Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4), April, 2023 921
aylantirishdan iboratdir. Umuman olganda, ta’lim muassasasidagi muvaffaqiyatlar
rahbarning ijrochilar bo‘lgan munosobatidan qanchalik manfaatdorligini anglata
bilish qobiliyatiga bog‘liqdir.
G.Kunts va S.O.Dannelning aniqlashicha, “agar bo‘ysunuvchilar rahbarlar
tomonidan o‘rnatilgan tartib qoidalar va ehtiyojlarga ko‘ra boshqarilsa, ular o‘z
imkoniyatlarining taxminan 60 yoki 65% darajasida ishlashi mumkin, ya’ni o‘z ishida
saqlanib qolish maqsadida, shunchaki o‘z majburiyatlarini qoniqarli darajada
bajaradi, bo‘ysunuvchilarning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun, rahbarlar
liderlikni amalga oshirish bilan ularda tegishli mulohaza shakllantirishi zarur”.
Rahbarlik - odamlarga maqsadli ta’sir o‘tkazishga qaratilgan, ularning faoliyatini
muvofiqlashtirish bilan bog‘liq boshqaruvning tarkibiy qismidir. Saylab qo‘yilgan
yoki tayinlangan rahbar qator funktsiyalarni bajaradi: jamoa faoliyati maqsadlarini
aniqlaydi va shakllantiradi, shu faoliyatni rejalashtiradi, rag‘batlantirish vositalari va
usullarini belgilaydi, uni nazorat qilishni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2019 yil 23 avgustdagi
xalq ta’limi tizimi xodimlari bilan bo‘lgan telemuloqotda quyidagicha fikrlarni
bildirganlar: “Hozirgi zamon o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biri – kasbiy
kompetentligi va intellektual salohiyatining yuqoriligi, sadoqatliligi, g‘oyaviy
e’tiqodligi va o‘z kasbini sevishidir. Bu fazilatlar pedagoglarni boshqa kasb
egalaridan ajratib turadi”.
Bugungi talaba-yoshlarda kreativlikni shakllantirish uchun bugungi pedagog
namunaviy intellektga ega bo‘lishi, zamonaviy ta’lim-tarbiya qonuniyatlarini
mukammal bilishi va shu asosda o‘z kasbi bilan bog‘liq ijodkorlik qilish qobiliyatiga
ega bo‘lishi lozim.
Bugungi professor-o‘qituvchi o‘z shogirdlariga Vatanga sadoqat, mehr-
oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy maslahat, innovatsion fikrlash,
mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishi bilan bir qatorda mantiqiy
fikrlashga odatlantirish va ijod qilishni o‘rgatishi kerak bo‘ladi. Bo‘lajak
pedagoglarga kreativlik bo‘yicha ijodiy faoliyat turlarini shakllantirish quyidagicha
bo‘ladi.
Kreativlik quyidagi faoliyatni qamrab oladi:
-
Akseologik yondashuv;
-
Akmeologik yondashuv;
-
Kreativ yondashuv;
-
Refleksiv yondashuv.
O‘qituvchining kompetensiyasini quyidagicha izohlash mumkin:
-
Pedagog faoliyatining maqsadi va mazmuni;