O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi
“MADANIY TADBIRLARNI TASHKIL
ETISH MAXORATI”
fanidan
MA`RUZALAR MATNI
(Bakalavriat yo`nalishi)
Namangan – 2013 yil
Ushbu fan Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati fanining ahamiyati haqida muhim ma`lumotlarni beradi.
Ma`ruza matnini mantiqiy izchillikda bayon qilishga harakat qilindi. Mazkur sohaga oid bilimlarni o`rganish va o`zlashtirish jarayonini osonlashtirish maqsadida ma`ruza matnida ham nazariy-uslubiy, ham amaliy masalalar qamrab olingan.
Tuzuvchi: katta o`qituvchi: M. Tojiaxmedova
o`qituvchi : A.Gafarov
Taqrizchi: katta o`qituvch: B. Bo`ronov
Mazkur ma`ruzalar matni Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasining 2013 yil _________ dagi yig`ilishida muhokama qilindi va tasdiqlandi. Bayonnoma № ___.
MADANIY TADIRLARNI TASHKIL ETISH MAXORATI FANIGA KIRISH
Madaniy tadbirlar kishilarning ishdan bo`sh vaqtida ularga kerakli axborotlar berish, badiiy-estetik zavqlantirish, madaniy-ijodiy ishga jalb qilish hamda ularning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun yordam beradi. Bu tadbirlar, asosan, og`zaki jurnal, klub kechalari, badiiy kompozitsiyalar, badiiy agitbrigada va diskoklub programmalari, teatrlashtirilgan kontsert va tomoshalar, xalq an`analari, ommaviy bayramlar va sayllar kabi shakllardan tashkil topadi. Badiiy-ommaviy tadbirlar o`z ichiga madaniy-ma`rifiy muassasalarning asosiy va ko`p shakllarini qamrab oladi.
Madaniy tadbirlarning eng afzallik tomoni shundaki, ular o`zida madaniy-ma`rifiy muassasalar faoliyatini ko`proq mujassamlashtiradi. Jumladan, ularda agitatsiya va propaganda ishi, havaskorlik ijodi, bo`sh vaqtni mazmunli tashkil qilish kabi faoliyatlar birlashib ketadi. Badiiy-ommaviy tadbirlarning har bir shakli (ommaviy bayramlar, an`anaviy marosimlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, har xil kechalar, namoyishlar)ga murojaat etsak, ularda agitatsiya-propaganda xarakteridagi mazmunni, havaskorlik ijodining natijalarini, badiiy-estetik zavqlanish va hordiq chiqarish uchun yaratilgan qulayliklarni yaqqol sezish mumkin. SHu sababli, badiiy-ommaviy tadbir madaniy-ma`rifiy muassasalardagi barcha faoliyatning umumlashtirilgan ko`zgusidir.
Madaniy tadbirlarni amaliy tashkil qilish nazariya va metodika asosida konkret ish shakllarini ijodiy uyushtirishdir. Amaliy ishga kirishish – bu uchinchi jarayondir.
Shunday qilib, badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil qilishga erishish quyidagi jarayonlarni o`z ichiga oladi:
Nazariy va ilmiy asoslarni (jumladan, ish tajribani ham) o`rganish.
Umumiy va spetsifik metodikani (jumladan, ilg`or ish tajribani ham) o`zlashtirish.
Ishga ijodiy yondashish, amaliy tashkil qilish malakasiga ega bo`lish.
Bir-birini vujudga keltiradigan va o`zaro bog`liq bo`lgan bu jarayonlar va ularga oid masalalar mazkur o`quv qo`llanmaning ob`ekti sifatida namoyon bo`ladi. SHu sababli, badiiy-ommaviy tadbirlar nazariyasi, metodikasi va amaliy tajribasini aks ettirishni ko`zda tutgan ushbu qo`llanma uch bobdan tashkil topgan.
Birinchi bobda madaniy tadbirlar nazariyasiga oid masalalar yoritildi. Unda ilmiy-nazariy asoslar, jumladan, tadbirlarning ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o`rni hamda ularning umumiy va o`ziga xos printsiplari, shuningdek, konkret funktsiyalariga xarakteristika beriladi.
Ikkinchi bobda madaniy tadbirlarni tayyorlash metodikasi va jarayonining asosiy bosqichlari, ya`ni stsenariy yaratish va uni postanovka qilish (rejissura) qonun-qoidalari ilmiy-metodik tarzda o`rganildi. SHuningdek, foydalaniladigan usul va vositalarga izoh berildi.
Uchinchi bobda madaniy tadbirlarning asosiy shakllariga alohida va batafsil xarakteristika berildi. Har bir shaklning mohiyati, qisqacha tarixi, o`ziga xos xususiyatlari va tarbiyaviy imkoniyatlari o`rganildi.
Dostları ilə paylaş: |