M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Kasallarni parvarish qilishda ishlatiladigan buyumlar



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Kasallarni parvarish qilishda ishlatiladigan buyumlar.
Ularga quyidagi vositalar kiradi:
1. Rezinali grelkalar, Esmarx krujkasi, kompressli klyonkalar, 
belbogTar, bandajlar, tibbiyot bankalari, ko‘zni yuvish uchun vannalar va 
boshqalar.
2. Yotib qolgan kasallarning xojati uchun zarur buyumlar.
3. Kasalning shaxsiy gigienasi uchun zarur buyumlar (matraslar, 
prostinalar, rezina matoli buyumlar).
4. Dori vositasini qabul qilish uchun idishlar.
40


P a ra fa rm a tsevtik v o sita la r
Gigiena va kosmetika vositalari. Bu guruhga: atir sovun, pasta va tish 
poroshoklari, suyuq parfyumeriya vositalari, kosmetik kremlar va boshqa 
tovarlar kiradi.
Atir sovun - yog‘ kislotalarining natriyli tuzlariga bo‘yovchi 
moddalar qo‘shilgan, oqartiriladigan va hid beruvchi 
moddalar, 
plastifikator, 
antioksidantlar 
va 
boshqa 
komponentdan 
iborat. 
Sovunlaming ekstra, bolalar uchun, I, II turlari bor. Atir sovun qobiq yoki 
qobiqsiz 300 g gacha fasofka qilinadi. 300 g gacha bo‘lgan sovunga faqat 
ishlab chiqargan muassasa tovar belgisi qo‘yiladi. Atir sovun quruq, yopiq 
va yaxshi shamollaydigan, 20°S dan past va 75% havo namligidan yuqori 
boMmagan joylarda saqlanadi.
Tish pastalari va poroshoklari. Tish pastasi deb gel hosil qiluvchi va 
sirt faol moddalarning suv-glitserin eritmasidagi suspenziyasiga aytiladi. 
Gigienik va davolovchi - profilaktik turlari bor. Pastalar tagi yopishgan 
plastmassa qopqoq bilan yopiladigan idishlarda qadoqlanadi. Ko‘rsatilgan 
tartibda tasdiqlangan forma, hajm va ustki tomoni namuna va chizmalarga 
mos bo‘lishi kerak. Pastalar futlyarda va futlyarsiz chiqariladi.
Tish poroshogi deb faol qo‘shimchalar yoki qo'shimchasiz bo'lgan 
kimyoviy cho‘ktirilgan cho‘kmaga aytiladi. Yoqimli ta’m beruvchi 
aromatizatorlari bor (masalan: yalpiz yoki anis, mentol ta’mi). Tish pastasi 
va poroshogi qadoqlangan idishda: turi, tovar belgisi, ishlab chiqargan 
korxona nomi va joylashgan joyi, ishlab chiqargan vaqti, standart 
ko‘rsatkichi, standart belgisi (GOST) ko'rsatilgan bo'lishi kerak.
Saqlapadigan joyda havo namligi 70% dan oshmasligi, temperatura 
0o S dan past, +25°S dan yuqori boMmasligi kerak. Tish poroshogiga 
quyosh nuri tushmasligi kerak, odatda, ularning saqlanish muddati 
chiqarilgan kunidan boshlab 12 oy belgilanadi.
Suyuq parfyumeriya vositalariga odekolon, atir, spirtli yoki suv - 
spirtli eritmalar bilan parfyumer - kompozitsiyadan iborat. Flakon yoki 
probirkalarda chiqariladi. Ularni qadoqlash jarayonida etiketkasida tovar 
belgisi, ishlab chiqargan korxona nomi va joylashgan joyi, mahsulot turi, 
hajmi, standart ko‘rsatkichi ko‘rsatiladi.
Atirlar yaxshi shamollatuvchi uskunalari bo‘lgan joylarda saqlanadi. 
Saqlanish muddati chiqarilgan kundan boshlab odekalon, atir, tualet 
suvlari uchun 12 oy.
Kosmetik kremlar - terini parvarishlash uchun qo‘llanadi, ular yog‘li 
yoki emulsión bo‘ladi. Emulsion kremlar suv/yog‘, yogVsuv tipda yoki 
aralashgan tipda bo‘lib, qo‘yilishiga qarab: suyuq va quyuq bo‘ladi.
41


Saqlanish sharoiti: namlik 70% dan kam, temperaturasi +5 °S dan past va 
+20 °S dan yuqori boMmasligi kerak. Suv/yog‘ tipdagi emulsion kremlar 
saqlanish jarayonida tabiiy yog'lar 50% dan ko‘p bo‘lganligi sababli ustida 
yupqa kislotali qatlam paydo bodishi mumkin. Kosmetik kremlarning 
saqlanish muddati - 12 oy, suyuq kremlar va biokremlar uchun - 6 oy.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin