Madaniyat va sivilizatsiya. Reja: madaniyatning asosiy turlari. Madaniyatning asosiy yo’nalishlari



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə2/3
tarix21.10.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#158776
1   2   3
206-guruh talabasi Alimov Yo\'lchining zamonaviy dasturlash tili fanidan mustaqil ishi..

Birinchidan, madaniyat «motorli g‘ildirak» kabi to‘xtovsiz ravishda harakatda, rivojlanishda bo‘ladigan hodisadir. Bunday «g‘ildirakli» madaniyatning vaqt-davr jihatidan aniq chegarasini topish oson ish emas. Sababi, bir tarixiy-madaniy bosqich davri boshqa bir tarixiy-madaniy bosqich davriga mos tushmasligi, ikkinchi bosqichning rivojlanish davri ko‘proq yoki kamroq vaqtni o‘z ichiga olgan bo‘lishi mumkin. Masalan, tarixiy manbalarda eramizning IV asrigacha bo‘lgan davr qadimgi dunyo, eramizning IV asridan keyingi davr o‘rta asr deb yuritiladi. Tarixni, madaniy rivojlanishni, boringki, sivilizatsiyani bunday xronologik chegaralash Janubiy va G‘arbiy Yevropa hududi tarixi, madaniyatiga mos tushadi. Boshqa ko‘pgina hududlar madaniy rivojlanish davrini, tarixini esa bu xronologiya qoniqtirmaydi.
Nega endi aynan eramizning IV asri chegara qilib olinishi lozim? Nimaga eramizning III yoki II asri qadimgi dunyo bilan o‘rta asrlar o‘rtasida chegara vazifasini bajarmaydi? Nima uchun boshqa hudud madaniyati yoki tarixi bu sana bilan hisoblashishi lozim?
Ikkinchidan, turli xalqlar, turli hududlar, turli davrlar madaniyati bir-biridan farqlanishlari ham, bir-biri bilan umumiy jihatga ega bo‘lish ham mumkin. Masalan, til o‘xshashligi, din umumiyligi, moddiy yoki ma’naviy-badiiy hayotning yaqinligi va boshq. Savol tug‘iladi: Xo‘sh, qanchalik darajada o‘xshash bo‘lish ikkita alohida madaniyatning boshqa-boshqa madaniyat turlari sifatida o‘rganilishiga yo‘l qo‘ymaydi? Boshqacha izohlaganda, ikkita turli xil madaniyatning umumiy jihati nechtaga yetganda yoki nechta bo‘lganda, ular alohida olingan madaniyat turlari bo‘lmay, yagona madaniyat turiga aylanib qoladi? Shunday qilib, bu yo‘l bilan ham madaniyat turlari chegarasini aniqlash to‘g‘ri xulosa bermaydi. Masalan, ayrim ilmiy adabiyotlarda qadimgi grek madaniyati bir madaniyat turi, qadimgi Rim madaniyati ikkinchi madaniyat turi deb o‘rganilsa-da, boshqa adabiyotlarda bu ikki madaniyat turi bitta qilib, grek-rim madaniyati deb yuritiladi.
Chuqur mulohaza qilib ko‘rilsa, alohida ravishda grek madaniyat turi deb ham, Rim madaniyat turi deb ham, har ikkisini qo‘shib grek-rim madaniyat turi deb ham yuritish to‘g‘ridek tuyuladi. Lekin bunda aniq chegara yana yo‘qoladi. Xo‘sh, bu holatda madaniyat turlarini ajratish kerakmi yoki qo‘shish kerakmi?

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin