Termodinamika –energiyaning o’zgarish qonuniyatlari haqidagi fandir. Termodinamikaga XIX asrda asos solingan edi. Bu davrda issiqlik dvigatellarining taraqqiyoti tufayli issiqlik ishga aylanish qonuniyatlarini o’rganish zaruriyati tug’ildi. Termodinamika turli fizikaviy va kimyoviy jarayonlarning u yoki bu tizimlarda qaysi yo’nalishda sodir bo’lishini aniqlashga imkon beradi.
Termodinamikaning tuzilish prinsipi juda soda. Termodinamika asosiga tajriba yo’li bilan aniqlangan ikkita asosiy qonun qo’yilgan. Termodinamikaning birinchi qonuni energiya aylanish jarayonlarining miqdoriy tomonini tavsiflaydi, ikkinchi qonuni esa fizikaviy tizimlarda sodir bo’ladigan jarayonlarning sifat tomonini belgilaydi. Faqat shu ikkita qonundan foydalanib, qa’tiy deduksiya uslubi yordamida termodinamikaning barcha asosiy xulosalarini chiqarish mumkin.
2. Holat parametrlari Moddalar, odatda, quyidagi uchta asosiy holatning bittasi bo’ladi: gaz, suyuqlik va qattiq jism ko’rinishida. Plazma deb ataluvchi ionlangan gazni ba’zan moddaning to’rtinchi holatidan iborat deb hisoblaydilar. Bitta jismni o’zi turli sharoitlarda turli holatlarda bo’lishi mumkinligi muqarrardir. Tekshirilayotgan jism berilgan o’zgarmas sharoitlarda har doim bitta holatdagina boladi, masalan, suv atmosfera bosimi va 200 gradus s temperaturada faqat bug’ ko’tinishida boladi.
Temperatura Eng muxim parametrlardan biri absolut temperaturadir. Temperatura jismning issiqlik holatini tavsiflaydi. Issiqlik faqat ko’proq qizdirilgan jismdan, kamroq qizdirilgan jismgagina, ya’ni yuqori temperaturali jismdan past temperaturali jismga o’tishi tajribadan juda yaxshi ma’lum. Shunday qilib, jismlar temperaturasi bu jismlar orasida issiwlikning o’z-o’zidan o’tishi mumkin bo’lgan yo’nalishni aniqlaydi.
Temperatura, masalan, termometrlar yordamida o’lchanadi. Temperaturani o’lchash uchun foydalaniladigan har qanday asbob qat’iy belgilangan temperatura shkalasiga muvofiq graduslarga bo’lingan bo’lishi kerak.
Hozir turli temperatura shkalalari- Selsiy, Farangeyt, Reomyur va Renkin shkalalaridan foydalaniladi.
Termodinamikaviy tadqiqotlarda 1848 yilda buyuk ingliz olimi Kelvin taklif etgan shkaladan foydalaniladi. Kelvin shkalasining noli sifatida ideal gaz molekulalarining tartibsiz harakati to’xtaydigan temperatura qabul qilingan: bu temperatura absolyut nolp deyiladi. Absolyut nolp Selpsiy shkalasi bo’yicha-273,15ºS temperaturaga muvofiq keladi. Kelvin shkalasi bo’yicha hisoblanadigan temperatura doimo musbat bo’ladi. U absolyut temperatura yoki Kelvin bo’yicha temperatura deyiladi va K bilan belgilanadi.