Madaniyat hodimining pedagogik qobilyati Madaniy-ma’rifiy hodimining tashkilotchilik qobilyati



Yüklə 68 Kb.
səhifə2/3
tarix02.06.2023
ölçüsü68 Kb.
#122591
1   2   3
Ijtimoiy pedagogik faoliyat turlarining axamiyat

TEXNIK VOSITALAR. Xozirgi kunda ijtimoiy-madaniy ishlarni, jumladan ijtimoiy-madaniy tadbirlarni texnik vositalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki tadbir maxsus nur bilan bezatilmasa, tashkil qilinayotgan tadbir shakli ko’rimsiz va kambag‘al bo’lib qoladi.
Texnik vositalarning yana bir vazifasi saxnaga xar xil ranglar berish, proyeksion tasvirlar tushirib, tadbirni go’zallashtirish va badiiy-g‘oyafiy bezashdan iboratdir.
Ijtimoiy-madaniy tadbirlarda foydalaniladigan texnik vositalar, asosan, 2 guruxga bo’linadi:
Nurli-proyeksion apparatlar
Ovozli texnik vositalar
Nurli-proyeksion appartlar tomoshabinlarning kayfiyatini ko’tarishda ularning diqqatini tadbir voqyealarining kerakli tomoniga jalb qilishda muxim rol o’ynaydi. Proyeksion apparatlar yordamida saxnaning to’riga, ya'ni ekranga hohlagan kattalikda tasvir tushirish mumkin. Ovozli texnik vositalarga ovozlarni yozadigan va tarqatadigan apparatlar, ya'ni magnitafon, diktafon, radio, audio, video apparaturalar, mikrafon va ovoz kuchaytirgichlar kiradi. Ular kerakli ovozlarni, shovqin-suronlarni, musiqa, ashula va nutqlarni oldindan yozib olib, ularni tadbirda eshittirish uchun yaxshi imkiniyatlar yaratib beradi.
KO‘RGAZMALI VOSITALAR. Tadbirlarda ko’rgazmali vositalardan foydalanish o’ziga xos xususiyatlarga ega. U tadbir mazmunining yaxshiroq yoritilishiga yordam beradi, tomoshabinning kayfiyatini ko’taradi va taassurotlarini boyitadi. Ko’rgazmali vositalardan ijtimoiy-madaniy tadbirlarning barchasida foydalaniladi.
Tomoshabinning bo’lajak tadbir bilan ilk bor tanishtiruvchi ko’rgazmali vosita-bu afishalar va taklifnomalardir. E'lonlarda faqat tadbir bo’lishi xaqidagi xabarning o’zinigina yozib qo’yish kifoya qilmaydi, balki uning tuzilishiga qarab, ko’rgazmali bezash xam lozim, she'rlar yozish mumkin. Bu tomoshabinning tadbirga qiziqishini oshiradi. Ko’rgazmalar tadbir mazmuniga to’g‘ri kelishi kerak.
YUqoridagilardan tashqari yana ijtimoiy-madaniy faoliyat tadbirlarida xalq ijodidan ham foydalaniladi.
Xalq ijodi mehnatkash xalq ommasi tomonidan yaratilib, og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga, ustozdan shogirdga o’tib tobora takomillashtirib, sayqal topib taraqqiy etgan ijod mahsulidir. Unda xalqning mehnat faoliyati, ijtimoiy va maishiy hayoti, turmushi, tabiat haqidagi tushunchalari, madaniyati, e'tiqodi, orzu-istaklari, xis-tuyg‘ulari va tafakkurining boy olami, baxtli va adolatli zamon haqidagi o’ylari o’z ifodasini topadi.
O‘zaro chambarsas bog‘liq bo’lgan xalq ijodini mutaxassislar shartli ravishda quyidagi turlarga bo’ladilar:
1). Xalq og‘zaki ijodi;
2). Xalq musiqasi, folklor musiqasi;
3). Xalq raqs san'ati;
4). Xalq teatri;
Ijtimoiy-madaniy tadbirlarda xalq og‘zaki ijodi janrlarida foydalanish muxim axamiyatga eag. Stsenariylarda «so’z ko’rki-maqol» dan, xalq donishmandligi hisoblangan afsona va rivoyatlardan foydalanish tadbir «tili» ni boyitadi, ta'sirchanligini oshiradi.
Latifa, lof, askiya tadbirlarning qiziqarliligini oshiradi, mazmunini mustaxkamlaydi, tomoshabinlarni aktivlashtiradi. Topishmoqlar tadbir ijrochilari bilan auditoriya o’rtasida «jonli» aloqa o’rnatishga yaxshi imkoniyat beradi. Ayniqsa bolalar uchun tayyorlangan tadbirlarda erkak va dostonlar qaxramonlari ularni g‘oyaviy-estetik tarbiyalashda muxim rol bajaradi. Masalan, Alpomish, Go’ro’g‘li, Zumrad, Kenja botir...
Xalq musiqa folklori-iste'dodli xalq ijrochilari-sozanda, xofiz oshiq, oqin, baxshi, xalfalar tomonidan qo’shiqlari muxim o’rin tutadi. Inson xayotining boshlanishidan to so’nggi xotimasigacha bo’ladigan xar bir marosim, to’y bayram va boshqa voqyealarda ijro etiladigan qo’shiqlar mavjud. Jumladan, bola tug‘ilishi, tarbiyalanishi, ilk bor sochini oldirishi, tishi chiqishi birinchi mustaqil qadam tashlashi marosimga bag‘ishlangan qo’shiqlar, nikox to’ylarida aytiladigan yor-yor. Lapar, o’lanlar, motam marosimlarida aytiladigan marsiya, yig‘iq yo’qlov kabi aza qo’shiqlar oilaviy tadbirlarning muxim xalqining tabivat va mexnat bayramlari xam maxsus ijro etiladigan qo’shiqlarsiz o’tmagan. Ijtimoiy-madaniy faoliyat shakllarini tayyorlashda har bir tadbirga mos xalq qo’shiqlarini izlab topmoq va ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq raqs san'ati-voqyealikni harakatlar orqali tasvir etadigan ijod turidir. O‘zbek xalqida raqs san'ati ashula va musiqa bilan chambarchas bog‘lanib ketgan va shu an'ana hozirgacha davom etmoqda. Hozirgi kunda respublikamiz badiiy xavaskorlik ijodining eng rivojlangan janri-bu ashula va raqs ansambllaridir. Xalq raqs san'atidan vosita sifatida ijtimoiy-madaniy tadbirlarda foydalanish katta axamiyatga ega.
Xalq teatri san'ati-asosan, so’z va harakat san'atidan tashkil topgan. U qadimdan o’zida qo’shiq, musiqa, qiziqchilik, akrobatika, nayrangbozlik, ko’zboylag‘ichlik kabi elementlarni birlashtirgan. Dastlabki paytlarda u ovchilik, dexqonchilikda uchraydigan voqyealarni obrazli harakatlar (o’yinlar) orqali tasvirlash asosida vujudga kelgan va xalq bayramlari marosimlarida rivojlanib, xalq teatr san'ati darajasiga ko’tarilgan. Jamiyat taraqqiyoti davomida xalq teatr san'ati ijrochilari bir necha soxalar bo’yicha mutaxassislasha borishgan. O‘zbek an'anaviy xalq teatrining quyidagi asosiy turlari shakllangan:
Masxarabozlik va qiziqchilik.
Dorbozlik, nayrangbozlik (sirk san'ati).
Qo’g‘irchoqbozlik.
Keyingi vaqtlarda darbozlik va masxarabozlik san'atiga qiziqish ortib bormoqda. Ko’proq unga yoshlar jalb etilmoqda. Tomosha repertuarlarining rang-barangligi, ijrochilarning maxorati ortayotganligi quvonarli xoldir.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat ko’p qirrali faoliyat bo’lgani uchun unda juda ko’p usullardan foydalaniladi.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat-bu tarbiyaviy, ma'rifiy, ijodiy va dam olish ishlarining o’ziga xos birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shunday qilib ijtimoiy-madaniy faoliyatda foydalanadigan usullar quyidagilar:
Tarbiyaviy usullar.
Ma'rifiy usullar.
Hordiq chiqarish va ijodiy jarayonni tashkil qilish usullari (buni faollashtirish usuli deyish xam mumkin).
Tashkiliy usullar.
I. TARBIYAVIY USULLAR - Ijtimoiy-madaniy faoliyat, eng avvalo, tarbiyaviy jarayon bo’lgani uchun ularda pedagogikaga oid tarbiyaviy usullardan foydalanish qonuniydir. Lekin bu ularni to’g‘ridan-to’g‘ri, ko’r-ko’rona qo’llash, degan gap emas. Tarbiyaviy usul quyidagi turlarga bo’linadi: ishontirish usuli, namuna ko’rsatish, taqdirlash, tandiq qilish usulilari.
ISHONTIRISH USULIning asosiy vazifasi auditoriyaga ta'sir ko’rsatishdir. Buning uchun tadbirning mazmunini ishonarli xaqqoniy qilib, tuzish kerak. Omma tashkilotchilarining fikriga qo’shila olmasa, berilgan ma'lumotlarga ishonmasa, u xolda tadbirning maqsadi amalga oshmaydi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun tadbirda xaqqoniy, mantiqli, ishonarli va qiziqarli xujjatlardan manbaalardan foydalanish kerak. Tadbir mazmuni ishonarli bo’lgani uchun uni umumiylashtirilgan badiiy to’qima asosida vujudga keltirmasdan, balki real xayotda bo’lib o’tayotgan xaqqoniy va xujjatli materiallar asosida tuzish lozim.
NAMUNA USULI orqali mustaqil yurtimizning eng yaxshi fazilatlari tarannum etiladi. Yaxshi o’qiyotgan. Yaxshi ishlayotgan namuna ko’rsatayotganlardan o’rnak olishga undaydi.
TAQDIRLASH USULI- ijtimoiy-madaniy tadbirlarning asosiy vositalaridan biri shundaki, ular kishilarni ma'naviy taqdirlaydi. Masalan, tadbirlarda g‘oliblarni faxriy yorliqlar, maqtov qog‘ozlari, kitoblar va boshqa qimmatbaxo buyumlar bilan manfaatdor bo’lishga, yaxshiroq ishlashga, xalqqa halol xizmat qilishga undaydi.
TANQID QILISH USULI, pedagogikada bu usul jazolash deb xam yuritiladi. Jazolash usuli muntazam ishlaydigan jamoalarda: ishlab chiqarishda, o’quv yurtlarda qo’llaniladi. Ijtimoiy-madaniy tadbirlar vaqtincha yig‘ilgan auditoriya bo’lgani uchun unda tanqid qilish usulidan o’zigan xos yo’l bilan foydalaniladi. Tanqid ob'yektiga xayotning rivojiga xalaqit beruvchi barcha «Salbiy qaxramonlar» kirishi mumkin. Tadbirlarda ularning satira va yumor orqali tanqid qilinishi ularning omma orasida fosh etilishi, 1-dan, ularni o’zi xaqida chuqur o’ylashga olib keladi, 2-dan, kishilari bundaylarga qarshi kurashishiga undaydi.
II. MA'RIFIY USULLAR-Ijtimoiy-madaniy tadbirlarning asosiy vazifalaridan biri ommaga yangi axborot va bilim berishdan iboratdir. Tadbirlarda keng qo’llanilishi mumkin bo’lgan ma'rifiy usullar- bu bayon etish, o’rganish va namoyish qilishdir.
BAYON ETISH USULIning asosiy maqsadi shundan iboratki, u tadbirning g‘oyasi, mazmuni, axborot va faktorlarni auditoriyaga jonli so’z orqali bayon qilish shaklida yetkazib beradi. Ommaviy tadbirlar tarkibida ko’pincha shunday faktlar va ma'lumotlar bo’ladiki, ular batafsil tushuntirishni talab qiladi. Xuddi shunday daqiqalarda bayon etish katta yordam beradi. Bu usul yordamitda ma'lumotlarning moxiyati ochiladi, xususiyatlari yoritiladi va to’liq bilim beriladi. Bu usul ko’proq mavzuli kechalarda ko’proq qo’llaniladi.
NAMOYISH QILISH USULI tadbir mazmunidagi voqyealarning obrazli tasvirini ko’rgamali shaklda auditoriyaga yetkazishga yordam beradi. Namoyish qilish usuli, asosan ta'sirchan vositalar orqali bajarilib, unda voqyealar yoki kecha qaxramonlarining xayotiga oid ma'lumotlar xujjatli, real aks ettiriladi.
III. XORDIQ CHIQARISH VA IJODIY JARAYONGA Qo’SHILISH, YA'NI FAOLLASHTIRISH USULLARI. Ma'lumki, ijtimoiy-madaniy tadbirlar ommaning ishdan bo’sh, dam olish vaqtida ijodiy jarayonga qo’shilishi natijasida vujudga keladi.
Hordiq chiqarish va ijodiy jarayonga qo’shilish usulida ommani aktivlashtirish mushim o’rin egallaydi. Buning uchun tadbir qatnashchilaridan intervyu olish ular bilan savol-javob uyushtirish, ba'zilarni so’zga chiqaorib, fikrini bilish, viktorina uyushtirish kabilarni bajarish mumkin.
Ba'zan sahnaviy harakatlarni zal, omma ichiga ko’chirish xam auditoriyani aktivlashtirishga ko’maklashadi. Ommani tadbir qatnashchisiga aylantirish uchun boshqa barcha usullardan samarali foydalanish bilan birga maxsus holatlardan foydaanish ko’zda tutiladi. Masalan, auditoriya ichida ashula aytish, ommaviy raqslar tashkil qilish, xalq o’yinlaridan foydalanish, umumiy qarorlar qabul qilish va boshqa xolatlar, so’zsiz auditoriyani tadbir qatnashchisiga aylantirib yuboradi.
IV. TASHKILIY USUL illyustratsiyalashtirish va teatrlashtirish usullari orqali amalga oshiriladi.
ILLYUSTRATSIYALASHTIRISH USULI - bu boshqaruvchining so’z mazmuniga va maqsadiga mos keladigan turli-tuman badiiy va san'at vositalaridan foydalanishdir. Bu usulda asosiy urg‘u jonli so’zga uni kuchaytirish va to’ldirish uchun xizmat qiladi. Musiqa, qo’shiq, raqs she'r, monolog, kinolavxalardan ilmostratsiya sifatida foydalaniladi. Bu usul asosida tayyorlangan tadbirlarda ko’pincha yagona syujet liniyasi bo’lishi shart emas. Chunki tadbirdagi qismlar bir-birlari bilan mexanik birlashib ketadi.
Illyustratsiyalashtirish usulida boshqaruvchi ma'lum mavzular xaqida so’z yuritadi, nutqining mazmuni ko’rgazmali va jonli bo’lgani uchun bayon etilgan voqyealarga oid kinolavxalar ko’rsatiladi. Nutq mazmuni tasviriy lavxalar bilan boyitiladi. Bu usul ijtimoiy-madaniy tadbirlardan mavzuli kechalarda, badiiy kompozitsiyalarda keng qo’llaniladi. Illyustratsiyalashtirish usuli orqali sof tarqibot-tashviqot ish shakllari badiiylashtirilgan tadbirga aylanib ketadi.
TEATRLASHTIRISH USULI - alohida maqsadga qaratilgan, badiiy obrazli tashkil etilgan, teatr qonunlari asosida, drammaturgiya talablariga javob bera oladigan tadbirlarda mo’z ifodasini topadi. Bunda tadbir jarayonida qo’llaniladigan barcha g‘oyaviy emotsional vositalar xamda og‘zaki chiqishlar kompleks tarzda birlashadi. Va yagona syujet tizimini vujudga keltiradi.
Teatrlashtirish usuli alohida maqsadga qaratilgan, badiiy obrazli tashkil etilgan, teatr qonuniyatlari asosida, drammaturgiya talablariga javob bera oladigan tadbirlarda o’z ifodasini topadi. Bunda tadbir jarayonida qo’llaniladigan barcha g‘oyaviy emotsional vositalar xamda og‘zaki chiqishlar kompleks tarzda birlashadi va yagona syujet liniyasini vujudga keltiradi.
Teatrlashtirish usulida quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
Teatrlashtirilgan tadbirlarda, eng avvalo, yagona g‘oyaviy-badiiy syujet va kompozitsion tuzilish bo’lishi kerak. U kompozitsion tuzilish-muqaddima, asosiy voqyea, tugun voqyealar rivoji, kulminatsiya va final kabi qismlardan iborat bo’lishi kerak.
Teatrlashtirilgan tadbirda foydalanadigan vositalar aloxida ajralib qolmasdan syujetga singib ketishi, uning rivojlanishiga yordam berish lozim. Shuning uchun unda syujet mazmuniga qarab kerakli ta'sirli vositalar mantiqan tanlanadi.
Teatrlashtirilgan tadbirlarga real qaxramon obrazli yoki badiiy asarlardan olingan obrazlar kiritilishi maqsadga muvofiqdir.
Teatrlashtirilgan shakllarda omma oddiy tomoshabin emas. Balki tadbir qatnashchisiga ketishi kerak.
Shuni ta'kidlash kerakki, ilmostratsiyalashtirish usulini xam, teatrlashtirish usulini xam shoxlagan shaklga nisbatan ishlatib bo’lmaydi. Har bir usulning o’zi talab qiladigan tadbirlari bor. Masalan, ilmostratsiyalashtirish uslini ommaviy bayramlarga qo’llash yaxshi natija bermaydi, leksiya yoki suxbatni teatrlashtirishning xojati bo’lmasa kerak. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, ilmostratsiyalashtirish usulidan tashkil tashkil qilishi oson, har kuni foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Teatrlashtirish usulini buyuk sanalarga va bayramlarga bag‘ishlangan tadbirlarda qo’llash lozim.

Yüklə 68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin