54
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHILARI NUTQ
MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Musiddinova Shoira
Asaka tumani 36-DMTT tarbiyachisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari
tarbiyachilarining nutqiga qo’yiladigan talablar, nutq madaniyatining ahamiyati va
tarbiyachining bugungi kundagi nufuzi haqida yoritilgan.
Kalit so’zlar: tarbiyachi, nutq, nutq madaniyati, nutq texnikasi, uzluksiz ta’lim tizimi,
axborot texnologiyalar
Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‘z hayoti
davomida oladigan barcha
ma’lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan.
Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o‘z ona tilini o‘zlashtiradi, ota-ona,
oila, mahalla, Vatanga mehri uyg‘onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin
hozirlaydi. Bunda, eng avvalo, oila asosiy rol o‘ynasa, maktabgacha ta’lim tashkilotining
hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois,
mamlakatimizda aynan
maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas bo‘lagiga, ta’bir joiz bo‘lsa, uning
debochasiga aylangan. Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori, “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-3261-sonli Qarori, “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli, 2019 yil
8 maydagi Ozbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
Konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-4312-sonli qarorlari ushbu tizim faoliyatini
yangi bosqichga ko‘tarish, butun tizimda sifat o’zgarishiga
erishish, ta’limning
uzluksizligini ta’minlash, sohani bugungi kun talablari darajasida modernizatsiya qilishga
55
xizmat qilishi shubhasiz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan mazkur sohadagi
islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini hozirgi zamon
talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya
qilishga qaratilayotgan e’tibor zamirida ham kelajagimiz
egalarining hech kimdan kam
bo‘lmay ulg‘ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lib voyaga yetishlarini
ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam.
Nutq madaniyati hozirgi davr tilshunosligi oldida turgan eng katta
muammolardan biri ekanligi barchamizga ma’lum. Zamonaviy axborot texnologiyalar,
ijtimoiy tarmoqlar xuruji inson ma’naviyatiga, ruhiyatiga, shu bilan birga uning nutqiga
salbiy ta’sir o’tkazib kelmoqda. Bu muammoni hal etish umum madaniyatimiz
taraqqiyoti, shuningdek, umumiy o’rta ta’lim, oliy ta’lim, eng asosiy ta’lim o’chgi bo’lgan
maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog-xodimlarinig yuksak saviyasiga, shu bilan birga,
uni ifoda etuvchi nutqiga bo’g’liq bo’ladi. Xo’sh, pedagogning nutqi qanday bo’lishi
kerek, va unga qo’yilgan talablar nimalardan iborat?
Bizga ma’lumki, barcha kasblar orasida tarbiyachilik kasbi o‘zgacha
va muhim
ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, tarbiyachi yosh avlod qalbi kamolotining me’mori,
yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni goyaviy - siyosiy
jihatdan chiniqgirib, tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur
taraqqiyoti qonuniyatlarini
o‘rgatadi, bolalarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida
ko‘maklashadi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy-iqshsodiy vaziyatlarni hal etadi.
Ana shu ma’suliyat tarbiyachidan o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishni, tarbiyalanuvchilarga
tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy
ko‘nikmalarini har tomonlama rivojpantirish yo‘llarini izlab topadigan kasb egasi bo‘lishni
talab etadi. Buning uchun doimo tarbiyachining
kasbiy mahoratini, ko‘nikma va
malakalarini oshirib borish, gamxo‘rlik qilish, unga zarur shart - sharoitlar yaratish,
tarbiyalanuvchining ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko‘maklashish
barobarida, albatta uning nutqiy malakasi yuksak darajada bo‘lishi muhim ahamiyat kasb
etishi lozim.
56
Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi har doim shuni
esda tutish kerakki, nutq bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda jismoniy, ruhiy
omillar rivojlanishiga ko’maklashuvchi vositadir. Tarbiyachi bolaga ta’lim-tarbiya
berish bilan bir vaqtda uni keyingi ta’lim jarayoniga, ya’ni maktabda muvaffaqiyatli
o’qishlari uchun zamin hozirlaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining barcha ta’lim-
tarbiyaviy jarayonlarda bolalarga ona tilini o’rgatish orqali ularning nutqi o’stiriladi.
“Ona tili,- deb yozadi K.D.Ushinskiy, -har
qanday taraqqiyotning asosi, butun
bilimning xazinasidir. Har qanday tushunish undan boshlanadi, u orqali va unga
qaytadi.Shu bilan birga taniqli pedagog Y.I.Tixeyeva tarbiyachi nutqiga yuksak baho
berib, “Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar beixtiyor taqlid qiladigan
namuna tarbiyachining tilidir, uning tili bolalar tiliga g’oyat samarali
va nihoyatda
kuchli ta’sir ko’rsatadigan hamma narsalarni o’zida birlashtiradigan bo’lishi kerak”
degan edi. Demak, tarbiyachining nutqi bola uchun asos vazifasini o’tar ekan, unga
qo’yilgan pedagogik talablarga albatta e’tibor berish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010-yil.
2. M.Jumaboyеv. O‘zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‘llanma. 1996-y.
3. Z.Masharipova, T.Matyoqubova O‘zbek yozma adabiyotida folklor an’analari.
Toshkent – 2011-y.
4. www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti.
5. Paul H. Fry. Theory of literature Yale University – 2012.