Madaniyatli rahbar; kechirim so’rash; ochiq chehra; stol; telefon; qog’oz



Yüklə 275,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix22.10.2023
ölçüsü275,68 Kb.
#159925
1   2   3   4   5   6   7
Т

Tayanch iboralar: 
beparvo chehrali, serjahl chehrali, tabassum chehrali. 
Nazorat savollari: 
1.
Odamlarni chehrasining holati bo’yicha necha guruhga bo’lish 
mumkin? 
2.
Beparvo va serjahl chehra nimani bildiradi? 
3.
Tabassumning biznesmenlar uchun ahamiyati nimada? 
6.2.2. Xushmuomalalik 
 
Biznesmenlar uchun o’zaro va xalqaro munosabat qilishning 
universal 
vositalaridan 
yana 
biri 
xushmuomalalik 
hisoblanadi. 
Xushmuomalalik – bu ichki madaniyat va nafaqat hamkorlarni, boshqa 
insonlarni ham hurmat qilish belgisi va madaniyatli kishilar o’rtasidagi 
muomala 
qilishning 
odatga 
aylangan 
usuli 
sifatida 
qaraladi. 
Xushmuomalalik boshqalarga va o’ziga xurmat bilan qarashning
hamkorlar va suhbatdoshlar manfaatini hisobga olishning hamda ularning 
hurmatga sazovorligini tasdiqlashning elementar qoidasidir. 
Xushmuomalalik munosabatga aloqador biznesmen kishilarning 
kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, natijada munosabat tomonlarining bir–
birlariga bo’lgan hurmati oshadi, bu esa o’z navbatida munosabat obyekti 


45 
bo’lgan masalalarning ijobiy hal bo’lishiga, biznes bo’yicha aloqalarning 
yanada mustahkamlanishiga imkon beradi. Shu sababli ham bo’lsa kerak, 
Servantes “Xushmuomalalikdek bironta narsa ham shuncha arzon 
turmaydi va shunday qimmat baholanmaydi” – degan edi.
Ma’lumki, xushmuomalalik haqiqiy va soxta bo’lishi mumkin. 
Esingizdan chiqmasinki, soxta xushmuomalalik – bu ikki yuzlamalik va 
madaniyatsizlik belgisidir. Haqiqiy xushmuomalalik esa biznesmen va 
boshqa madaniyatli kishilarning ichki madaniyati va his tuyg’ularidan 
kelib chiqadi va boshqacha muloqotga tushishga yo’l qo’maydi. Shuning 
uchun ham madaniyatli biznesmen hamkorlari bilan ham, ko’chada ham, 
jamoat joylarida ham, oila a’zolari va o’rtoqlari bilan ham bir xil haqiqiy 
muomalada bo’ladi. Madaniyatli odamning xushmuomalaligi uning 
kayfiyatiga bog’liq bo’lmaydi. 
Xushmuomalalik bir nechta shakllarda bo’lishi mumkin, masalan 
ochiq chehra bilan muomala qilish, hurmat–ehtirom bilan (katta 
yoshdagilar va boshliqlarga nisbatan) muomala qilish, vazminli muomala 
qilish (notanish kishilar bilan), xolis hurmat yuzasidan xushmuomalalik 
qilish (ya’ni odamshavandalik qoidalaridan kelib chiqgan holda) va o’ta 
xushmuomalali muomala qilish. O’ta xushmuomalalikning ham chegrasi 
bor, 
undan 
chiqmaslik 
kerak, 
chunki 
o’ta 
xushmuomalalik 
xushomadgo’ylikka va laganbardorlikka aylanib ketishi mumkin. 
Dunyo 
xalqlarining 
o’zaro munosabat qilish poydevorini 
xushmuomalalik, ya’ni shirinsuxanlik tashkil qiladi. Shu sababli ham 
shirinsuxanlik chet mamlakatlar xalqlari va millatlar urf–odatlariga hamda 
vatandoshlarga bo’lgan hurmat belgisi, boadablilik bilan munosabatga 
tushishning asosiy qoidalaridan bir hisoblanadi. Xushmuomalali 
biznesmenlar doimo izzat–hurmatda bo’ladi. “Yaxshi gaplar bilan ilon 
inidan chiqar” degan o’zbek maqolining mazmuni ham xushmuomalalik 
qanday katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. 

Yüklə 275,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin