15
ro‘yhatini o‘qib chiqdim.
X asrlarda saroy kutubxonalarida adabiyotlarni klassifikatsiyalashning ba’zi
bir usullari qo‘llanila boshlandi va kutubxonalarda mavjud bo‘lgan kitoblarning
ro‘yhatlari tuzilgan, kutubxona ichida esa mehnat taqsimoti yo‘lga qo‘yilgan.
G‘arb mamlakatlarida ushbu davrlarda “ yereticheskiy” adabiyotlarni
o‘qishni taqiqlash ishlari keng avj oldi.O‘qish man etilgan” otrechennix”,
“lojnonapisannqx” adabiyotlarni ro‘yhatlari tuzildi.
Bu davrlarda kutubxonachilik g‘oyalari, kitobsaqlovchilar uchun yaratilgan
turli xil yo‘riqnomalar, eslatmalar va nasixatlarda aks eta boshladi. O‘rta asr
kutubxonachilik g‘oyalarini o‘ziga xos xarakterli tomoni shundan iborat ediki,
kutubxonalarga faqat tor doiradagi odamlar uchungina kitoblar to‘planadigan joy
sifatida qarash xos edi.
Kitob bosishni kafsh etilishidan keyin kutubxonachilik ishini boshqarish
bo‘yicha dastlabki bosma asarlar paydo bo‘la boshladi. Ulardan dastlabkisi
Fransiya kardinali Djuli Mazarini tomonidan kutubxona tashkil etish uchun taklif
qilingan teolog va publitsist Gabriyelya Node (1627 y.)ning “Kutubxona tashkil
etish bo‘yicha maslahat” asari edi.
Kutubxonachilik g‘oyalarini rivojlanishidagi sezilarli burilishlar Buyuk
fransuz revolyusiyasi (1789-1794 yillar) davrda paydo bo‘la boshladi.
Kutubxonalarga “fuqoralar uchun maktab” sifatida qarala boshlandi va ular
maktab, maktabdan tashqari ta’lim tizimini tashkil etishda muxim rol o‘ynashi
zarurligi qayd etila boshlandi. XU111 asrning oxiri-X1X asrning boshlarida
jaxonda kutubxonashunoslikni fan sifatida shakllanishiga asosiy shart-sharoitlar
paydo bo‘ldi: yetarli darajada boy emperik bazalar yig‘ildi, bir qancha muxim
g‘oyalar tasdiqlandi. Bularni barchasi yangi fanni asosini tashkil etishi mumkin
edi.
Dostları ilə paylaş: