Magistratura mutaxassisliklari


Berilganlar bazasi bilan ishlash



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə30/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Berilganlar bazasi bilan ishlash. Microsoft Access bilan ishlashda birinchi qadam berilganlar bazasini yaratish hisoblanadi. Ish dasturni ishga tushirishda ochiladigan Microsoft Access muloqot oynasidan boslanadi. Agar tayyor berilganlar bazasi mavjud bo’lsa, Открыть базу данных (Open an Exieting Database) qo’yilmasi tanlanadi va muloqot oynasidan zarur berilganlar bazasi fayli tanlanadi.
Yangi berilganlar bazasi bo’sh bo’ladi, ya’ni unda hech qanday obyekt bo’lmaydi. Bazaning har bir obyekti foydalanuvchi tomonidan yaratiladi.
Master (Мастер) yordamida berilganlar bazasini yaratish uchun Access muloqot oynasida Запуск мастера qo’yilmasi tanlanadi va OK tugmasi bosiladi yoki Файл / Создать (File / Create) buyrug’i bajariladi. Bulardan tashqari [Ctrl]+[N] klavishlar kombinatsiyasi yoki anjomlar panelida Создать базу данных (New Database) tugmasidan foydalanish mumkin.
Tanlangan usuldan qat’iy nazar, Access Создание (New) muloqot oynasini ochadi. Базы данных qo’yilmasi yordamida zarur master tanlanadi. Agar qandaydir berilganlar bazasi masteri tanlansa, Просмотр (Priviev) sohasida grafik tasviri hosil bo’ladi. Accessda turli maqsadlar uchun mo’ljallangan kolleksiyani (Музыкальная коллекция (Music Collectoin), Фотоальбом (Picture Library), Каталог видеозаписей (Video Collektoin)) boshqaruvdan buxgalterlik kitoblarini


51
yuritishgacha (Основные фонды (Asset Tracking), Личное имущество (Inventory Control)) bo’lgan berilganlar bazasi masterlari mavjud.
Berilganlar bazasini yaratish boshqa barcha hujjatlardan farq qiladi – ishning katta qismi kompyuterda emas, balki Accessni ishga tushirishdan avval bajariladi. Berilganlar bazasini rejalashtirish bir necha ketma-ket bosqichlardan tashkil topgan.
Birinchi bosqichda (maydon mazmunini aniqlash) berilganlar bazasiga qanday axborotli maydonlar kiritilishi aniqlanadi. Bu bosqichda rejaning elektron variantini yaratish va boshqarish uchun Worddan foydalanish mumkin. Bunda ishlashda kerak bo’ladigan barcha elementlarni ko’rsatishga harakat qilish zarur. Masalan, kitoblar haqida ombor yaratishda kitob nomi, muallifi va mavzusi kiritilishi aniq. Ammo, chiqarilgan yili, matbaa nomi, rasmlari soni, sahifalari soni, narxi (agar zarur bo’lsa – boshqa davlatlardagi narxi), muqova turi va h.k.larni ham qo’shish mumkin.
Ikkinchi bosqichda (maydonlardagi axborot turini aniqlash) har bir maydonda saqlanuvchi axborot turi aniqlanadi. Access bir necha variantlarni taklif qilsa ham, odatda matn, son va vaqt orasida tanlashga to’g’ri keladi.
So’ngra berilganlar bazasi tarkibi rejalanadi. Ya’ni, berilganlar bazasida maydonlar qanday tashkillashtirilishi kerak? Maydonlar jadval bo’yicha qanday va qaysi tartibda joylashishi hal qilinadi.

Agar bir qator yozuvlarda axborot ayrim maydonlarda takrorlansa, bu maydonlarni alohida jadvalga joylash va bog‘lanish o‘rnatish zarur.




52
Bu omborning hajmini kamaytiradi va ma’lumotlar aniqligini oshiradi. Masalan, bir matbaaga tegishli ko’plab kitob mavjud bo’lsa, axborotni takroriy kiritish o’rniga Matbaa deb nomlanuvchi jadval yaratish maqsadga muvofiq va har bir matbaaga kod belgilanadi. So’ngra Kitoblar jadvalida kitob va matbaa o’rtasida bog’lanish o’rnatish uchun kodini kiritish kifoya.
Maydonlarni tashkillashtirish va ularni bir yoki bir necha jadvallarga taqsimlash, hamda bog’lanishlar yaratish normallashtirish deyiladi.
Jadvalda har bir yozuvni aniqlovchi bir yoki bir necha maydon birlamchi kalit yoki indeks deb nomlanadi. Indeksning mavjudligi yozuvlarni tez saralash va topishda Accessga yordam beradi. Birlamchi kalit sifatida foydalanuvchi maydon avtomatik ravishda tartiblanadi.
Birlamchi kalit va indekslar rejalashtirishning bir qismi bo’lishi zarur va ular odatda jadval yaratishda ko’rsatiladi.
Access muhitida berilganlar bazasining boshqa obyektlari bilan ishlashda yangi jadvalni yaratishni osonlashtirish uchun jadval masteridan foydalanish mumkin. Jadval masteri biror berilganlar bazasi shabloniga asoslangan yangi jadval yaratish bosqichida ketma – ket siz bilan birga bo’ladi. Siz ishlamoqchi bo’lgan ma’lumot turiga mos jadvalni topasiz va zarur maydonlarni tanlaysiz. Jadval masteri yordamida yangi jadval yaratish quyidagicha amalga oshiriladi.
Berilganlar bazasi oynasida Таблицы (Tables) qo’yilmasiga o’tiladi va Создать (New) tugmasi bosiladi. Access Новая таблица (New Table) muloqot oynasini ochadi.
Новая таблица muloqot oynasi ro’yxatidan Мастер таблиц (Table Wizard) tanlanadi va OK tugmasi bosiladi. Access Jadval masterining birinchi muloqot oynasini ochadi.
Образцы таблиц ro’yxatini varaqlab, kerakli bo’lgan jadval tanlanadi. Bizning misolda Заказы (Orbers) jadvali tanlangan.
Образцы полей ro’yxatidagi ma’lumotlar ko’rib chiqiladi. Yangi jadval uchun kerakli maydonlar tanlanib, Поля новой таблицы (Fields In My New Table) ro’yxatiga ko’chiriladi.
Ro’yxatga qo’shilgan maydonlar nomini o’zgartirish mumkin. Buning uchun u tanlanadi va Переименовать поле (Rename Field) tugmasi bosiladi. Access yangi nom kiritish uchun kichkina muloqot oynasi ochadi. Yangi nom kiritilgandan so’ng OK tugmasi bosiladi.
Maydonlar tanlab bo’linganidan so’ng, Далее (Next) tugmasi bosiladi. Jadval masterining ikkinchi muloqot oynasi ochiladi. Jadvalga nom kiritilib, Далее tugmasi bosiladi.


53
Agar berilganlar bazasi bir necha jadvaldan iborat bo’lsa, boshqa jadvallar bilan bog’lanish muloqot oynasi ochiladi. Bunda yaratilayotgan jadval bilan berilganlar bazasida mavjud bo’lgan ixtiyoriy jadval bilan aloqa o’rnatish mumkin. Jadvaldan aloqani o’chirish yoki o’zgartirish, qo’shish uchun ro’yxatda aloqa tanlanadi va Связи (Relationships) tugmasi bosiladi.
Jadval masteri so’nggi oynasi jadval yaratilgandan so’ng qanday ishlar qilmoqchi ekanligingizni ko’rsatish imkonini beradi:
jadval tarkibiga o’zgartirishlar kiritish; jadval rejimida ma’lumotlar kiritish;
ma’lumotlar kiritish uchun Masterdan forma yaratishni talab qilish.
Agar ma’lumotlarni klaviaturadan kiritmoqchi bo’lsangiz, Accessga forma yaratishni yuklang. Buning uchun kerakli ko’rsatkich tanlanadi va Готово (Finish) tugmasi bosiladi. Master jadval yaratishni tugallaydi.
Jadvalning har bir maydoni o’z xossasiga ega. Xossa maydondagi ma’lumotlarni chiqarish, ularga ishlov berish, axborotning saqlanish usullarini aniqlaydi. Ular tarkibiga: maydon nomi, ma’lumot turi, va boshqa bir qator parametrlar (masalan, maydon o’lchami, formati, inzosi) kiradi. Agar kursor matn maydoni xossasida tursa, Access oynaning o’ng quyi burchagida berilgan xossa haqida axborot chiqaradi. F1 klavishini bosish bilan ko’proq axborot olish mumkin. Access jadvalida har bir maydon uchun ma’lumot turi tanlanishi lozim. Ma’lumot turini berish yoki o’zgartirish uchun zarur maydonning Тип данных ustunida sichqoncha klavishi bosiladi va ochiluvchi ro’yxatda yangi tur tanlanadi.


54
Access maydonlari turlari




Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin