Kompozitsiya – bu asar qismlarining tuzilishi, mantiqiy joylanishi va ularning o`zaro bog`lanishi
Tadbir kompozitsiyasi – dramaturgiya qonuniyatlari asosida asar voqealarini bir-biri bilan bog`lovchi harakatlar tuzilishidir.
Teatrlashtirilgan tadbirlarning kompozitsion tuzilishi (strukturasi) muqaddima (kirish), tugun, asosiy harakat, voqealar rivoji, kul’minatsiya, echim kabi komponentlarni o`z ichiga oladi.
Muqaddima – asarning boshlanish qismi, dastlabki tushuntirish beradigan debochasi. Muqaddima - bu tadbirning kirish qismi, asosiy voqealarga olib boradigan ko`prik. U yuqori emotsional kayfiyatda o`tib, tomoshabin diqqatini tadbirga yig`adi. Muqaddimada ta`sirchan she`rlar, fil’mdan parchalar, muzika asarlari ba`zi hollarda hujjatli materiallar, yozib olingan ovozlardan tashkil topishi mumkin. Muqaddima tadbir boshlanishi bilan faqatgina sahnada emas, balki teatrlashtirilgan ko`rinishda klub foyesida yoki kirish yo`lakchasida boshlanishi mumkin. Hozirgi zamon mehnat qahramonlariga bag`ishlangan ba`zi bir portret kechalarida muqaddima quyidagicha bo`lishi mumkin. Barabanchilar va trubachilar sahnaga ikki tomondan chiqib keladi. Bu paytda kirish yo`lakchasidan kecha qahramonlari ko`rinadi. Zal ularni tantanali kutib oladi. Ular sahnaga ko`tariladilar. Bolalar ularga gullar taqdim etadilar.
Kul’minatsiya – bu harakatlar rivojining eng yuqori nuqtasi demakdir. O` o`z-o`zidan echimga olib keladi. Kul’minatsiyani o`zida ifodalagan epizod to`g`ri va bevosita tomoshabinning fikri, tuyg`ularinn qo`zg`ash kuchiga ega bo`ladi.
Final - bu asarning yakuni, oxirgi eng muhim qismi, (Finalni ba`zi hollarda «echim» yoki «epilog» deb ham atashadi.)
"MADANIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISH MAHORATI" FANIDAN 1-2-BOSQICH IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYAT YO`NALISHI TALABALARINI BAHOLASHNING REYTING ISHLANMASI VA BAHOLASH MEZONLARI.
Talabaning o`zlashtirishi 100 ballik tizimda baholanadi. Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati fani bo`yicha talabaning o`zlashtirishi joriy nazoratga-40 ball, oraliq nazoratga-30 ball, yakuniy nazoratga-30 ball bilan baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |