Termodinamika asoslari. Termodinamikaning birinchi qonuni. Issiqlik miqdori. Issiqlik dvigatellari. Reja



Yüklə 76,61 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü76,61 Kb.
#185025
1   2   3   4
Termodinamika asoslar1

3. Termodinamikaviy jarayon
Ham o’zaro , ham atrofdagi muhit bilan ta’sirlashib turuvchi material jismlar to’plamini termodinamikaviy jism deb ataymiz, ko’rib chiqilayotgan tizim chergarasidan tashqarisida bo’lgan boshqa barcha material jismlarni tashqi muhit deb atash qabul qilingan.
Agar holat parametrlaridan loaqal bittasi o’zgarsa , u holda tizimning holati o’zgaradi, ya’ni tizimda termodinamikaviy, jarayon sodir bo’ladi.
Termodinamikaviy tizimda sodir boladigan barcha jarayonlarni muvozanatdagi va muvozanatdagimas, qaytar va qaytmas jarayonlarga bo’lish mumkin. Muvozanatdagi jarayon tizimning barcha qismlari bir xil temperaturaga va bir xil bosimga ega ekanligi bilan tavsiflanadi.
Jarayonning o’tish jarayonida tizimning turli qismlari har xil temperature, bosim, zichlik, va hokazolarga ega bo’lsa, bunday jarayon muvozanatdagimas jarayon deb aytiladi.
Hae qanday real jarayon ma’lum darajada muvozanatdagimas holatda bo’ladi. Bundan keyin ,,jarayon’’ deganda bir muvozanatdagi jarayonni tushunamiz.
Termodinamikaning eng muhim tushunchalaridan biri qaytar va qaytmas jarayonlar haqidagi tushunchadir. Termodinamikaviy jarayon termodinamikaviy tizimning uzliksiz o’zgarib turadigan holatlari to’plamidan iboratdir.
Termodinamikaning birinchi qonuni.
Termodinamikaning birinchi qonuni issiqlik jarayonlariga joriy etilgan energiyaning saqlanish qonunidir. Sistema bir holatdan boshqa holatga o’tganda uning ichki energiyasining o’zgarishi tashqi kuchlar Sistema ustida bajargan ish bilan sistemaga uzatilgan issiqlik miqdorining yig’indisiga teng:
∆U=Q+A
Sistema tashqi kuchlar ustida ish bajarsa, bu ishni A΄ bilan belgilasak, termodinamikaning birinchi qonuni quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Q=∆U+A΄
Termodinamikaning 1-qonunining izojarayonlarga tadbiqi
1.Izotermik jarayonda
(T=const) ideal gazning ichki energiyasi o’zgarmaydi:
∆U=0; Q=A΄
Sistemaga berilgan issiqlik miqdori sistemaning ish bajarishiga sarflanadi.

Yüklə 76,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin