Nazorat uchun savollari:
Madaniyat va istirohat bog‘lari tarixiy taraqqiyoti qanday yuz berdi?
Bobil osma bog‘larining qanday ehtiyoj tufayli bunyod bo‘ldi?
A.Temur va temuriylar davrida bog‘lar qanday funksiyalarni bajargan?
Temuriylar davri bog‘lari qanday turlarga ajratilgan?
Mustaqil O‘zbekistonda madaniyat va istirohat bog‘lari faoliyati qanday amalga oshirilmoqda?
Zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘lari strukturalari
1. Zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘larining strukturasi
2. Madaniyat va istirohat bog‘larining tiplari va uning mezonlari
3. Zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘lariga qo‘yiladigan talablar
Tayanch so‘z va iboralar: zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘lari strukturasi, asosiy ob'yektlar, qo‘shimcha ob'yektlar, madaniyat va istirohat bog‘lari tiplari, sokin hudud, gavjum hudud
Madaniyat va istirohat bog‘lari har bir davrda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lib, o‘sha davr madaniyatining yuksak yutuqlarini o‘zida mujassam etgan. Jumladan Mustaqillik davriga kelib, madaniyat va istirohat bog‘lari ham jamiyatning boshqa ijtimoiy tuzilmalari kabi xalqning ong-tafakkuriga mutanosib tarzda o‘zgarib bordi. Bu jarayon bevosita madaniyat va istirohat bog‘larining strukturasida yaqqol ko‘zga tashlandi.
Bugungi kunda madaniyat va istirohat bog‘lari hududi va ularda joylashtiriladigan ob'ektlar bo‘yicha qator talablar ishlab chiqilgan.
Madaniyat va istirohat bog‘ida quyidagilar asosiy ob'ekt sifatida bo‘lishi shart:
Daraxtzor.
Obodonlashtirilgan hudud.
Yurish yo‘lkalari.
Hordiq uchun o‘rindiqlar.
Chiqindi tashlash qutilari.
Hojatxona.
Daraxtlarni sug‘orish tizimi.
Attraksionlar, kichik va katta o‘yin qurilmalari.
Salqin ichimliklar, muzqaymoq savdosi.
Ma'muriy bino.
Xo‘jalik hovlisi.
Qulflanadigan kirish-chiqish darvozasi va eshiklar.
Bog‘ hududini o‘rab turuvchi to‘siq (devor yoki panjara)
Yozgi estrada yoki amfiteatr.
Yoritish tizimi.
Ichimlik suvi.
Qo‘shimcha tavsiya etiladigan ob'ektlar:
Suv havzasi va uning faoliyati bilan bog‘liq plyaj, yechinish xonalari, qayiq, katamaran va boshqalar.
Favvoralar.
Savdo shaxobchalari.
Umumiy ovqatlanish shaxobchalari.
Juda katta bo‘lmagan sport maydonlari (mini futbol, voleybol, tennis, badminton, yengil atletika, shaxmat-shashka va boshqa).
Statuya, haykal, byust va boshqa mahobatli tasviriy san'at asarlari.
Ko‘chma sirk faoliyati uchun maydon.
Bolalar maydonchalari.
Bolalar shaharchalari.
Shahar va boshqa ob'ektlarning mini maketlari.
Jonli burchak.
To‘garak va jamoalarning mashg‘ulot xonalari.
Issiqxona.
Ko‘chatxona.
Gulxona.
Bog‘ faoliyati bilan bog‘liq ishlab-chiqarish sexlari, ustaxonalar.
Raqs maydonchalari.
Ko‘rgazmali targ‘ibot va tashviqot vositalari.
Transport vositalari.
Ko‘ngil ochar maskanlar.
Suratxonalar, foto-video xizmati.
O‘yinchoq va kichik harakatlanish vositalari (bolalar velosipedi, mashinalari va h.k.) ijarasi.
Qiroatxona.
Bog‘ hududida obodonlashtirish ishlarida foydalaniladigan texnika va asbob-anjomlar.
Kompyuter o‘yinxonalari.
Internetkafe
Har bitta madaniyat va istirohat bog‘ining maydoni ikkita hududga bo‘linishi shart:
Aholining tinch tabiat qo‘ynida dam olishi va hordiq chiqarishiga xizmat qiluvchi sokin hudud.
Aholining faol dam olishi uchun xizmat qiladigan gavjum hudud.
Sokin hududda faqat quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Daraxtzor.
Obodonlashtirilgan maydon.
Harakatlanish yo‘lkalari.
O‘rindiq va skameykalar.
Muzqaymoq va salqin ichimliklar savdosi.
Gulxona, issiqxona, ko‘chatxona.
Axlat qutilari, hojatxona.
Ma'muriy bino.
Xo‘jalik hovlisi
To‘garak va jamoalarning mashg‘ulot xonalari.
Passiv sport (shaxmat, shashka, domino, loto va boshqa) anjomlari.
Statuya, haykal, byust va boshqa mahobatli tasviriy san'at asarlari.
Bog‘ faoliyati bilan bog‘liq ishlab-chiqarish sexlari, ustaxonalar.
Kutubxona.
Sokin hudud egallagan maydonning eng kamida 65 foizi daraxtzor, harakatlanish yo‘laklari, hordiq uchun o‘rindiqlar, shuningdek obodonlashtirilgan yerlarga to‘g‘ri kelishi kerak. Qolgan 35 foiz maydonga boshqa ob'ektlarni joylashtirishga ruxsat etiladi.
Gavjum hududda quyidagi ob'ektlar joylashtirilishiga ruxsat etiladi:
Daraxtzor.
Obodonlashtirilgan maydonchalar.
Yurish yo‘lkalari.
Skameyka va o‘rindiqlar.
Axlat qutilari.
Hojatxona.
Attraksionlar, kichik va katta o‘yin qurilmalari.
Salqin ichimliklar, muzqaymoq savdosi.
Yozgi estrada yoki amfiteatr.
Suv havzasi va uning faoliyati bilan bog‘liq plyaj, yechinish xonalari, qayiq, katamaran va boshqalar.
Savdo shaxobchalari.
Umumiy ovqatlanish shaxobchalari.
Juda katta bo‘lmagan sport maydonlari (mini futbol, voleybol, tennis, badminton, yengil atletika va boshqa).
Statuya, haykal, byust va boshqa mahobatli tasviriy san'at asarlari.
Ko‘chma sirk faoliyati uchun maydon.
Bolalar maydonchalari.
Bolalar shaharchalari.
Shahar va boshqa ob'ektlarning mini maketlari.
Jonli burchak.
Raqs maydonchalari.
Ko‘ngil ochar maskanlar.
Suratxonalar, foto-video xizmati.
O‘yinchoq va kichik harakatlanish vositalari (bolalar velosipedi, mashinalari va h.k.) ijarasi.
Kompyuter o‘yinxonalari.
Internetkafe
Ko‘rgazmali targ‘ibot va tashviqot vositalari.
Gavjum hududdagi ob'ektlar quyida ko‘rsatilgan maydondan ortig‘ini egallashiga yo‘l qo‘yilmaydi (gavjum hudud maydoniga nisbatan):
Savdo shaxobchalar - 3 %
Umumiy ovqatlanish shaxobchalari - 3 %.
Juda katta bo‘lmagan sport maydonlari (mini futbol, voleybol, tennis, badminton, yengil atletika va boshqa) - 5 %.
Ko‘chma sirk faoliyati uchun maydon - 2 %.
Bolalar maydonchalari - 1,5 %.
Bolalar shaharchalari - 2 %.
Jonli burchak - 1 %.
Raqs maydonchalari - 2,5 %.
Ko‘ngil ochar maskanlar - 3 %.
Suratxonalar, foto-video xizmati - 1 %.
O‘yinchoq va kichik harakatlanish vositalari (bolalar velosipedi, mashinalari va h.k.) ijarasi - 1 %.
Jami ob'ektlar egallagan maydon gavjum hudud maydonining
25% dan ortig‘ini tashkil etishi mumkin emas.
Bugungi kunda madaniyat va istirohat bog‘lari strukturasi va xizmat ko‘rsatish ko‘lamiga ko‘ra 3 ta tipga ajratiladi.
I. Tipdagi madaniyat va istirohat bog‘i mezonlari:
Daraxtzor-bog‘ umumiy maydonining 50-60%
Ko‘kalamzorlashtirilgan maydon-bog‘ umumiy maydonining 10-15%
Yurish yo‘lkalari-bog‘ umumiy maydonining 5-7%
Hordiq uchun o‘rindiqlar-200-250 ta
Chiqindi tashlash qutilari-100-120 ta
Hojatxona-4-6 ta
Attraksionlar, kichik va katta o‘yin qurilmalari-30-35 ta
Salqin ichimliklar, muzqaymoq savdosi-5-10 ta
Yozgi estrada yoki amfiteatr-3-4 ta
Suv havzasi-2 ta
Savdo shaxobchalari-bog‘ umumiy maydonining 2%
Umumiy ovqatlanish shaxobchalari-bog‘ umumiy maydonining 2%
Juda katta bo‘lmagan sport maydonlari (mini futbol, voleybol, tennis, badminton, yengil atletika va boshqa)-bog‘ umumiy maydonining 3,5%
Ko‘chma sirk faoliyati uchun maydon-bog‘ umumiy maydonining 1,5%
Bolalar maydonchalari-bog‘ umumiy maydonining 1%
Bolalar shaharchalari-bog‘ umumiy maydonining 1,5%
Jonli burchak-bog‘ umumiy maydonining 0,75%
Raqs maydonchalari-bog‘ umumiy maydonining 2%
Suratxonalar, foto-video xizmati-bog‘ umumiy maydonining 0,5%
Prokat (ijara) punktlari-bog‘ umumiy maydonining 0,5%
Xo‘jalik hovlisi
Ma'muriy bino
Medpunkt
Qorovulxona
Panjara va darvozalar
Ko‘rgazma zali
Bog‘ maydoni yoritqichlari
II. Tipdagi madaniyat va istirohat bog‘i mezonlari:
Daraxtzor-bog‘ umumiy maydonining 50-60%
Ko‘kalamzorlashtirilgan maydon-bog‘ umumiy maydonining
Yurish yo‘lkalari-bog‘ umumiy maydonining 5-7%
Hordiq uchun o‘rindiqlar -80-100 ta
Chiqindi tashlash qutilari -40-60 ta
Hojatxona-2-3 ta
Attraksionlar, kichik va katta o‘yin qurilmalari-20-25 ta
Salqin ichimliklar, muzqaymoq savdosi-5-7 ta
Yozgi estrada yoki amfiteatr-2 ta
Suv havzasi-1 ta
Savdo shaxobchalari-bog‘ umumiy maydonining 2%
Umumiy ovqatlanish shaxobchalari-bog‘ umumiy maydonining 2%
Juda katta bo‘lmagan sport maydonlari (mini futbol, voleybol, tennis, badminton, yengil atletika va boshqa)-bog‘ umumiy maydonining 3,5%
Ko‘chma sirk faoliyati uchun maydon-bog‘ umumiy maydonining 1,5%
Bolalar maydonchalari-bog‘ umumiy maydonining 1%
Bolalar shaharchalari-bog‘ umumiy maydonining 1,5%
Jonli burchak-bog‘ umumiy maydonining 0,75%
Raqs maydonchalari-bog‘ umumiy maydonining 2%
Suratxonalar, foto-video xizmati-bog‘ umumiy maydonining 0,5%
Prokat (ijara) punktlari-bog‘ umumiy maydonining 0,5%
Xo‘jalik hovlisi
Ma'muriy bino
Medpunkt
Qorovulxona
Panjara va darvozalar
Ko‘rgazma zali
Bog‘ maydoni yoritqichlari
III. Tipdagi madaniyat va istirohat bog‘i mezonlari:
1. Daraxtzor – bog‘ umumiy maydonining 50-60 %
2. Ko‘kalamzorlashtirilgan maydon – bog‘ umumiy maydonining 10-15%
3. Yurish yo‘laklari – bog‘ umumiy maydonining 5-7%
4. Hordiq uchun o‘rindiqlar – 40-60 ta
5. Chiqindi tashlash qutilari – 30-40 ta
6. Hojatxona – 2 ta
7. Attraksionlar, kichik va katta o‘yin qurilmalari – 15-20 ta
8. Salqin ichimliklar, muzqaymoq savdosi – 3-5 ta
9. Yozgi estrada yoki amfiteatr – 1 ta
10. Suv havzasi – 1 ta
11. Savdo shaxobchalari – bog‘ umumiy maydonining 2%
12. Umumiy ovqatlanish shaxobchalari – bog‘ umumiy maydonining 2%
13. Juda katta bo‘lmagan sport maydonlari (mini futbol, voleybol, tennis, badminton, yengil atletika va boshqa) – bog‘ umumiy maydonining 3,5%
14. Ko‘chma sirk faoliyati uchun maydon–bog‘ umumiy maydonining 1,5%
15. Bolalar maydonchalari – bog‘ umumiy maydonining 1%
16. Bolalar shaharchalari – bog‘ umumiy maydonining 1,5%
17. Jonli burchak - bog‘ umumiy maydonining 0,75%
18. Raqs maydonchalari - bog‘ umumiy maydonining 2%
19. Suratxonalar, foto-video xizmati-bog‘ umumiy maydonining 0,5%
20. Prokat – bog‘ umumiy maydonining 0,5%
21. Xo‘jalik hovlisi
22. Ma'muriy bino
23. Medpunkt
24. Qorovulxona
25. Panjara va darvozalar
26. Ko‘rgazma zali
27. Bog‘ maydoni yoritqichlari
Xulosa qilib aytganda, madaniyat va istirohat bog‘larining bu kabi turkumlanishi ularning aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishi bilan bir qatorda hudud infratuzilmasi va arxitekturasiga salmoqli ta'sir o‘tkazadi. O‘z navbatida hudud iqtisodiyotini mustahkamlovchi omil bo‘lib ham xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: |