Madaniyat va sivilizatsiya. Reja: madaniyatning asosiy turlari. Madaniyatning asosiy yo’nalishlari



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə3/3
tarix21.10.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#158776
1   2   3
206-guruh talabasi Alimov Yo\'lchining zamonaviy dasturlash tili fanidan mustaqil ishi..

Uchinchidan, jahon madaniyatini, jahon madaniyati boyligi va merosini, insoniyatning madaniyat olamida erishgan yutuqlarini umuminsoniy madaniyat va boylik deb tushunamiz. Yagona jahon madaniyati mavjud ekan, nima uchun madaniyatning turlarini aniqlash, uni bir nechtaga ajratish lozim?
Bu savollarga aynan madaniyat tipologiyasi javob bermog‘i kerak. Ya’ni, tipologiya xalqaro, millatlararo, ijtimoiy guruhlararo madaniyat, muloqot va munosabat qay darajada ekanligini aniqlash, ularni o‘rnatish muammolarining yechimi bilan bog‘liq. Bu muammolar nafaqat tipologiyaga balki tarixga ham, siyosatga ham bog‘liq muammolardir. Ularning yechimiga madaniyat taqdiri, demakki, inson taqdiri ham bog‘liqdir.
Ko‘p hollarda madaniyatshunoslik bo‘yicha mutaxassislar bir necha sivilizatsiyalarni aniqlab olib, shundan so‘ng, ushbu sivilizatsiyalar ichida rivojlangan madaniyatlarning ko‘rinishini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishadi. Lekin O. Shpengler nazariyasi bundan mustasno. Birinchi mavzuda ta’kidlab o‘tilganidek, O. Shpengler madaniyat va sivilizatsiyani bir vaqtda yuz beradigan jarayon, biri ikkinchisining ichida uchraydi, deb hisoblamaydi. Uning fikricha, sivilizatsiya vujudga kelganda, madaniyat o‘ladi. (O. Shpengler o‘zining «Zakat Yevropɵ» (1918 yil) asarida sivilizatsiyani texnik-mexaniq elementlar yig‘indisi davri, madaniyatni esa «organik hayotning shohlik davri» deb tushuntiradi).
Shunday qilib, boshqa mutaxassislar singari madaniyat va sivilizatsiyani bir-biriga bog‘liq deb hisoblamaydigan O. Shpengler ulardagi rivojlanish bosqichlari ham boshqa-boshqa, bir -biriga bog‘liq emas, deb ta’kidlaydi. O. Shpengler o‘z asarida 8í9 ta sivilizatsiyani ko‘rsatib o‘tadi. Rus madaniyatshunosi N. YA. Danilevskiy (XIX asr) 10 ta sivilizatsiyani, ingliz olimi A. Toynbi (XX asr) 20 ga yaqin sivilizatsiyani turli madaniyat tiplari bilan ajratib ko‘rsatgan.
Umuminsoniy madaniyatlar birligini ta’kidlash bilan bir qatorda, turli xil madaniyat turlari ham mavjudligini tan olish kerak. Jahon madaniyati ham, turli madaniyat turlari ham bir-birini inkor etmaydi, aksincha, ular bir vaqtning o‘zida parallel ravishda yashab kelishgan.
Insoniyat rivojining qaysidir davrida madaniyatning turlanishi tabiiy bo‘lgan: bir madaniyat ikkinchi madaniyatdan diniy, axloqiy qarashlar tizimi, moddiy va ma’naviy madaniyat shakllari bilan orqali farqlanadi. Jahon madaniyati haqida gap ketganda, uni turli madaniyatlar yig‘indisi, majmuasi sifatida tasavvur qilish haqiqatga yaqinroq bo‘ladi.
Vaqt o‘tishi bilan insoniyat umuminsoniy qadriyatlarga va umumiy madaniyatga ehtiyoj seza boshladi. Umuminsoniy qadriyatlar ilk bor qadimdan, jahon dinlarining axloqiy qarashlari shakllana boshlagan davrdan boshlab vujudga kela boshlagan bo‘lsa-da, XX asrga kelibgina ular umuminsoniy qadriyatlar deb tan olina boshlandi.
XX asr nemis mutafakkiri K. Yaspers fikricha, er. av. VIII-II asrlarda vujudga kela boshlagan ilk umumdiniy va axloqiy qadriyatlar umuminsoniy qadriyat va madaniyatning yaratilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Bu tarixiy davrni K. Yaspers umuminsoniyat tarixining asosi, boshlang‘ich nuqtasi, deb ta’riflaydi. Din esa har qanday jamiyatda qadrlanganligi sababli, undan boshlangan umuminsoniy madaniyat ham elatlar va millatlar madaniyati ildiziga mustahkam singdirilgan.
Yuqorida bayon etilgan fikrlarga qaramasdan, umuminsoniy madaniyatning oyoqqa turishi qiyin kechgan. U iqtisodiy, siyosiy, milliy, irqiy kabi ko‘pgina muammolarga duch kelgan.
Shuni unutmaslik kerakki, milliy madaniyatlarning umuminsoniy madaniyatga qo‘shilishida ehtiyotkor bo‘lish tabiiydir. Bu ehtiyotkorlik tuyg‘usi milliy madaniyat, undagi milliy til, an’ana, urf -odatlar taqdiri haqida qayg‘uradi. Umuminsoniy madaniyatga qo‘shilish ayrim hollarda milliy madaniy qadriyatlarning yo‘q qilinishiga olib keladi, degan tushuncha mavjud. Bir qarashda bunday hadikni tushunish mumkindek tuyulsa-da, doimo yodda tutish lozimki, umuminsoniy madaniyat har bir madaniy qadriyatga hurmat bilan yondashib, ularni asrab-avaylaydi. Har bir madaniyat hodisasi butun jahon madaniyatining bir elementidir. Demak, jahon madaniyati turli madaniyat ko‘rinishlarining har bir bo‘lagini qadrlaydi.
Ayrim vaziyatlarda milliy madaniyatning o‘zi bir necha turga bo‘linadi, deb qaraladi. Masalan, marksizm qarashlari tarafdorlari uchun har bir milliy madaniyatning o‘zi qatlamlarga qarab, bir necha madaniyat turiga bo‘linadi, deb tushunish xosdir. Marksizm davomchilari ham milliy madaniyatni ikkiga: quyi sinf madaniyati (ishchi-dehqon madaniyati) va burjua madaniyati (oq suyaklar madaniyati)ga bo‘ladi. Agar jamiyatda yuzaga kelgan sinfiy qatlamlarga nazar tashlansa, unda pomeshchik (boy) va dehqon madaniyati mavjudligini ko‘rish mumkin.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin