Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati


-MAVZU. MADANIY TADBIRLARNI SAXNALASHTIRISH JARAYONLARI



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə7/35
tarix30.07.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#138026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati

5-MAVZU. MADANIY TADBIRLARNI SAXNALASHTIRISH JARAYONLARI
REJA:

  1. Ma`rifiy metodlar.

  2. Bayon etish metodi.

  3. Namoyish etish metodi.

  4. Hordiq chiqarish va ijodiy jarayonga chiqarish metodi.

  5. Tarbiyaviy metodlar.

  6. Tanqid qilish metodi.

Ko`zlangan maqsadga erishish uchun bajariladigan har bir ish jarayoni, jumladan, badiiy-ommaviy tadbirlar tayyorlash jarayoni ham, kerakli va ma`lum yo`l-yo`riqlarni, usul-uslublarni yoki metodlarni qo`llashni talab qiladi. Belgilangan tadbirni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun qanchalik samarali metodlar topilsa, uni amalga oshirish jarayoni shunchalik oson bo`ladi. SHuning uchun badiiy-ommaviy tadbirlarning tashkilotchisi metodlar haqidagi ta`limotni bilishi, ularni tanlashni va foydalanish yo`llarini mukammal o`zlashtirmog`i kerak.
Metod grekcha «metodos» so`zidan olingan bo`lib, «bayon qilish», «bajarish usuli» degan ma`noni bildiradi. «Metod» so`zining zamonaviy ma`nosi ma`lum faoliyatda maqsadga erishish uchun topilgan, bajarilayotgan va amalga oshirilayotgan usul, yo`l-yo`riq, demakdir.
Madaniy-ma`rifiy ishlar ko`p qirrali faoliyat bo`lgani uchun, unda juda ko`plab metodlardan foydalaniladi. Ularning aksariyati ommaviy tadbirlarni uyushtirishda ham muhim rol’ o`ynaydi.
Ta`kidlab o`tganimizdek, badiiy-ommaviy tadbirlar - bu tarbiyaviy, ma`rifiy, ijodiy va dam olish ishlarining o`ziga xos birlashuvi natijasida vujudga keladi. SHu sababli ularda, eng avvalo, pedagogikadagi tarbiyaviy ishlarga oid bo`lgan va ma`rifiy (bilim berish, axborot tarqatish) faoliyatga mansub metodlarga murojaat qilmaslikning iloji yo`q. SHuningdek, ularda dam olish (hordiq chiqarish) va ijodiy jarayonni tashkil qilish metodlaridan foydalanilmasa, tadbirlardagi asosiy vazifalarning ba`zilari yo`qolib ketadi.
Badiiy-ommaviy tadbirlar tashkiliy jarayon bo`lgani sababli ularni uyushtirishning o`ziga xos metodlari ham mavjud. Ular tashkiliy metodlarni hosil qiladi.
SHunday qilib, badiiy-ommaviy tadbirlarda foydalaniladigan metodlar quyndagilardir: 1. Tarbiyaviy metodlar. 2. Ta`limiy metodlar 3. Hordiq chiqarish va ijodiy jarayonni tashkil qilish metodlari. 4. Tashkiliy metodlar. Ish jarayonida bu metodlar bir-birini to`ldirib, o`zaro bog`lanib ketadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin