Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4), April, 2023 919
mutaxassislarning fikriga ko‘ra, liderlik jamoa faoliyatining samaradorligini
oshirishda rahbarlik tushunchasini to‘ldiradi.
Tadqiqotchi A.Nosirov rahbarlik menejmentida kompetentsiyani muhimligini
taʼkidlab o‘z fikrlarini bildiring boshqarishda qo‘yidagi qobiliyat kompetentsiyalari:
1. Standart kompetentsiya ushbu yaʼni faoliyatga oid innovatsion vazifalarni
belgilab olishi qobiliyatidir;
2. Asosiy kompetentsiya – ushbu faoliyatga oid innovatsion vazifalarni belgilash
olish qobiliyati;
3. Yetarli kompetentsiya kasb faoliyatining yangi turlarini yarata olish qobiliyati;
4. Kasbiy kompetentsiya – pedagogika va psixologiyaga oid bilimlarga ega
bo‘lish, o‘z ustida ishlash o‘quvchilarda motivatsiyani shakllantirishdan iborat, deb
ta’kidlaydi[7, 2].
Tadqiqotchi Temurov D - taʼlim muassasasi boshqaruviga oid bilimlarni
o‘zlashtirishni amaliy faoliyatiga qo‘llash bo‘yicha qo‘yidagi tamoyillarni tavsiya
qiladi:
1.
Ong va faoliyat birligi. Ushbu tamoyil rahbarning taʼlim muassasasi
boshqaruviga oid bilimlarni o‘zlashtirishni va amaliy faoliyatda qo‘llashi.
2.
Taʼlim muassasasini boshqarishning ilmiy va g‘oyaviyligi. Mazkur tamoyil
boshqaruvga yuksak g‘oyaviylik hamda ilmiy asoslangan quyidagi muvofiq
boshqariladi.
3. Taʼlim muassasalarida boshqaruvning izchil va uzviylik .Ushbu tamoyil
rahbarlar samaradorligining demokratik harakatda kasb kasb etishini anglatadi .
4. Taʼlim muassasasida rahbar boshqaruvning gumanitar xususiyatlarga ega
ekanligi. Mazkur tamoyil ijtimoiy faoliyat negizida umum-jamiyat manfaatlari bilan
shaxsiy manfaatlar ifodalaydi.
5. Taʼlim muassasalarini boshqarishga har tomonlama (kompleks) tizimli
yondashuv. Ushbu tamoyil o‘ziga taʼlim muassasa xodimlari bir ijtimoiy faoliyat
birlashtiradi.
6. Taʼlim muassasalarini boshqarishning muayan aniq maqsadga
yo‘naltirilganligi. Mazkur tamoyil taʼlim muassasasining ijtimoiy harakatdagi
faoliyati yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda harakatlarning tashkil etishi bilan
izohlanadi[8, 95-96].
Demak, “boshqarish” so‘zi bugun modernizatsiya qilinib “menejmenti” so‘zi
bilan boyitildi. Bugungi kunda prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning maktab taʼlimiga
bergan e’tiborlari va yaʼni 2023-yilni “Inson qadri va sifatli taʼlim yili deb,
nomlaganlari barcha umumtaʼlim maktablari o‘qituvchilari va pedagogik rahbarlarga