Magistratura mutaxassisliklari


Geoaxborot texnologiyalar



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə45/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Geoaxborot texnologiyalar


Hozirgi kunda yangi axborot texnologiyalarining talablariga ko’ra, elektron kartada axborotni tasvirlash zarurati bilan bog’liq bo’lgan, ko’plab boshqaruv tizimlari yaratilmoqda va faoliyat ko’rsatmoqda.


86
Ularga quyidagilarni keltirish mumkin: geoaxborot tizimlari;
hududiy boshqaruv tizimlari; loyihalash tizimlari;
harbiyga mo’ljallangan tizimlar va boshqalar.
Bu tizimlar biror bir amaliy muhitda (geografik, iqtisodiy va boshqalar) faoliyat ko’rsatayotgan texnik va ijtimoiy tizimlar faoliyatini boshqaradi.
Biror bir vaziyatni kompyuter ekranida grafik taqdim etish deyilganda, turli grafik namunalarning tasvirlanishi tushuniladi. Geoaxborot ko’rinishlarni amalga oshirishda asosiy muammo aniq predmet sohasini formal bayon etishning qiyinligi va uni elektron kartada tasvirlash hisoblanadi.
Shunday qilib, geoaxborot texnologiyalar amaliyotga fazoviy-vaqtli ma’lumotlar bilan ishlashning usul va vositalarini keng tadbiq qilish uchun mo’ljallangan. Bunda ma’lumotlar elektron kartalar videotizimi va turli toifa foydalanuvchilar uchun turli xil axborotlarga ishlov berishga yo’naltirilgan vositalarini taqdim etadi.
Geoaxborot texnologiyalarning geometrik axborotni o’z ichiga olgan va fazoviy aspektlarini aks ettiruvchi ma’lumotlari asosiy sinfi koordinata ma’lumotlari hisoblanadi. Koordinata ma’lumotlarining asosiy turlari: nuqta (tugunlar, cho’qqilar), chiziq (ochiq), kontur (berk chiziq), poligon (maydon). Amaliyotda real obyektlarni qurish uchun ko’plab ma’lumotlardan foydalaniladi (masalan, osilgan bo’g’in, normal bo’g’in, qoplash, qat va h.k.). Geoaxborot texnologiyalarni qo’llash, ma’lumotlarni fazoviy taqdim etish uchun asosiy grafik muhit hisoblanadi. Uning asosini vektorli va rastorli (katakli) modellar tashkil etadi.
Geoaxborot tizimlarni loyihalashning asosiy jihati modelning o’lchamliligi hisoblanadi. Geoaxborot tizimlarda ikki (2D) va uch (3D) o’lchamli koordinatalar modelidan foydalaniladi. Ikki o’lchamli modellardan elektron kartalar qurishda, uch o’lchovli modellardan esa, geologik jarayonlarni modellashtirishda, injenerlik qurilmalarini loyihalashda (suv omborlari, to’g’onlar, karyerlar va h.k.) foydalaniladi.
Geoaxborot texnologiyalar elektron kartalar tuzishda, shahar xo’jaligi, davlat yer kadastri, ekologiya, iqtisod sohalarida, harbiyga mo’ljallangan maxsus tizimlarda keng qo’llaniladi.


87

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin