigan dori bo‘yicha to‘liq ma’lumot berish, ishlatilishi
xususiyatlari, bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar, dori vositalari 
va oziq-ovqatlarning o‘zaro ta’sirlari va boshqalar;
- ma’lumot beruvchi varaqa (yo‘riqnoma) mavjudligini tekshirish, 
saqlash, ishlatish muddati, vosita, o ‘rov materiallarini butunligi;
- mijoz talabi bo’yicha dori vositasi xususiyatlari to‘g ‘risida chuqurroq 
ma’lumot berish;
- ratsional ishlatish va saqlash sharoitlarini koTsatish;
- iste’molchilarni reklama bukletlari, prospektlari, broshyura, lifletlar 
bilan tanishtirish va obyektiv xulosa berish.
MUSTAQIL DAVOLANISHNING KONSEPTSIYA MOHIYAT1 VA 
PAYDO BO'LISHNING IQTISODIY SHART-SHAROITLARI
Ko‘p yillar davomida turli davlatlarda aholi sog‘lig‘ini saqlash 
harajatlarining asosiy qismi majburiy tibbiy sug‘urta tizimi orqali 
moliyalashtirilgan. Oltgan asrning 90-yillariga kelib bir qator davlatlarda 
tibbiy sug’urtani milliy tizimlari resurslarning jiddiy yetishmasligini 
boshdan kechira boshladi.
Bunga, asosan, quyidagi omillar sabab boigan:
- inson o‘rtacha umrining uzayishi natijasida aholi orasida yoshi ulug‘ 
odamlaming ko‘payishi (ularda surunkali kasalliklar ko‘p uchraydi va 
tibbiy yordam xarajatlari katta hajmda ishlatiladi);
- tibbiyot va texnika sohasidagi katta muvaffaqiyatlar natijasida amaliy 
tibbiyotda tibbiy xizmatlar spektri kengaydi;
- insonlarning hayot tarzi yaxshilanishi va ularning umumta’lim 
darajasi oshganligi natijasida iste’molchilar o‘z sog‘lig‘iga faol ta’sir 
ko‘rsata boshladilar, profilaktik tadbirlar va vositalarga qiziqish oshib 
bordi;
- dori vositalari bozorining jadal rivojlanishi.
SogMiqni saqlash resursini ikki yo‘l bilan ko'paytirish mumkin: 
sotsial ta’minot byudjetini kengaytirish va o ‘z - o‘zini davolashni
35


rag‘batlantirish. Birinchi holatda, fuqaro harajatlari, soliqlarni ko'payishi 
egiluvchan tizim yo‘li bilan kompensatsiya qilinishi mumkin. Ikkinchisida, 
fuqarolar sog'liqni saqlash bo‘yicha harajatlaming aksariyat qismini 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z hisobidan toiaydi va bunda sog‘liqning ozgina 
buzilishini, davolash mas’uliyati va javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Yevropa Ittifoqiga kirgan davlatlarda muammoning birinchi holati, 
odatda, kuzatilmaydi, chunki bu davlatlar byudjet harajati normalari 
muvofiqlashtirilgan (Yevropa Ittifoqi haqidagi Bitim, Maastrixt bitimi). 
Aksariyat davlatlar sog‘liqni saqlash resurslar muomalasi ikkinchi holatga 
bo‘ysunadi. Javobgar mustaqil davolanish konseptsiyani qabul qilinishi 
Sog‘liqni saqlash harajatlarini ijtimoiy muhofaza darajasida ushlab turishga 
va insonlami o‘z sog‘lig‘i haqida o‘zlari qayg‘urishi imkonini beradi.
Javobgar mustaqil o‘z-o‘zini davolashda - oson aniqlanadigan 
simptom va o‘zgarishlarni davolash uchun iste’molchi arzon dori 
vositalarini ishlatadi. Masalan, shamollash, bosh yoki mushak og"rig‘i, 
ovqat hazm qilishning buzilishi, yengil holsizlanish va boshqalar. Amalda 
o ‘z-o‘zini davolashni oila a’zolariga, tanishlariga keng tarqatishi mumkin. 
0 ‘z-o‘zini davolash vrach davolashiga alternativ bo‘la olmaydi, u o‘z 
chegaralariga ega.
Erkin sotuvda boMmagan dori vositalarini malakali maslahat va 
nazoratsiz iste’mol qilishda shaxsiv javobgarlikni olish o‘z-o‘zini 
davolashga kirmavdi.
Javobgar o‘z-o‘zini davolashni o‘tkazishda quyidagilarga rioya 
qilishi kerak:
- retseptsiz sotiladigan 
dori 
vositalarini 
amaliyotga joriy etib 
tasdiqlangan buyruq va Davlat reestrida mavjudligi;
- retseptsiz sotiladigan dorilar bozori yuqori darajada rivojlangan 
bo‘lishi: assortimentning xilma-xilligi, vositalar to‘g‘risidagi obyektiv 
ma’lumotlardan erkin foydalanish;
- o‘ziga diagnoz qo‘yish qobiliyatiga ega boMish;
- aholi katta qismining yuqori to‘lovga qobiliyatliligi.
Javobgar o‘z-o‘zini davolash konseptsiyasi asoslari “Mustaqil 
davolanish uchun tibbiy mahsulotlar bahosi qo‘llanmasi”da to‘liq 
yoritilgan.
Bu konseptsiyada xususan quyidagilar aytilgan:
- Insonlar individual yoki kollektiv holda o ‘z sog‘lig‘ini saqlash 
huquqiga ega va bunda shaxsiy sog‘liqni saqlash qoidalariga rioya 
qilib qatnashishga majburdirlar;
36


- tibbiy konsultatsiyalar talab qilinmaydigan kasalliklar simptomlarini 
tez va samarali bartaraf etish uchun iste’molchiga barcha sharoitlar 
yaratib berilishi zarur;
- malakali tibbiy yordam olish qiyin boMgan qishloq joylarda va 
ma’lum regionlarda aholiga javobgar o‘z-o‘zini davolashda amaliy 
davolanish yordamini kuchaytirishi kerak.
Retseptsiz sotiladigan dorilar bozori umumiy farmatsevtik bozorning 
tarkibiy qismi hisoblanadi.
Yirik farmatsevtik kompaniyalar cftgan asrning 80 - yillarida 
retseptsiz dorilarni ishlab chiqarishga va savdosiga katta ahamiyat 
berishmagan, chunki ularning rentabelligi, original va retseptga muvofiq 
beriladigan dorilar bilan solishtirilganda juda past edi, ammo 90 - villar 
boshiga kelib birlamchilik huquqi o ‘zgardi va ko‘pgina farmatsevtik 
firmalar retseptsiz sotiladigan dorilarni ishlab chiqarish va sotish bo'yicha 
maxsus konseptsiyalar ishlab chiqdi. Bunga quyidagi omillar asosiy sabab 
boidi:
- Jahon sogMiqni saqlash tashkiloti tomonidan javobgar o ‘z-o‘zini 
davolashni rag'batlantirgani uchun retseptsiz sotiladigan dorilar 
iste’molining ko'payishi;
- retsept 
bilan 
sotiladigan 
dori 
vositalarini 
retseptsiz 
sotish 
kategoriyasiga aylantirish imkoni o ‘sganligi;
- retseptsiz sotiladigan dorilar bahosining qattiq nazorati bo‘lmaganligi 
(chunki 
ular bahosi 
meditsina 
sug‘urta tizimlari 
tomonidan 
qoplanmaydi);
- original dori vositalarining rentabellik darajasi pasayishi;
- original dori vositasi patentli muhofaza muddati tugagandan so‘ng 
hayotiylik tsiklining uzayish imkoniyati.
Retseptsiz sotiladigan dori vositalari bozori hajmi turli davlatlarda 
anchagina farq qiladi. Masalan, 1992-yilda u butun dori vositalar savdo 
hajmini 8% dan 17% gacha tashkil etgan. Ammo 1995-yilda katta uchlik 
davlatlarida retseptsiz sotiladigan dorilar bozori quyidagicha hajmga ega 
edi:
Yevropa ittifoqiga kirgan davlatlarda - 10 mlrd. doll, (retseptli 
dorilar bozorining 11% hajmi)
AQSh - 15 mlrd. dot. (retseptli dorilar bozorining 25% hajmi)
Yaponiya - 7 mlrd. dol. (retseptli dorilar bozorining 15% hajmi).
1987-yildan 1993-yilgacha bozorning bu sektori o‘sishda yuqori 
darajaga ega bo‘lib, 9,9% ni tashkil qilgan. 1993-yildan 2000-yilgacha 
retseptsiz sektor bozorining o‘sish darajasi ancha pasaydi . Shuning uchun
37


hozir ko’pgina farmatsevtik kompaniyalar bozorning bu sektori uchun 
yangi vositalar ustida tadqiqot ishlari olib bormoqdalar va rivojlanishning 
marketing 
strategiyalari 
qayta ko‘rib chiqilmoqda. 
Bu tadbirlar 
iste’molchilarni jalb etish uchun samarali va jadal ta’sir etuvchi omillarga 
kiradi. Chet el mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan ko‘pgina brend va 
savdo markalarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, 70% ga yaqin brendlar 10 
yildan ortiq, 35% esa - 20 yildan ortiq yoshga ega. Marketing nuqtai 
nazardan muvaffaqiyatli retseptsiz sotiladigan dorilar brendlari 50 dan va 
undan ortiq yoshga ega boMishi mumkin. Masalan, “Aspirin”, “Vauer” 
(Germaniya) yoshi 100 yildan ortiq “Smith Kline Beecham” (Buyuk 
Britaniya) firmasining “Panadol” savdo markasi 50 yilga yaqin.
Retseptsiz dorilami asosiy ishlab chiqaruvchilar orasida 0 ‘zbekiston 
farmatsevtika bozorida taqdim etilganlardan quyidagilarni aytib o‘tish 
mumkin: “Bayer” (Germaniya), “Smith Kline Beacham” (Buyuk 
Britaniya), “Lek” (Slovakiya), “Berlin - Chemie” (Germaniya), “KRKA” 
(Sloveniya), 
“Gedeon Richter” 
(Vengriya), 
“Egis” 
(Vengriya),
“Rivopharm” (Shveytsariya), “UPSA” (Frantsiya), “Zentiva” (Slovakiya), 
“Ajanta” 
(Hindiston), 
“Chinoin” 
(Vengriya), “Poffa” 
(Polsha),
“Pharmachin” (Bolgariya), “Unigue” (Hindiston), “Galena” (Chexiya), 
“Richard Bittner” (Avstriya), “Ratiopharm” (Germaniya) va boshqalar.
2000-yildan boshlab retseptsiz sotiladigan dorilarning dunyo bozori
barqarorlashdi va savdo hajmining o’sishiga ega bo‘ldi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin